ISHID (ИГИЛ) HAQIDA “KALLAKESAR…” NOMLI HAYOTIY HIKOYA (4-qism)

ISHID (ИГИЛ) HAQIDA “KALLAKESAR…” NOMLI HAYOTIY HIKOYA (4-qism)
ISHID (ИГИЛ) HAQIDA “KALLAKESAR…” NOMLI HAYOTIY HIKOYA (4-qism)


TILXAT
Chamasi qirq daqiqa ichida Mehmonali chuqurni ko'mib, tuproqni tekislab, gilamni qaytadan joyiga to'shadi-yu, harsillagancha qariya va barzangi o'tirgan stol qarshisiga yaqin bordi.
— Barakalla-a, — deya yoqimsiz tirjayish qildi Soli ota. — Bo'larkan-ku! Qani, endi kursiga cho'k!
Mehmonali ko'rsatilgan kursiga cho'kib bir qariyaga, bir barzangiga javdiradi.
Tizza-yu, qo'llarigacha titrashdan to'xtamagandi. Titroq ustun kelayotganini sezdirmaslik, o'zini qo'rqoq ko'rsatmaslik uchun qattiqroq lab tishladi.
— Bilding-a nima ko'mganingni? — o'rtadagi jimlikni buzib so'radi qariya. — Yo tonasanmi?
— Tonmayman, — dedi bosh egib Mehmonali. — Murda ko'mdim chuqurga… Endi… Kelishganimizdek haqimni bersangiz, ketsam!
— Nima?.. Ketsam? Qaerga? Katta xolangnikigami? Qara, Mo'ydinboy buning gapini! Ketarmish!..
Mo'ydin Mehmonaliga nafrat nazari bilan boqib oldi-da, qariyaning gapini ma'qulladi.
— Ahmoq, ovsar-da, boy ota, — dedi u yoqimsiz hiringlab. — Og'ayni, ish endi boshlanadi! Bu dengizdan tomchi xolos.
— Menga qara, bola, — gapni ilib ketdi Soli ota shosha-pisha stol chetidagi qog'oz va ruchkani qo'liga olib. — Tonmasliging ma'qul. Erkak degan qilgan ishidan, gapirgan gapidan tonmasligi kerak. Endi manavi savil qolgur qog'ozga tilxat yozib berasan.
Shunday deb qariya qog'oz va ruchkani Mehmonalining qo'liga tutqazdi.
— Nima deb yozishim kerak? — so'radi Mehmonali. — Aytavering!
— Men — unga shoshilmay yozajak matnini o'qiy boshladi qariya. — Falonchi falonchiyev falon kuni falonchi falonchiyevning falonchi degan yolg'iz qizini o'n oydan beri zo'rlab kelganimni, ayol homilador bo'lib ko'zi yorigach, aybimni yashirish uchun ikki haftalik chaqaloq farzandimizni o'ldirib, hovli yerto'lasiga ko'mib yuborganimni tan olaman…
— A-axir… Bu… Axir…
— Yoz deyildimi, yozgin-da, xonasalot! — baqirib berdi qariya norozilik bildirish uchun og'iz juftlagan Mehmonaliga. — Bo'l tez! Yo Mo'ydin akangning tayog'ini yeging kelyaptimi? Agar qaysarlik qilsang, o'sha o'zing kovlagan chuqurga tiriklay ko'mvoraman! Mana shu qo'llarim bilan ko'mvoraman seni! Yo melisaga topshiraman, qamalib ketasan! Qamoqda chiritaman!.. Yoz dedim!!!
Ha, Mehmonali qo'lidagi bir parcha qog'ozga bitilgan tilxatni yozib, o'zi uchun rosmana qabr hozirlab qo'yganini idrok eta boshlagandi. Lekin qarshilik ham qila olmasdi. Jon shirin. Qolaversa, shuni ham yozib qo'liga topshirsa, Soli ota qo'yib yuborishidan umid qilardi…
Yozdi, imzosini ham qo'ydi. Undan keyin Mo'ydin guvohlik qilganini tirkab imzo chekdi. Va nihoyat oq qog'oz Soli otaning qo'liga tegdi.
* * *
— Borakallo-o, borakallo, — deya qog'ozni qo'yinga urdi Soli ota. — Ana endi bitta ishimiz qonuniy bo'ldi. Sen endi qochib hech qaerga bora olmaysan. Men nima desam, shuni bajarasan. Xudo ko'rsatmasin, qochishga urinsang bormi, xuddi shu qog'ozni melisaga topshiraman-u, seni qamatvoraman. Yo ishonmaysanmi?
Mehmonali indamay yer chizdi. Bilib turardi. Qariya uning jon yeridan tutdi. Tutganda ham juda qattiq, ustamonlik, zo'rlik bilan tutdi. Haqiqatan, qochib hech qaerga bora olmaydi. Amerikaga qarab qochgan taqdirda ham birpasda tutib olishadi. Qolaversa, qishloqdagi qo'shnilari Salim traktorchidan eshitgani bor. U birovni bo'g'ib o'ldirib o'n yil o'tirib kelgan. Aytgandiki, nomusga tegish, zo'rlash bilan qamalganlarni turmada hezalakka aylantirib yuborisharkan. Qariya bularni ham bilsa kerak hoynahoy…

