ERTAKDAGI DUMSIZ EShAK SARGUZAShTLARI (hajviya)

ERTAKDAGI DUMSIZ EShAK SARGUZAShTLARI (hajviya)
ERTAKDAGI DUMSIZ EShAK SARGUZAShTLARI (hajviya)


O'zga dunyo
Bir hatlab ko'lchaning narigi sohiliga o'tgandim, butkul boshqa dunyoga tushib qolibman. Bu yerda na ayiq, na cho'chqacha, na boyqush xonim bor ekan. Tevarak mol, qo'y, echki, otlarga to'la. Ularning barchasi baxtli. Chunki hammalarining dumi bor. Egalari har biridan xabar olib turibdi. Yeganlari oldida, yemaganlari ketida maza qilib yashashyapti.
Alam qilgani, bu dunyoda meni hech kim tanimadi. Yovga qaragan g'animday begonasirab, shubhali ko'z tashlashdi. Ba'zi eshak akalarim ustimdan kulganiniyam sezdim. To'g'ri-da, dumsiz eshakni kim ham mensirdi…
Tug'ilgan kun
Qachonlardir menga cho'chqacha, ayiqpolvon va boyqush xonim o'zaro kelishib, dum sovg'a qilishgandi. Biram quvongandim! Suyunganimdan «Ura, endi mening ham dumim bo'ladi!», degancha shataloq otgandim. O'ylab qarasam, hammasi tush ekan. Mana, yoshim bir joyga yetay deyaptiyamki, dumsiz qolib ketaverdim. Aksiga olib bu yerlarda na do'stim, na dardkashim bor. Kechalari tezak aralash xas-cho'pga tiqilib hiqichoq tutadi. Yordam beradigan, dardimga malham bo'ladiganning o'zi yo'q. Alamim kelganidan hatto yarim kechalardayam bilmasdan hangravoraman. Qaniydi, meniyam kimdir tug'ilgan kunim bilan tabriklasa!..
Muhabbat
Elka yag'irlanib, soqol-mo'ylovga oq tushgan bo'lsa-da, hali ko'nglim yosh. Har shataloq otib o'ynagim kelganda, yoshligim esimga tushadi. Dumim bor vaqtdagi davrlarimni yodga olaman. Eh, o'shanda juda kelishgan, barvasta va qaysar eshak edim. Uncha-muncha urg'ochini tan olmasdim. Hangrab xushomad qilsa, obdon kuzatardim. Dumi bormi, qanaqa, quloqlari shalpaymaganmi, ko'z qarashlari sovuqmasmi, ishqilib, ipidan ignasigacha o'rganib chiqardim. Ja ko'nglimga o'tirishsa, birga sayr qilish, haligiday ishqiy sarguzashtlarga erk berganman. Endi-chi? Ana, atrofimda sattanga biyaday, bir sakrab yulduzni urishga shay urg'ochilar o'tlab yurishibdi. Ammo ularning birontasi men tomonga qayrilib qaramaydi. E'tibor ham berib qo'ymaydi. Ularga har tikilib qaraganimda ko'nglim kuyadi, ko'ksimni muhabbat hissi tilkalayveradi. Qaniydi birontasi menga qarab, hech qursa bosh silkitsa, hangramasayam mayli, bosh silkitib, hurmat, mehr bajo aylasa bas edi. Afsuski, unday bo'lmaydi. Axir, yunglari to'kilib tushayozgan, dumsiz eshakning kimga keragi bor!?.

