🍛 Taomlar

Meksika burittosi

2.1K marta oʻqildi
Meksika burittosi
Meksikaliklarning kundalik, sevimli tamaddilaridan biri. Juda ham mazali va vitaminlarga boy. Tayyolanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
  • 2 dona lavash noni (yumaloq shaklda)
  • 100 gramm sabzavot
  • 70-100 gramm tovuq goʻshti filesi
  • 80 gramm "Edam" pishlogʻi
  • 50 gramm barbekyu sousi
  • Petrushka, ziravorlar taʼbga koʻra
  • Oʻsimlik yogʻi
Tayyorlash usuli:
1. Tovuq goʻshti filesini oʻrta qismidan ikki qismga boʻling. Ziravorlarga bulang, zaytun yogʻi surting. Qizdirilgan, quruq tovada goʻshtni qovuring. Goʻsht butunlay tayyor boʻlishi uchun gaz pechida tayyorlang.
Meksika burittosiMeksika burittosi2. Tayyor goʻshtni boʻlaklarga boʻling.
Meksika burittosi3. Tanlangan sabzavotlarni somoncha shaklda toʻrgʻang. Tovada qizdirilgan yogʻda sabzavotlarni qovuring. Maydalangan koʻkat seping, loviya konservasini soling.
Meksika burittosiMeksika burittosiMeksika burittosiMeksika burittosi4. Lavash noni oson oʻralishi uchun ozgina isitib oling. Barbekyu sousi bilan surting va pishloq boʻlagini qoʻying.
Meksika burittosiMeksika burittosi5. Sabzavotlar, goʻsht va qirgʻichdan chiqarilgan pishloq seping. Lavash noni chetlarini buking, rulet shaklida oʻrang.
Meksika burittosi6. Mazali va vitaminlarga boy boʻlgan burittoni yaqinlaringizga taqdim eting.
Meksika burittosiYoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!