«Ablah, ko'zing chiqqur cho'qqisoqol! — qalban faryod chekardi Mehmonali. — Xudodan qo'rqmaskan-ku bu chol! Meni bo'htonga belab, naq giribonimdan oldi. Ana endi zanjirlasayam, non bermay tomorqada itday ishlatsayam Mehmonali miq eta olmaydi. Boya qariya qul qilib olganini tan olmagan bo'lsa, endi to'liq amin bo'ldi. Soli ota bo'ynimga o'ta jiddiy aybni qo'yib tashladi. Tilxatdan tonvorgan taqdirdayam chuqurga ko'milgan go'dakning tanasida barmoq izlarim qolgani tayin. Shuning o'zi sabab bo'la oladi. Juda jirkanch, xavfli, qahraton sovug'idan-da sovuqroq aybni bo'ynimga qo'ydi bu xunasa…»
— Ota, mana, hamma talabingizni bajardim, — dedi baribir ozodlikdan umid qilib Mehmonali. — Qo'yvora qoling meni endi! Iltimos, hali hujjatimni topishim kerak!..
Unga javoban Soli ota masxaraomuz tirjayish qildi. So'ngra yer ostidan Mehmonaliga razm solgancha bir necha o'n soniya sukutga toldi va daf'atan boshini ko'tardi.
— Yo'q, ketishdan umidni uz, bolam, — deya shivirladi u. — Buyog'iga o'ligimiz ham, tirigimiz ham bir. Men nima desam, shuni qilasan… Yo'q, seni qullikka mahkum qilmayman. Ozodlikda yurasan. Biroq men aytgan so'qmoqdan, men ko'rsatgan ko'chadan yurasan. Nima qilishing kerakligini yo'l-yo'lakay o'zim aytaman. Hozir esa…
Qariya ilkis Mo'ydin tomonga yuz burdi.
— Mo'ydin, sen mashinangda tez borgin-da, ichkilik, gazak, yeguliklar deganday sotvol. Keyin Mo''tabarnikiga boraver. Biz o'sha yerda bo'lamiz bu yigit bilan.
— Xo'p bo'ladi, ota, — Mo'ydin dast o'rnidan qo'zg'alib ikki qo'lini ko'ksiga qo'ydi. — Yest qilamiz hammasini!
— Ha, shunday qil! Harqalay, bu yigit murda ko'mdi. Asabiylashayotgandir, qo'rqayotgandir. «Istires»lari chiqsin, mayli!..
«SOVChI»
* * *

