U sobiq xotini bilan topishib oldi, men esa befarzandman...

U sobiq xotini bilan topishib oldi, men esa befarzandman...
U sobiq xotini bilan topishib oldi, men esa befarzandman...


— To`rt yil avval sovchilar orqali turmushga chiqdim. Lekin turmush o`rtog`im bilan o`rtamizda mehr uyg`onmadi, farzandli ham bo`la olmadik va qaynonamning qistovlari bilan uch yil yashab, ajrashdik. Bir muddat o`tgach, oilasidan ajrashgan insondan sovchi keldi, rozilik bildirdim. Bu inson bilan atigi uch oy yashadik, mana ikki oydirki, ota uyimda o`tiribman. Kelishmovchiliklarimizning asosiy sababi esa bu kishimning birinchi xotini edi. O`sha ayol oilamizga aralashaveradi, qo`ng`iroq qilib, tinchimizni buzadi. Men bunday munosabatga toqat qila olmadim. Yo meni tanla yoki uni deb, arazlab uyiga qaytdim. Erim ham yarashish uchun harakat qilmayapti. Boshim qotib qolgan. Birinchi erim esa boshqa ayolga uylanib, farzand ko`rdi. Men, hatto, homilador bo`la olmadim ham. Hayot shunchalar qattiq sinayaptimikan deb, yuraklarim ezilib ketayapti. Ikkinchi turmushim ham tinch emasligi uchun o`zimni notavon his etayapman. Hozircha uyimizdagilarning munosabati yaxshi, lekin kuni kelib, bari aybni menga ag`darishlaridan cho`chiyapman.


Nigina, 24 yosh, Farg`ona viloyati

Qaynonajon: — Taqdir sinovlari shunaqa, ona qizim. Hali hammasi oldinda, yaxshi kunlarga etishasiz. Sobiq turmush o`rtog`ingiz farzand ko`rganiga quvonib, ularga astoydil baxt tilang. Shunda o`zingiz ham yorug` kunlarga etishasiz. Ikkinchi gal turmushga chiqishga sal shoshilgansiz chog`i. Hayot murakkab, bolam, shoshma-shosharlik bilan inson o`z-o`ziga muammo orttiradi, xolos. Ayniqsa ayol kishi! Endi bu yog`iga jiddiyroq bo`ling. O`zingizda kat`iy irodani tarbiyalang. Ha, odamzot ba`zida ortga bir nazar solib, xatolaridan xulosalar chiqarib olishi kerak. Xom sut emgan bandamiz-da, tutgan tutumimiz doim ham to`g`ri bo`lavermaydi. Biroq na chora, oldinga karab dadil, halol va pok yo`ldan ezgu maqsadlar bilan yurishni davom ettirish kerak. Hayotdan ma`no va mazmun istab yashash lozim. Ko`ngilni va fe`lni keng tuting. Xushmuomalalik, odob va sadoqatni o`zingizga hamroh eting. Odamlarni seving va ularga yaxshilik qiling, yaxshilik tilang, baxtu saodat hamrohingiz bo`ladi.

Barno Ilhomova, ruhshunos: — Ikkinchi bor ham oila qurishga shoshilibsiz, ziyraklikni yo`qotibsiz. Avval o`sha oila nimaga buzilganligini surishtirish, o`rganish kerak edi. Agar eringiz birinchi xotini bilan oilaga rahna solish darajasida yaqin ekan, demak, o`rtada ularni bog`lab turuvchi xotiralar bo`lgan. Biroq endi muammoni kavlashtirib, noxushliklarni o`ylayversangiz, kattaroq omadsizliklarni chaqirib olishingiz mumkin. Bunga ketkazadigan quvvatingiz va vaqtingizni o`z ustingizda ishlashga sarflang. Sevimli mashg`ulotingiz bilan shug`ullaning. Bilasizmi, bugun zamonning talabi shunaqa, avval ichki olamingizni to`g`irlab, his-tuyg`ularingizni bir yo`riqqa solib olasiz, ana undan keyin omad kulib boqadi.

Saodat OChILOVA yozib oldi.

