Oxunjon Madaliyev - Yor-yor

Oxunjon Madaliyev - Yor-yor
Oxunjon Madaliyev - Yor-yor

Oxunjon Madaliyev - Yor-yor Текст песни


Olislardan xilpiragan go`shangamu,
Seni kimga uzatishar ishonganim?
Yor-yor aytar {x2} qizlarmu yo shum yangamu,
Kechir endi, to`yingga men borolmayman,
Kechir yorim, to`yingga men borolmayman.
Bugun sizning uyingizga yor-yor kelar,
Bugun bizning ko`nglimizga ozor kelar. (x2)
Bugun sizni suymaganni suydurasiz,
Sizga yozgan xatlarimni kuydurasiz-ey, kuydurasiz.

Sho`x yangangiz qoshingizga qoshlar qo`shar,
Bo`sh ko`nglimiz yoshimizga yoshlar qo`shar. (x2)
Shohimardonsoy sizga o`xshab shoshqin bugun,
Oshig`ingiz ko`z yoshidan toshqin bugun-ey, toshqin bugun.
Ostonada biz uchun ham yig`lab keting,
Zanjiriga muhabbatim bog`lab keting.
Yor uyidan ko`rinmasin bo`ylarim-ey,
Chimildiqdan o`tolmasin o`ylarim-ey.
Mug`anniyning ohi sizga yetarmidi,
Yetsa shuncha yig`loq g`azal bitarmidi?
Bugun sizning uyingizga yor-yor kelar,
Bugun bizning ko`nglimizga ozor kelar.
Bugun sizni suymaganni suydurasiz,
Sizga yozgan xatlarimni kuydurasiz-ey, kuydurasiz.
Kuydurasiz-ey, kuydurasiz,
Yondirasiz-ey, kuydurasiz. (x2)

Xurshid Rasulov - Ayol qilsa xiyonat

Yurgan yo`li malomat, Kelganda ham qiyomat, Farishtalar ham qochar Ayol qilsa xiyonat. (x2)...

Anvar Sobirov - Kel endi

Go`zal bo`lar muhabbat, Qiz qalbiga bo`ylasa. Bo`lib sevgidan sarmast, Baxonalar so`ylasa. (x2)...

Yulduz Usmonova - Yorni tark etmang

Har kishining jahonda ko`nglidagi yor bo`lsin, Sevgida saodati doim barqaror bo`lsin. (x2) Yorning har takallumi mo`miyodir, asaldir, Bir jon emas, yuz jon ham yo`lida nisor bo`lsin. (x2)...

Ozodbek Nazarbekov - Gul

Gul uzilsa go’zalmas, shoxida tursa go’zal,  Yor o’zimas, yorining yonida yursa go’zal. (x2) Sulton bo’lib taxtiga, ahd qo’shilib ahdiga,  Malikasin baxtiga binolar qursa go’zal. (x2)...

Ravshan Komilov - Yoqadi

Erkam, menga nozlanib Yurishlaring yoqadi, Guldek ochilib, yashnab, Kulishlaring yoqadi....

Oxunjon Madaliyev - Nasibam

Bahor keldi boqqa, gulni yetaklab, Quyosh chiqdi yer yuziga charaqlab, Qalb daftarin ochdim ma’yus varaqlab, Seni izlab nasibam, seni izlab....

Zohid - Alda

Sensiz zerikdim bir o‘zim, Yolg‘iz-yolg‘iz bir o‘zim. Eslab birga o‘tgan damlarimiz, Qaytsin deb yana o‘sha kunlarimiz....

Bobomurod Hamdamov - Kim ekan

Nazar solgan edim manam oy yuziga, Charos ko’zi kulib turgan, bu kim ekan, bu kim ekan? Kim, kim, kim ekan, kim, kim, kim ekan? Kim ekan, u kim ekan, kim ekan, u kim ekan, kim ekan?...

Yodgor Mirzajonov - Yigit

Qay makonda, qay tomonda, Tun-u yo shom, azonda, Ne bo`lsa ham, issiq jonda, Yigit boshi omon bo`lsin. {x2}...

Zohid - Yolg’onlaring

Orzularim orzuligicha Qolib ketdi bir chetda, To`g`risi, men sendan kutmagan edim, O`zgarib qolasan deb bir zumda....

Fikr qo'shish