G'aroyib hodisalar izidan: “YO'QOLGAN QIShLOQ VOQEASI”

G'aroyib hodisalar izidan: “YO'QOLGAN QIShLOQ VOQEASI”
G'aroyib hodisalar izidan: “YO'QOLGAN QIShLOQ VOQEASI”


Vladimir Plyaxin ona qishlog'idan bir haftaga xizmat safari bilan ketdi-yu, baloga qoldi. Ne ko'z bilan ko'rsinki, qishloq joyida yo'q. O'rnida quruq maydon turardi…
YO'QOTISh
Shaharga qilingan safar Vladimir uchun har qalay, yomon kechmadi. U yerda  otasining korxonasi bor edi. Uni Vladimirning nomiga o'tkazib bermoqchi bo'lib chaqirgandi. Xayriyat, hammasi yaxshi tugadi. Endi sevimli qishlog'i Stoporevkaga boradi-da, sevimli xotini Mashani qattiq-qattiq bag'riga bosadi. Qishloqning ko'm-ko'k maysalarida yastanib o'tirgancha to'yib-to'yib dam oladi…
Vladimir mashinasini uchirib qishloqqa yaqin keldi. Ammo… Oldindagi manzarani ko'rib… Shu qadar kuch bilan tormozni bosdiki, sal bo'lmasa mashina ag'darilib ketayozdi…
Ha, bir hafta avval joyida turgan qishloq endi… yo'q. O'rnida qup-quruq maydon turibdi, xolos…
 
QANI STOPOREVKA?..
 
Hech narsaga tushunmay, mashinani qo'shni qishloqqa haydadi. U yerdagilar Vladimirni unchalik yaxshi kutib olishmadi. Biroq qattiq qo'rquvga tushgan yigit buni sezmadi. Faqat qishlog'ini odamlardan surishtira boshlagani esida…
— Biz bir hafta oldin kechasi kutilmagan, dahshatli manzaraning guvohi bo'ldik, — deya hikoya qilib berdi qishloqdagilardan biri. — Aynan Stoporevka tepasida kuchli chaqmoqqa o'xshagan narsa paydo bo'ldi. Momoqaldiroq turdi. Hammamiz qotib qoldik. Axir, u qishloq bizdan atigi yetti chaqirim narida…

Bir mahal ko'zlarimiz hech narsani ko'rmay, yerga engashib qoldik. Chunki osmonda paydo bo'lgan kuchli yorug'lik ko'z ochishga qo'ymasdi. O'rnimizdan turganimizda, haligi chaqmoqdan asar ham yo'q edi…
Qishlog'ingiz izsiz g'oyib bo'lgani shu bilan bog'liq emasmikan?.. Negaki, yigitlarimiz keyin borib kelishdi. Qishloqdan asar ham qolmaganini o'shanda bildik… Uzr, sizni yaxshi kutib ololmadik. Chunki hamma sizni narigi dunyodan kelgan arvoh deb o'ylagandi…
Vladimir uzoq o'ylandi. Nahotki, butun boshli qishloq izsiz yo'qolib ketsa?.. Biror iz qolmasa undan. Odamlar-chi? Ular qaerda?..
Afsuski, Vladimir qancha bosh qotirmasin, bu jumboqni yecha olmadi…
 
TUNGI SIRLAR
 
Ertasi kuni Vladimir sal o'ziga kelib, yo'qolgan qishlog'ini qidirib topishga ahd qildi. Avvaliga mahalliy hokimiyatga murojaat etdi. Foydasi bo'lmadi. Prokuratura xodimlari ham bu masala bo'yicha ish qo'zg'atishni istashmadi.
— Siz yaxshisi, qishlog'ingizni yaqin atrofdagi o'rmonlardan izlang! — maslahat berishdi ular. — Balki qishloq o'z-o'zidan joyidan ko'chib, o'sha yerlarga borib qolgandir?..
Ha, Vladimir bu yo'lda ancha-muncha pul ham sarflab ulgurdi. Mutaxassislarni bu yerga taklif qilib ko'rdi. Baribir hech narsani aniqlashning imkoni yo'q. Go'yo ilgari bu yerlarda Stoporevka qishlog'i umuman bo'lmagandek…
Hatto, yerdan olingan analizlar ham biror natija bermadi.
Mana, oradan to'rt yil vaqt o'tdi. Vladimir hamon o'z qishlog'idan, uni topishdan umid uzgani yo'q. Har kuni otasini, onasini, xotinini tushida ko'radi. Otasi odati bo'yicha yer chopayotgan, onasi astoydil non yopayotgan, Masha esa tovuqlarga don sepayotgan bo'ladi. Har tun uyqu orasida ular bilan suhbatlashadi, o'tirib birgalikda choyxo'rlik qiladi. Ammo ertalab turgach, hammasi joyiga tushaveradi.
Bir kuni hatto Mashaning "Volodya” deya qichqirganiniyam eshitdi. Sapchib o'rnidan turdi. Hech kim yo'q…
Axir bu nimasi? Kimdan so'rama, yelka qisishdan nariga o'tmaydi. Kimga yalinma, teskari o'giriladi. Nega?.. Qishloq qani? Qaerga g'oyib bo'ldi?..
Bu savolga parapsixolog Vladimir Zaruskiy quyidagicha javob beradi:
— Qishloqlarning, hatto, butun boshli shaharlarning g'oyib bo'lishi ilgarigi asrlarda ham ko'p kuzatilgan. Ular yer yuzida emas, aksincha, yo narigi dunyo yo kelajakka safar qilgan bo'lishadi. Ular hech qachon ortga qaytishmagan. Lekin Pryaxin shu qadar berilib izlayaptiki, ajabmas, uni bir kun kelib, ona qishlog'i o'z bag'riga olsa…

