Yulduz Usmonova - Xudo bilar

Yulduz Usmonova - Xudo bilar

Yulduz Usmonova - Xudo bilar Текст песни
Bosh bir kun tosh yostiqqa yetar,
Ruh to`tisi tanni tark etar, (x2)
Deydilar, yosh tanlamas ajal,
Xudo bilar, kim oldin ketar. (x2)
Oftob yelib, tolsa ko`k uzra,
Unga osmon sandig`i – hujra, (x2)
Haqdan – hukm, bandadan – ijro,
Xudo bilar, kim oldin ketar. (x2)
Pok dilingni kemirdi hasad,
Qadamingda topding aziyat, (x2)
Do`stim, menga qilma vasiyat,
Xudo bilar, kim oldin ketar. (x2)
Aso tutmish qancha qaddi tol,
Men – bir kuchga to`lgan navnihol,
Otam meni ko`mar, ehtimol,
Xudo bilar, kim oldin ketar.
Ko`zim ko`kda, sizda xayolim,
Jujuqlarim mening kamolim, (x2)
G`animatmiz, jufti halolim,
Xudo bilar, kim oldin ketar. (x2)

Fikr qo'shish