«Yugur-yugur»
Eshakkayam tadbirkorlik kerak, ishning ko'zini bilishi shart deyishadi. Nima qilay? Qaysar va mag'rur bo'lib tug'ilganman. Qornim ochganda, chanqaganimda dunyo ko'zimga juda tor ko'rina boshlaydi. Yer ostidagi ajriq tomirlarini tortib yeyishga urinaman. Kuchim yetmaydi yo o'shaning ham egasi bor chiqib qoladi. Shunda bir narsaga hayron bo'laman. Bu yerdagi eshaklar ja haddilaridan oshib ketishibdi. Yerning tagidagi tomirlargayam xo'jayinlik qiladigan bo'lishibdi. Egalari arqonni keragidan ortiq uzun tashlab qo'yishibdi. To'g'ri, tirikchilik toshdan qattiq deyishadi. Buning ustiga allaqaerlarimdir lo'qillab og'rib azob beradi. Bunaqangi paytda mag'rurlikning beliga tepib ko'zni chirt yumish kerak-u, tiriklik uchun intilish zarur. Shox-shabbaga, o't-o'langa ega chiqqan eshakka yaqin borib, bosh egsang bas, birpas depsinib, shataloq otadi-yu, sengayam nimadir beradi. Baxtga qarshi, bu ish baribir qo'limdan kelmadi.
Yo'l chetida
Mana, bir necha kundan beri katta yo'l chetida yotibman. Turishga hol yo'q, allakimlar kelib meni ishlatmoqchi, ustimga minib sayr qilmoqchi bo'lishadi. Tura olmayman. Shunda duch kelgan yerimga tepishadi-yu, ketib qolishadi. Xo'rligim kelyapti. Nahotki, dumsiz bir bechora eshakka hech kimning rahmi kelmasa? Nahotki, biror kimsa ertakka ishonmasa? Axir, men oddiy eshaklardanmasman! To'ppa-to'g'ri ertaklar dunyosidan kelib qolganman…
Bilmadim, qorinni-ku, o'ylamay ham qo'ydim. Baribir nasibam qirqilgan, menga tushib qolgan yemish yo'q. Hech bo'lmasa, biror insof-diyonatli kimsa kelib yaramga malham qo'ysa, armonim qolmasdi. Undan bir umr minnatdor bo'lib yashardim. Kuch yig'ib, o'rnimdan qo'zg'alsam, bearmon xizmatini qilardim.
To'y
Kuni kecha mahallada badabang to'y bo'ldi. Yosh-yalang rosa qiyqirib o'ynadi, xursandchilik qildi. Men bo'lsam, yo'l chetida yotgancha yaylovdagi jonivorlarni kuzatardim. Ensam qotib-qotib qo'yardi. To'y mahallada-yu, sigir ham, echki-qo'ylar ham shataloq otishar, o'zlaricha raqs tushishardi. Yana mo''rab, ma'rab qo'yishlariga o'laymi! Ayniqsa, anavi ayg'irga xudo berdi. Cho'zib-cho'zib kishnadi yaramas. Ochig'i, ayg'irlarni ko'rishga ko'zim yo'q. Bir paytlar kuchga to'lib, uylanganimda shunaqa ayg'irlardan biri urg'ochimga ko'z suzgandi. Qarab o'tirmaganman. Kuchim yetganicha, tishlab, tepganman uni. Afsuski, ayg'ir, baribir ayg'ir ekan. Urg'ochimni yo'ldan urib ketdi. O'sha-o'sha so'qqabosh bo'lib qoldim, urg'ochilardan ko'nglim sovidi…
Shunaqa deyman-u, shataloq otib, to'y bahona xursandchilik qilayotgan qarindoshlarimga havasim ham kelyapti. Chunki ularning o'z uyi, egasi, asosiysi, dumi bor. Ularga ertak ham, ayiqpolvon, cho'chqacha-yu boyqush ham kerak emas. Hademay egalari hammalarini uyga yetaklab olib kiradi, oldiga poxolmi, yemmi tashlaydi. Balki to'ydan tushgan tansiq taomlar bilan siylashar!?.
Men-chi? Afsus! Ming afsus! Mendek baxti qaro, tashlandiq, dumsiz bir eshakning hech kimga kerakligi yo'q. O'tkinchilar, noinsof bandalar tepib o'tishsa, daydi itlar irillab qo'rqitishsayam, chidashga majburman. Chunki men g'aribman, kuch ketdi, xastalana boshladim.
Xudoyim, qaniydi uxlab ko'zimni ochsam-u, o'zimning o'sha ertaklar dunyomga borib qolsam! Dumim bo'lmasayam mayliydi. Hech bo'lmasa, ayiqpolvondek do'stlarim yonimda bo'lardi. Dardim arirdi… Nima qilsam ekan-a? Bir hangrab ko'rsammikan? Alamdan chiqquncha, bearmon hangrayinmi?..
Hangrashgayam qo'rqaman. Chunki mendek dumsiz eshakning hangrashi hov anavi dumdor, sog'lom, oxuri yemga to'la ba'zi eshaklarga og'ir botishi mumkin…
Yo'q, chidayman, kutaman. Ajab emaski, vaqti kelib haqiqiy insofli, sof yurak bandai mo'min menga qiyo boqsa-yu…
O'shanda undan hech narsa so'ramasdim. «Bittagina, ingichkagina bo'lsayam dum olib bering» deb yolvorardim. Yo'q, dum ham so'ramayman. Yag'irlangan yelkamga tuz sepishini iltimos qilaman. Og'riq bahona rosa shataloq otib sakrayman, alamnoklardan alamimni olaman, xumordan chiqaman, ertaklar dunyosini unutaman.
Ishqilib, shu kun tezroq kelsin-da!..

