Tohir Mahkamov - Birinchi sevgim

Tohir Mahkamov - Birinchi sevgim

Taqdirning o`yinin kim bilibdi, kim,
Qarshimda turibsan boshing egib jim. (x2)
Endi biz begona begonalardek,
Sen mening armonim, birinchi sevgim. (x2)

Poyingga jonimni fidolar qildim,
Yolvorib Xudoga nidolar qildim.
Mayliga baxtli bo`l, duolar qildim,
Sen mening armonim, birinchi sevgim.

Yulduzsan, sirlaring yecha olmadim,
Armonsan, bir to`yib qucha olmadim, (x2)
Ketdim deb, kechdim deb, kecha olmadim,
Sen mening armonim, birinchi sevgim. (x2)

Egildim, to`kildim qiynoqlaringdan,
Shoirlar bo`ldim-ey firoqlaringdan,
Endi ne foyda bor titroqlaringdan,
Sen mening armonim, birinchi sevgim.

Fikr qo'shish