OTANING HIMMATI. QALB MAMLAKATI. 3 DIRHAMGA JANNAT SAVDOSI. 3 TA HIKOYA

OTANING HIMMATI. QALB MAMLAKATI. 3 DIRHAMGA JANNAT SAVDOSI. 3 TA HIKOYA
OTANING HIMMATI. QALB MAMLAKATI. 3 DIRHAMGA JANNAT SAVDOSI. 3 TA HIKOYA


OTANING HIMMATI
Imom A’zam rahmatullohi alayhning oldilariga bir odam o’g’lini o’qishga olib kelgan ekan. 20 yil o’tibdi hamki, u tolib deyarli hech nimani o’rganmabdi. Abu Hanifa tolibning otasini chaqirib aytgan ekanlar:- O’g’lingizni olib ketavering. Olim chiqmadi undan. Endi uni borib ishlating. Pul topsin.O’g’lidan juda katta narsani umid qilib yurgan otasi dunyoning o’sha paytdagi eng katta mujtahidiga shunday degan ekan:- Taqsir, hech bo’lmasa sizchalik bo’lmaydimi?Otaning himmatini ko’rib, Imomi A’zam aytgan ekanlar:- Sizning himmatingiz juda katta ekan. Endi tashlab ketavering. Inshaalloh o’g’lingiz olim bo’ladi.

Foyda: Bolani qori, olim qiladigan narsa – otaning xolis himmatidir. Shuning uchun ota farzandi kamoli uchun Allohdan astoydil so’rashi kerak.
QALB MAMLAKATI
Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar:"Dunyoning eng buyuk podshoshi biron mamlakatga bostirib kirsa, avval o’sha davlatning eng kiborlarini xor qilib tashlaydi.Qalb ham juda keng bir mamlakat. Uning ham ichida Kibr, Baxillik, Harislik, Yomon gumon degan iflos kiborlari bor.Shu mamlakatga shohlarning Shohi kirib kelsa bormi, ularning hammasi yuvilib ketadi.Bas, qalbni ziynatlantirish uchun ko’p zikr qiling”.
3 DIRHAMGA JANNAT SAVDOSI
Buyuk muhaddis Imom Abu Dovud dengizning qirg’og’ida o’tirsalar, uzoqdagi kemada ovozi baland insonning aksa urganini, so’ng "Alhamdulillah” deganini eshitibdilar."Alhamdulillah” deyilgandan keyin "Yarhamukalloh” deyish vojib. Abu Dovud "Yarhamukalloh” demoqchi bo’lsalar, u odam eshitmaydi. Chunki hazratning ovozlari baland emas, aksa urgan odam esa uzoqda. "Alhamdulillah”ni eshitgan odamga "Yarhamukalloh” deyish vojib bo’lishi uchun ular bir joyda turgan bo’lishlari kerak.Shunda Imom Abu Dovud bir qayiqni 3 dirhamga kira qilib, kemaga borib, haligi aksa urgan odamga "Yarhamukalloh” deb qaytgan ekanlar.Abu Dovud aytadilar: "Shunga qulog’imga bir nido eshitildi: Ey Abu Dovud, 3 dirhamga jannatni sotib olding.”

SOBIRBEKNING SEVGISI .....(EX SEVGI)

Mastlik o'lsin, sezmaydi. Qachon nima qilganin. Avliyoxam bilmaydi.  Bu alkashni bilganin. Aslida bizni Sobir. Kotta bir ximik bo'lgan. Adashib moddalarda. Kegin enasin ko'rgan. Kashfiyotlar qilib-qilib. Sevgiga topgan davo. Davoni sharob bilib. Mast yuradi doimo. Aytishicha mast bo'lsa.  Sevgi esdan chiqarmish. ...

Jumbok 6 qism

Jafar kimorvozlardi yigib yahshilab Ahamyat berib karasa terak gruhidan Uchta kimorvoz tirik kolgan ekan Kimorvozlardan birini oldiga chakirib Nega aynan seni tudendagilardi uldiryapti Deb suragandi terak gruh boshligi bilmadim Deb......

Yosh qizning xatosi (Oramizdagi odamlar)

Assalomu alaykum qalbi keng saxovatli aziz yurtdoshlarim, sizlardan iltimos faqat tög'ri tushunasizlar va maslaxat yordamlarizni ayamaysizlar degan umiddaman, eng yaqin dugonam döstimga tög'ri maslaxat beringizlar. Guli oilasida 2 qiz, 1 opasi 1 akasi, va singlisi bor, ular bir vaqtlar baxtli oila edilar, 2004 yil guli boshidan murakab jarohlikni...

Ikki Sevishgan

O'tkan zamonlarning brida bir gozal va jozibali qiz bolgan ekan u qizga bir oq kongili mexribon yigit oshiq bolipdi qiz xam bolani yoqtirip qolipdi oradan yilar o'ti ayni yoz chilasi ikki sevishganlar kata suv xavzasi yonidan o'tishardi shu payt qizning xayoliga ; ilxom akam meni rostan xam sevarmikin o'zi sinap korish kerak dep xudi tasodifan...

Ibratli xikoya

Bir ayolning eri vafot etdi. Ikki qizi yetim qoldi. Bu musibat sabab faqirlik, muxtojlik uning boshi uzra aylana boshladi. Uyning egasi ijara xaqqini so'rar, dilbandlarining ochlikdan sillasi qurib borardi. Mablag' yo'qligi tufayli uydan chiqarib yuborildi. Xar hil gap so'zlar - u, yomonlarning zararidan qochib, begona shaxarga ketdi......

HO'KIZ MONOLOGI (hajviya)

Ordona qolgan oqibat Akammisan, ukammisan, kim bo'lsangam meni tanivol! Men Ho'kizboy Torg'il o'g'li Suyarqulov bo'laman. Avlodlarimiz o'sha kiroyi ho'kizlardan bo'lishgan. Bobomning bobosimi, yo bobosining bobosimi, allambalo zotlardan bo'lishgan ekan. Zotimiz o'sha kattakon zotlardan ekan. Olaxon momom gapirib bergan. Momom rahmatli meni ne...

BORINGIZGA ShUKR, OTA!..

Ko'chada o'tinchi, uyda sulton Qadimda bir o'tinchi bo'lgan ekan. U tog'lardan o'tin terib kelib, shaharda sotib, xotini va o'g'illarini boqardi. O'g'illar esa o'tinchining farzandi ekanligidan or qilishardi. «Otamiz o'tinchi», deb birovga aytisholmasdi. ...

Bahillik horlik keltiradi

Xikoya qilinishicha, er va hotin tovuq go'shtidan tayyorlangan taomni yeb o'tirishganda, to'satdan eshik taqillab qolibdi......

U sobiq xotini bilan topishib oldi, men esa befarzandman...

— To`rt yil avval sovchilar orqali turmushga chiqdim. Lekin turmush o`rtog`im bilan o`rtamizda mehr uyg`onmadi, farzandli ham bo`la olmadik va qaynonamning qistovlari bilan uch yil yashab, ajrashdik. Bir muddat o`tgach, oilasidan ajrashgan insondan sovchi keldi, rozilik bildirdim. Bu inson bilan atigi uch oy yashadik,...

Fazilatli ona

Hali uch yoshga to‘lmagan qizcha onasining orqasidan kiyimini tortqilab: - Oyijon, bugun Jannatda qasr qurmaymizmi? deb qoldi. Menimcha yanglish eshitdim shekilli dediim....

Fikr qo'shish