Mo'ydin ketdi. Soli ota ehtiyotini qildimi, Mehmonali yozib bergan tilxatni ham uning qo'liga tutqazib yubordi.
«Bu barzangi o'g'li desam, o'g'liga o'xshamaydi, — o'ylardi Mehmonali qariyaning mashinasida ketib borarkan. — Ammo unga qattiq ishonarkan. Barzangiyam aytganini qilyapti. So'rasammikan? Ie, hozir qaerga oboradi-yu, yana boshimga ne kunlarni soladi bu qari tulki. Bilishga haqqim bor-ku axir!.. Yo shartta eshikni ochib o'zimni pastga tashlasammikan? Tilxatiniyam, o'ziniyam boshini yerdi bu sassiq chol. Qamata olmasdi ham. Ammo… Men o'lib ketsam, kim kuyadi? Kim o'ligimni odambashara qilib ko'madi? Hech kim. Nari borsa, katta bir chuqur kovlashadi-da, tuzalmas kasalga yo'liqqanlar qatorida ko'mib tashlashadi. Kimdir tepamga kelib tilovat ham qilmaydi. Yaxshi-yomonlarning oyoqlari ostida qolib ketaman… Yo'q, men ortga chekinmasligim kerak. Bu cholning miyasida yana qanday balolar aylanayotganini ko'rishim kerak. Bir kunmas-bir kun menga ko'rsatgan kuni, gunohlari uchun jazo topishiga guvohlik qilishim kerak…»
— Ota, bir gap so'rasam bo'lar? — dedi Mehmonali tavakkal boshini ko'tarib. — Yo bungayam ruxsat yo'qmi?..
— So'ra, darding ichingda qolib ketmasin tag'in, — dedi zaharxandalik bilan qariya. — Yana nima qilib beray sen nodonga?
— Boyagi barzangi o'g'lingizmi?
— Mo'ydinni aytyapsanmi? O'g'limdanam yaqinroq. Katta ammamning kenjasi. Lokigin uning jahlini chiqarib yurmagin yana. Juda tezob yigit. So'yvorishdanam toymaydi u qurmag'ur…
— Hozir qaerga ketyapmiz? Tilxat dedingiz, yozib berdim, ko'm dedingiz, ko'mdim. Tag'in nima qilishim kerak? Qo'yvorsangiz, ishga chiqib ketardim. Axir…
— Bas, — gapni kesdi Soli ota. — Haddingdan oshaverma, bola! Ja indamasa… Mendaqangi hotamtoyni topib bo'psan! Katta xolangnikiga borasanmi?
— Unda ayting-da nima ishligini! Menam odamman-ku, axir, ota!..
Soli ota Mehmonalining so'nggi gapidan keyin sal shashtidan tushdimi, mashinani to'xtatdi-da, yonida o'tirgan Mehmonalining yelkasiga qoqdi.
— Iqboling borakan, bolam, — dedi sovuq kulimsirab. — Hademay manzilga yetaylik, o'zing ko'rasan. Qo'rqma, afsuslanmaysan! Menga rahmat deysan hali, ha!..
Mehmonali javob bermadi.
Asabiy lab tishlagancha tashqariga bosh burdi.
* * *
Ular to manzilga yetguncha miq etishmadi. Mehmonali xayolan oldinda o'zini kutishi mumkin bo'lgan ko'ngilsizliklarni tasavvur etar, qalbini afsus va nadomat o'ti kuydirardi. Qishloqdan chiqib begona shaharga kelganlariga pushaymonlar yerdi.
«Tog'am ko'chalar, hech bo'lmasa, dalalardagi tashlandiq shiyponlarga ega chiqmasdi-ku, — derdi xayolan. — Nega o'sha yerda qolmadim? Dalalarda ishlasam, yoki birovlarnikiga mardikor bo'lib yollansam ham teshib chiqmasdi-ku! Qishloqlarda qanchalab odam sholi ekadi. Biri bo'lmasa boshqasi albatta ishlatardi, haqimni berardi. Asosiysi manavinga o'xshagan iymonini yutganlar qosh-qabog'iga qarab sarg'aymasdim. Odam bolasining peshonasi shunchalar sho'r bo'ladimi?.. Xo'sh, endi nimaga erishaman? Bu chol kabilarga odam o'ldirish cho'tmasakan-ku! Aks holda yerto'ladagi chaqaloqni chuqurga ko'mdirib xotirjam yura olmasdi. Qassobdan battar johil ekan bular…»
Shunday xayollar ko'ksini kemirgancha o'tirganda, mashina tor ko'chalardan biriga burilib to'xtadi.
O'ngdagi naqshinkor darvoza ochiq edi. Qariya rulni ichkariga burdi. Kirganlari hamono past bo'yli, kalta yubkali, siynalari yarim ochiq, qizil koftali 30 yoshlar atrofidagi ayol paydo bo'ldi.
«Qizi shekilli, — o'yladi Mehmonali qizdan ko'z uzmay. — Shaharlik-da, otasining yonida ham manavinaqangi ochiq-sochiq yuraveradi bular. Lekin ja ketvorgan ekan. Chol puli ko'pligidan qizini yaxshi parvarish qiladi shekilli…»
— Sen yur men bilan, — dedi Soli ota Mehmonaliga sovuq tikilib. — Og'zingni yum, pashsha kirib ketadi! Yur dedim!..
Mehmonali yana bir karra zimdan ayolga qarab oldi-da, qariyaga ergashdi.
(davomi bor)

Rasulullox ﷺ dedilar

 Rasulullox ﷺ dedilar: «Banda qiyomat kuni sarxisob qilinadigan birinchi amali – namozidir. Agar namoz saloxiyatli bo'lsa, darxaqiqat, najot topibdi va omad qozonibdi. Agar namoz barbod bo'lsa, darxaqiqat, muvaffaqqiyatsizlikka uchrabdi va ziyon ko'ribdi»....