Film

“Dunyoning eng yahshi 10 daqiqalik fil'mi” unvonini olgan qisqa metrajli fil'mni ko'rish uchun kinoteatrga odamlar yig'ildi. Fil'm boshlandi xamki katta ekranda uyning oppoq shiftidan boshqa xech nima ko'rinmasdi. To'rtinchi daqiqada xam shu axvol, beshinchida xam......

Hikoya: Teskari taqdirlar kurashi

Kasalxona hovlisi kechagi tushgan qirovdan so'ng yanada sokin ko'rinish olgandi. Kech kuzakning olovrang to'shanchisi yanada qalinlashgan, garchi ertalabdan quyosh borliqqa tillarang tolalarini ulashayotgan bo'lsa-da, atrofda quvnoqlikdan ko'ra og'ir sukunat saqlanib turar, borliq go'yo vazminlik va donishmand bir ruhiyat saltanati izmida edi....

ISHID (ИГИЛ) HAQIDA “KALLAKESAR…” NOMLI HAYOTIY HIKOYA (2-qism)

TUTQUNDA «Mana shu yerdan jilmasligim kerak, — o'yladi Mehmonali uyoqdan-buyoqqa qo'llarida zil-zambil sumkalar bilan o'tib turgan yo'lovchilarga zimdan boqib. — Tursam, kimdir egallab qo'yadi. Undan keyin qaerda mizg'iyman. Ertaga mardikorlikka chiqishim zarur. Aks holda ochdan o'lish hech gapmas....

Jumbok 1 qism

Samshod bohchaga bora boshlagan kezlari Edi Bohcha davrida u judaham chiroyli bahtli Edi kunlar shirin hayollar ogushida utar Edi Kunlardi birida eshik ochilib bohcha opa Bilan jajjigina shiringina kizcha kirib keldi Samshod bohcha opasi Bilan birga kelgan Kizga termulib korab turardi jajjigina kizalokniham Samshodga nigohi tushdi Oradan kup utmay...

Nishonga urilgan gaplar: “Agar erkak ayolini suv bilan sug'orsa, (ayoliga suv ichirsa), ajr oladi”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.  Umidsizlikka tushma! Alloh taolo sen uchun tor joylardan chiqadigan yo'lni ato etadi. Sen ushbu oyatni yodingda tut: "Qachon biron narsani iroda qilsa, Uning ishi "Bo'l” demoqlikdir, xolos. Bas, u narsa bo'lur”(Yosin surasi,...

Xolis niyat...

"Men Makka shahrida faqirona hayot kechirar edim. Bir kuni ko’chada hamyon topib oldim. Uyga kelib ochib qarsasam, ichidan bir shoda marvarid chiqid. Bunaqasini umrimda ko’rgan emasman. Qaytib ko’chaga chiqdim. ...

Hikoya: «Qon va qasos»

— Ustoz, «Menga it tegdi», degani nima degani? Sumkasiga turli narsalarni solish bilan andarmon bo'lib o'quvchilarining        shovqin-suron bilan sinfdan chiqib ketayotganiga unchalik e'tibor bermayotgan Iroda muallim bu savolni eshitib, titrab ketdi. Keyin oldida jovdirabgina turgan Muzaffarning ko'zlariga tikilib, uning qo'llaridan tutdi-da,...

​​Shavqatsizlik qurboni...

O'qing fakat yig'lamang 😪😪😪😪😢😢😢😢 Shavqatsizlik qurboni. 🍂Ayol farzandi dunyoga kelishi uchun amaliyot honasiga kirib ketdi. Bola tug'ildi. Ona xayotdan ko'z yumdi. Ayolidan ayrilib, farzandi onasiz qolganidan ota qattiq hafa bo'ldi. Chaqaloqni o'zi parvarishlay olmasligini bilib holasiga berdi. O'zi etti oydan keyin uylandi. Yangi ayolidan ketma -...

Bir yosh yigit hikoya qiladi

Bir kuni onam bilan tortishib qoldik. Ovozlar ko'tarilishgacha bordi. Oldimdagi kitob-daftarlarimni zarda bilan stol ustiga otdim-da, honamga kirib ketdim. O'sha paytda ko'nglimga qil ham sig'masdi......

Ikki dil — ikki olam

Erta tushgan kuz chappor gulzorni bosgan qorday bir dunyo tashvish keltirdi. Yalt-yult quyosh kuzak chechaklaridagi, kahrabo chiroyga gʻarq chinor barglaridagi shabnam — marvarid donalarni simirib ulgurganiyam yoʻq ediki, toʻsatdan jin shamol koʻtarildi-yu, qorabotir bulutlar koʻkda oʻrmalay ketdi. Kallai sahardan dala-bogʻimizni boshiga...

Fikr qo'shish