Jumbok 3 qism

Malik hayotda jiddiy inson kam gap uz davrida V'etnamda V'etnam mafiyasiga Karshi chikan ogir jarohat olib V'etnamda etti yil asir bulib yashagan ming azobni boshdan kechirgan kolganini uzilar tasavur kilib olaverilar......

ERIMNING MA`ShUQASI O`ZIDAN YIGIRMA YoSh KATTA…

Sarlavhani ko`rib, hayron qolgandirsiz? Ha, bu haqiqat, achchiq haqiqat. Ammo men hozir dardi hol qilib, kundoshimu erimga tosh yog`dirmoqchimasman. Erim uch bolani tirik etim qilib, o`zidan yigirma yosh katta ayolning etagini tutib ketish sabablarini aytmoqchiman. Zero, yana kimdir men kabi taqdir qozonida kuyib qolmasin......

RAShK ENG XAVFLI XASTALIK BELGISIDIR…

Angliyalik 23 yashar qiz Evi Mur sevgan yigiti bilan o'zini juda baxtli his etardi. Ammo keyingi paytlarda hech qanday sabablarsiz uni birovlarga rashk qila boshladi. O'zini o'zi tushunmay qoldi. Nima uchun kutilmaganda rashk qila boshlaganini anglay olmay xunob bo'ldi. ...

Mazlumning duosidan qo'rq

Yo'lda ketayotib mashinalar tirbandligidan ancha to'htab qoldik. Yo'l chetida bir ayolni g'alati xatti-xarakatlari e'tiborimni tortdi. Bechoragina aqli zaif ekan deb achindim. Kimgadir juda o'hshatdim, ammo eslolmadim......

"Chandiq detektiv - Sarguzasht

Barzangi bola bechorani xona chetidagi suv to'la xum yoniga sudradi.Sochida tutib kallasini suvga tiqib azoblardi.Bola bechora baqirmoqchi bo'lar,kimlarnidir yordamga chaqirardi.Lekin natija bo'lmasdi.Chamasi 16yoshlardagi bu bola hushidan ketdi.So'ng barzangi uni yog'och kravotga yotqizib,kamerga beso'naqay jilmaydi....

OLLOHNING JAZOSI

OLLOHNING  JAZOSI Bozor... Odam shunchalar ko'p, kimdir sotadi, kimdir harid qiladi. Keling o'g'lim, uzumdan ob keting, dexqonchiligimiz nariroqdan bir qari onahonni ovozi keldi, kiziqsinib qaradim. Sochlari qorday oppoq, alam iztirob chekkan ko'zlari mungli. Keling o'g'lim, shu uzumni olib keting... Sag'irgina nabiralarim bor, ularga egulik olib...

BARVAQT TURIShGA ODATLANING!

BARVAQT TURIShGA ODATLANING! Payg'ambarimiz sollalloxu alayxi va sallam: “Yo Allox! Ummatimning barvaqt qilgan ishlariga baraka ber!” deb xaqimizga duo qilganlar. Bu duo mag'zini chaqqan ota-bobolarimiz vaqtli turishga odatlanishgan, tongdan ishga kirishishgan. Natijada ko'p yutuqlarga erishishgan. Ular farzandlarini xam shunga o'rgatib borishgan....

Uzatilgan qiz (Hikoya) Tavsiya etamiz

Nazira tez-tez soatiga qarab  qo’yar, yuragi xovliqardi.  Kichkintoylar esa bog’cha  opasining yuz-ko’zlaridagi ...

Seni ham dadang olib bersin...

- Seni ham dadang olib bersin... Bu gap kichik Hadichaga qattiq tasir qildi. Qur’on kitobi yo‘qligi uchun o‘rtog‘ini Kitobini so‘rab turgandi....

Musofirlar taqdiri.... (2 qism)

“Ketaman dedi qat'iy ohangda...Ketaman, albatta ketaman”....turib yuzini yuvib keldi. Murodbek kelib oldiga o'tirdi. “-Qayoqqa ketasan?”- dedi Murodbek. “- Ochiq mozorga, qayerga bo'lardi, uyimga ketaman, Bolam gapiradigan bo'libdi, uni ko'rgim kelayabdi......

Fikr qo'shish