Nishonga urilgan gaplar: “Agar erkak ayolini suv bilan sug'orsa, (ayoliga suv ichirsa), ajr oladi”

Nishonga urilgan gaplar: “Agar erkak ayolini suv bilan sug'orsa, (ayoliga suv ichirsa), ajr oladi”
Nishonga urilgan gaplar: “Agar erkak ayolini suv bilan sug'orsa, (ayoliga suv ichirsa), ajr oladi”


Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. 
Umidsizlikka tushma! Alloh taolo sen uchun tor joylardan chiqadigan yo'lni ato etadi. Sen ushbu oyatni yodingda tut: "Qachon biron narsani iroda qilsa, Uning ishi "Bo'l” demoqlikdir, xolos. Bas, u narsa bo'lur”(Yosin surasi, 82-oyat).
*****
Agar erkak ayolini suv bilan sug'orsa, (ayoliga suv ichirsa), ajr oladi.
Imom Ahmad va Imom Buxoriy "At-Tarix al-kabiyr”da rivoyat qilgan.
*****
Allohim, namozni sevib ado etadiganlardan qilgin va uni biz uchun dunyodagi eng mahbub narsa etgin!
*****
Dunyo issig'iga «oh-voh» deymiz.
Ey Robbim! Bizni oxirat olovidan asra!
*****
ALLOH MEHRIBONDIR!
Bashariyat qonunida: «Agar o'rtadagi ishonch sinsa (yo'qolsa), qayta tiklanmaydi».
ALLOH TAOLONING QONUNIDA: GUNOHDAN TAVBA QILUVChI KIShI GUNOHSIZ KIShI KABIDIR!
*****
Sizdan "Go'zallik qaerda” deb so'rasalar, ularga "Go'zallik Alloh taolodan hayo qiladigan yuzlarda” deb ayting!
Jaloliddin Rumiy rahimahulloh
*****
Kuni kelib ketaman. Men bilan birga kulgularim, sukutlarim, og'riqlarim, shodligim, bezovtaligim ham ketadi. Xotiramdan boshqa narsa qolmaydi.
Ey Robbim! Yaxshi nom qoldirishimni, mendan yaxshi xotira qolishini nasib etgin!
*****
Kim onasiga yaxshilik qilishni qo'ldan boy bergan bo'lsa, hayotining hammasini boy beribdi.

"Xovatir roqiya jurnali”
*****
Vafot etganlar qo'ldan boy bergan amallari uchun qabrlarida nadomat qilgan holda mahbusdirlar. Tiriklar esa vafot etganlar nadomat qilayotgan ishlar uchun bir-birlari bilan urushgan holda dunyoda mahbusdirlar. Yo qabrdagilar tiriklarning oldiga kelib, "Bunday qilmanglar! Biz shu ishlarimizga pushaymon bo'lib yotibmiz” deya olmaydilar yoki tiriklar o'lganlardan ibrat olmaydilar. Ey Robbim, bizni g'aflatdan uyg'otgin va xotimamizni go'zal qilgin!
"Xovatir roqiya jurnali”
*****
Ko'z yoqtirganini istaydi. Aql uni tushunadiganni istaydi. Ammo ruh faqat o'ziga o'xshaganini istaydi.
"Xovatir roqiya jurnali”
*****
Onang sendan rozi ekan, hech ziyonga uchramaysan.
"Xovatir roqiya jurnali”
*****
Salomatliging seni tashlab ketganda ham, soliha ayol aslo tashlab ketmaydi.
"Xovatir roqiya jurnali”
*****
Agar ichingda bir ovoz "Bu halol”, "Bu harom” deb aytayotgan bo'lsa, qalbing tirikligi uchun Robbingga hamd ayt!
"Xovatir roqiya jurnali”
*****
Agar farzandlaringning oyoqlari yerda sobit turishini istasang, ularning zimmalariga ba'zi mas'uliyatli yuklarni ort.
"Tarix muhrlagan so'zlar”
*****
Ikki ish sening shaxsiyatingni belgilaydi:
    Hech narsaga ega bo'lmagan paytingdagi sabring.    Hamma narsaga ega bo'lgan paytingdagi tasarrufing.
"Tarix muhrlagan so'zlar”
*****
Buyuk insonning buyukligi sodda, faqir insonlar bilan qiladigan muomalasida ko'rinadi.
"Tarix muhrlagan so'zlar”
*****
    Ishing o'ngidan kelganda do'stlaring sening kimligingni bilishadi.    Ishing orqaga ketganda sen do'stlaringning kimligini bilasan.
Ibrohim Fiqiy
*****
Bitta daraxtdan millionta gugurt donasi yasaladi. Bitta gugurt donasi bilan millionlab daraxtlarga o't qo'yiladi. Shu sababli hayotingdagi millionlab ijobiy ishlaringga ta'sir qilmasligi uchun bitta ham salbiy ish qilma!
Ibrohim Fiqiy
*****
Onam bilan boshqalarning orasidagi farq shuki, boshqalar meni mahzun holda ko'rmaslikini orzu qiladilar. Ammo onam mendan mahzunlikni o'ziga olishni orzu qiladi.
Mahmud Darvesh
*****
Muhabbat — o'zaro yakdillik, ulfatlikning vujudga kelishi, yasamalik, soxtalikning yo'qolishidir. Munosabatlarda yolg'onga o'rin yo'qligini anglab yetishdir. Agar ikkingiz sukut qilsangiz, sukutingiz yoqimli, shirin bo'lishi, agar biringiz gapirsangiz, sherigiga uning gapini tinglash yoqimli bo'lishidir.
Mustafo Mahmud
*****
NASIBA
Sen uchun taqdir qilingani, hatto ikki tog' orasida bo'lsa ham, senga nasib etadi.
Sen uchun taqdir qilinmagani, hatto ikki labing orasida bo'lsa ham, senga nasib etmaydi.