Otam

O‘smirlik yillarim edi. Nima bo‘ldi-yu, bir kuni nogaxon nojo‘ya so‘z tufayli otamning dilini ranjitib qo‘ydim. Bir ozdan so‘ng uyimga keldim, qilgan aybimni o‘ylab, ko‘zlarimga yorug‘ dunyo tor bo‘lib ketdi. Endi qanday qilib otamdan kechirim so‘rash yo‘lini izlay boshladim. Otam uyimiz oldidagi yo‘l bo‘yiga mevali daraxt o‘tkizayotgan edi. Men...

JANNAT QIZI…

Bir… Ikki… Uch… Yuzgacha sanasam, uyquga ketaman… Qirq… Qirq bir… Ha, uyqu meni hammasidan qutqaradi… Ellik uch… Ellik to'rt… Men abadiy uyquga ketaman… Abadiy uyqu — barcha zahmatlarim uchun berilgan mukofot…...

Buxoriyning onasi

Farzandlarini yeru ko‘kka ishonmay yurgan Fotimani Allohning yana bir imtihoni kutardi. Bir kuni go‘dak o‘g‘li Muhammad atak-chechak qilayotib, yiqildi. Shunda yerda yotgan bir shoxcha uning ko‘ziga zaxa yetkazdi. Oradan uch-to‘rt kun o‘tgach, ona farzandining ko‘rmayotganini payqab qoldi. Fotima dunyoni unutdi. Allohga nola qildi. Shu topda u...

Baxtli boʻlinglar

Tashqarida lopillab laylakqor yogʻardi. Zebo buvisining tanchasida mudrab oʻtirar, uning koʻz oldidan qachonlardir kitoblarda oʻqigani yoxud odamlar tilidan eshitgani bir manzara oʻtar edi: derazalar! Deraza oynalari lampochkalar nuriga yoʻgʻrilib koʻrinadi. Ichkaridagi noz-ne’matlarga toʻla stol atrofida tik turgan odamlar qoʻllaridagi...

Ikki o't orasida.. (Voqea real xayotdan olingan)

Raxima telefon go'shagini joyiga qo'ydi-da, bo'shashgancha divanga o'tirib qoldi. Sal narida olti yashar o'g'li Adxam xayron boqib turar, na onasiga yaqin kelishni, na tashqariga chiqib ketishni bilmay arosatda edi......

Sevgim-sevgilim

Sevgim-sevgilim 1 Bu voqeaga ancha boʻldi. Men endigina institutni tamomlagan yigirma ikki-yigirma uch yoshlardagi yigit edim. Orzu-havas katta. Qayoqqa qoʻl uzatsam, yetadi. Bilaklarimda quvvat, qalbimda gʻayrat joʻsh urardi....

“Aytilmagan dil izhori”

Ismim Nodira oilaliman. 3 og ‘il farzandim bor. Erim g ‘amxo‘r, qaynonamdan alohida yashaymiz. Tashqaridan qaraganda juda baxtliman. Lekin, armonim bor, ilk muhabbatimga sevishimni ayta olmaganman…  Dadamning aytishlariga qaraganda, oyijonim meni dunyoga keltirib olamdan o‘tgan ekanlar. ...

Yetim qolgan gullar

Qaynoq garmsel har quturganda, shaharcha quyuq toʻzon ichida qoladi. U biydek dashtning qoq kindigida boʻy rostlagan bu shaharchani yer yuzidan supurib tashlamoqqa ahd qilgandek, toʻlgʻonib, yulqinib quyun uyurib esadi. Soʻng shiddati andak susaygandek boʻladi-da, tagʻin yangidan kuch olib, koʻp qavatli qizgʻish gʻishtin uylaru koʻkka nayzadek...

San'atkor (hajviya)

Konsert odatdagicha «navbatdagi nomerimizda… Kelganlaringga rahmat, o'rtoqlar» bilan tamom bo'ldi. Nomi chiqqan ashulachi— san'atkordan boshqa hamma xursand bo'lib tarqaldi. San'atkor tajang edi: tanaffus vaqgida zalga chiqqan edi, bir traktorchi uni savodsizlikda aybladi. ...

Fikr qo'shish