Amerika polisiyasi

Amerikaga endi kelgan vaqtimda eskiroq mashinada yurardim. O'zbekistondan olgan xaydovchilik guvoxnomam bilan. Uch......

Armon (ayanchli hikoya)

Kichikligimda ota-onam o'tib ketishgan. Akam menga xam ota, xam ona o'rnida edi. Qiynalib-qiynalib meni......

Xar ayolning boshida ro'moli bo'lsin...

Kunlarning birida ikki yosh avtobusga chiqishdi. Ular chamasi 25-30 yoshlardagi yigit va uning rafiqasi. Bu juftlik shaxardagi boshqa er-hotinlarga xech o'hshamaydi......

KETMONBOZLIK QURBONI…

Yaqinda Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi G'azalkent shaharchasida ikki erkak o'rtasida katta janjal yuzaga keldi. Ulardan biri, muqaddam sudlangani qo'lidagi ketmon bilan ikkinchising boshiga tushirdi. Jabrlanuvchi darhol kasalxonaga olib ketildi. Afsuski, jarohat o'ta jiddiy ekan. Vrachlar uning hayotini saqlab qola olishmadi. Jabrlanuvchi...

Aldangan qizlar go'yoki so'nayotgan yulduzlar.. Baxt nima silar uchun kayf safomi pul i kiyimmi.. (Farab)

Oq varoqni qoralayman Yuragim to'la dard alam Chin sevgini buyuk deydi Sevgimga bordur alam.....

O'g‘lingizga haridor bo‘lib keldik

Ular to‘rtinchi qavatdan joy sotib olib, ilk bora ayvonga chiqib nonushta qilishardi. Yigitning ko‘zi ro‘paradagi xuddi shunday ayvonda kir yoyayotgan qizga tushib qoldi. U ilgari hovlida yashaganigami, bunday holni ko‘rmagani uchunmi, g‘alati bo‘lib ketdi......

Izzat – Islomdadir!

Tarix kitoblarida hazrati Umarning (r.a.) fath etilgan Quddus shahriga kirib borishlari shunday tasvirlangan: Quddusliklar «xalifangiz kelsagina shaharni sizlarga topshiramiz», deyishadi. Hazrati Umar (r.a.) bir tuya, bir xizmatkor bilan Madinadan Quddusga ravona bo‘ladilar. Kamtarlikni qarang. Dunyoning yarmini boshqarib turgan amir xohlaganida...

Виждонингиз қийналмадими, йигитча?

Ўзаро ҳурмат-иззат, оқибат ҳақида гап кетганда ёши улуғ танишларимиздан бири "Ҳурмат ундирилмайди, қозонилади. Инсон ҳурматга муносиб кўрилмадими демак бунга унинг ўзи айбдор” дедилар. Бу фикр ҳам қайсидир манода тўғридир. Аммо бизнинг мулоҳазамиз анча фарқли. Инсоннинг афтрофдагиларга муносабати, таниш-бегоналарни нечоғли ҳурмат қилиш-қилмаслиги...

Qong'iroq

Muhim ish yuzasidan uch kunga safarga chiqishimga to‘g‘ri keldi. Uylanganimga uch yil bo‘libdiki, ayolim va o‘g‘limdan uzoqda bo‘lishga o‘rganmagan, ulardan hech ham ayrilmagandim. Ular ham shunday......

Oddiylik holati

Insonlar uchun ikkita holat bor, kulish va hafa bo'lish, aslida esa ular uchta, kulish, oddiylik, va hafa bo'lish, oddiylik holati haqida, siz oynaga qarab oddiy qarab turing, ko'proq hafa bo'lganga o'xshaydi-ya? ana shu tomoni yomon, insonlar davrasida oddiy holatda gapirmasdan tursang ular seni albatta ahmoq va kuchsiz deb o'ylashadi, aslida...

Fikr qo'shish