O'g‘lingizga haridor bo‘lib keldik

Ular to‘rtinchi qavatdan joy sotib olib, ilk bora ayvonga chiqib nonushta qilishardi. Yigitning ko‘zi ro‘paradagi xuddi shunday ayvonda kir yoyayotgan qizga tushib qoldi. U ilgari hovlida yashaganigami, bunday holni ko‘rmagani uchunmi, g‘alati bo‘lib ketdi......

Marinaning «oshiqlari»

Retsidivist Nikolay Redkin o‘zining navbatdagi muddatini umumiy tartibdagi koloniyada o‘tadi. Uning Permda yashovchi Marina ismli kelishgan tanishi bor edi. Nikolay uni o‘z qallig‘i deb hisoblar va amnistiyaga tushib, ozod bo‘lgach, uylanish uchun ayolnikiga borib, yangi hayotni boshlamoqchi edi. Biroq oxirgi vaqtlarda hech qanday...

QARI EShAK MONOLOGI (hajviya)

Biz eshaklar ko'p yashamaymiz. Shunga qaramay, umrimning teng yarmini xo'jayinga bag'ishladim. Halol xizmat qildim. Hali somon, hali pichan, hali o'tin tashidim. Bu ham yetmagandek, tez-tez xo'jayin meni minib qishloq aylanardi. Biqinimga turtar, tezlashmasam, qamchin bilan savalab qolardi. Qishloq kraniga suv kelmasayam men balogardon edim....

Sevgi Bor Men Ishonaman...

Ba'zilar hozirgi kunda haqiqiy sevgi qolmagan deyishadi. Lekin, men uning borligiga ishonaman. O'zim guvoh bölganman shunday sevgiga. Bu xuddi qörqinchli tushga öxshaydi... Opam bir yigit bilan bir-birlarini qattiq sevishardi....

IBRATLI HIKOYA

Bir kuni farishtalar bekorchi bo‘lib, bir ermak qidirib qolishibdi. Shunda ulardan biri: - Keling, odamzoddan biror nimasini o‘g‘irlab olib, yashirib qo‘yamiz, - debdi....

Uzatilgan qiz (Hikoya) Tavsiya etamiz

Nazira tez-tez soatiga qarab  qo’yar, yuragi xovliqardi.  Kichkintoylar esa bog’cha  opasining yuz-ko’zlaridagi ...

Izzat – Islomdadir!

Tarix kitoblarida hazrati Umarning (r.a.) fath etilgan Quddus shahriga kirib borishlari shunday tasvirlangan: Quddusliklar «xalifangiz kelsagina shaharni sizlarga topshiramiz», deyishadi. Hazrati Umar (r.a.) bir tuya, bir xizmatkor bilan Madinadan Quddusga ravona bo‘ladilar. Kamtarlikni qarang. Dunyoning yarmini boshqarib turgan amir xohlaganida...

Xiyonatning achhiq sabog'i

Mustafo ishdan erta kelganidan afsuslandi. Tozalanmagan uy, dazmollanmagan kiyimlar, bo'sh qozon, chaqaloqning tinimsiz yig'lashi — bularning bari yigitning yuzini burishtirardi-yu, lekin o'zini bosishga urindi......

Onangiz oyog'i ostida qul bo'lib yashang

Dahshatli sinov Ona o'g'liga qo'ng'iroq qildi. Yodgor: Allo…! Ona: O'g'lim qaerdasan? Onasini savolidan Yodgorni ensasi qotib, jahli chiqdi......

XURLAR RO'ZADORNING ZIYoRATIGA MUShTOQ

XURLAR RO'ZADORNING ZIYoRATIGA MUShTOQ Xazrati Oisha roziyalloxu anxodan rivoyat qilinadi: Nabiy sollalloxu alayxi vasallam shunday dedilar: "Qachonki, banda ro'zador xolida tong otdirsa, uning uchun osmon eshiklari ochib qo'yiladi va uning a'zolari tasbex aytveradi xamda dunyo osmonidagi farishtalar uning uchun istig'for aytaveradilar. (Bu...

Fikr qo'shish