Izlayman...

Izlayman...
Izlayman...


Telba ekan devona yurak,
Bu devona kimga ham kerak?
Ohlarim eshitolmas o'zimdan bo'lak,
Tentirab ko'chada dardkash izlayman.
O'ynoqi shabboda kular ustimdan,
Bir paytlar noligandim do'stimdan.
Endi ayrodaman hatto juftimdan,
Esgan shamollardan dilkash izlayman.


Qo'l cho'zadi meni yenggan taqdir,
Intilsam siltab ustimdan kular.
Men ham yashayapman hayotman axir,
Misradan o'zimga mazmun izlayman.
Ko'p ekan omading, molingga do'stlar,
Seni maqtashadi bir seni so'zlar.
Omad ketsa ustingdan bo'xtonlar so'zlar,
Yomonlardan yaxshilikni izlayman.




Yuragim halovat topolganida,
Menga ham orzular yetolganida,
Kimlardir qo'limdan tutolganida,
Ertaklar ichidan hayol izlayman.
Zerikdim, tentirab daydishdan ne naf?
Men ham tirik insonman axir.

Menga o'xshar daraxtdan uzilgan bir barg,
Kuzning hazonlaridan bahor.
Egnimda kir ko'ylak, yoqasi yirtiq,
Oyog'im toshlardan panoh so'raydi.
Yotsam yer yumshoqdir bosh tanam qattiq,
Ochiq qabrlardan yotoq izlayman.




Ko'zlarim jovdirar qo'lim qavargan,
Ko'nglimda xatodan qolgan hotira.
Yuzimdan rang o'chib, sochim oqargan,
Oqargan sochimdan qaro izlayman.
Sahrolar cheksiz-u, tubsiz daryolar,
Ba'zida shuncha keng yo'lga sig'mayman.
O'tarmi soatlar, o'tarmi yillar,
Osmonlar ustidan yerni izlayman.
Shunday baxtiyorman, kapalak do'stim,
Anhorlar manzilim, chaqmoqdir so'zim.
Osmon onamdir, emasman yetim,
Tabiat qo'ynidan oilam izlayman.
Bahtiyor kunimga g'am kelar quvib,
Qalbim yig'lasa-da o'zim kulaman.
Devona ko'nglimni bo'lmaydi yengib,
Ortiqcha darmonga dardim izlayman.
Qayerda xavf bo'lsa, o'sha yerdaman,
Nokas dunyodan ketish istayman.
Umrim tugamagan buni bilsam ham,
Xatolar ichidan ajal izlayman.
Gar o'lsam ne bo'lar, kim meni ko'mar?
Telba, deb matoga kim meni o'rar?
Jon bilan bu jasad shunchalar xor-ku,
Tashlandiq xilvatlardan o'zim izlayman.
Men soyadirman, men surat xolos,
Meni o'rab turgan bir hilqat xolos.
Ko'nglim pok, kiygan kiyimim iflos,
Eski matolardan kafan izlayman.
Kim meni taniydi, bormanmi o'zi?
Yonida tursam ham ko'rmaydi ko'zi.
Ko'zi tushganda ham jirkanar o'zi,
Nokaslar ichidan vafo izlayman.
Bosgan izimni ham qorlar yopadi,
Taqdir peshonaga qayda yozadi.
Telba ham izlasa imkon topadi,
Yolg'onchi dunyodan chin hayot izlayman.

Fazilatli ona

Hali uch yoshga to‘lmagan qizcha onasining orqasidan kiyimini tortqilab: - Oyijon, bugun Jannatda qasr qurmaymizmi? deb qoldi. Menimcha yanglish eshitdim shekilli dediim....

Axdga vafo

Umar ibn Al-Xattob davrlarida u kishining xuzurlariga uch kishi miskin bir yigit bilan kirib shunday deyishdi: - Ey, mo'minlar amiri, mana bu yigitdan biz uchun qasos olishingizni so'raymiz, sababi bu inson bizni otamizni o'ldirdi......

BOLALIGIMGA MAKTUB….

Qadirli bolaligim! Ushbu maktubni senga 30 yoshga yaqinlashayotgan va xayotdan zavq olib yashayotgan payitimda yozmoqdaman. Quyidagi so‘zlarimni o‘zinga maslaxatsifatida qabul qilasan degan umiddaman....

SINOV

Bahrom yoshligidan aqlli bola bo‘lib ulg‘aydi. U huquq sohasiga qiziqar, sud ishi bilan bog‘liq kinolarni miriqib tomosha qilardi. Maktabni a’lo baholar bilan tugatgach, oliy o‘quv yurtiga imtihon topshirish maqsadida poytaxtga yo‘l oldi. Kirish anchagina qiyin bo‘lsa ham yaxshi niyat bilan Yuridik institutiga hujjat topshirdi. Nihoyat niyatiga...

BU YO'LLAR… (Hikoya)

Dovud G'oziy Benli 1965 yil Germaniyada tug'ilgan. Ilohiyotshunoslik va xalqaro munosabatlar fakultetlarida tahsil olgan. Ayni paytda Turkiya Respublikasining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisining matbuot maslahatchisi, Turkiya Yozuvchilar uyushmasi a'zosi....

RAMAZON RO'ZASIGA BERILADIGAN MUKOFOTNI BILASIZMI?

RAMAZON RO'ZASIGA BERILADIGAN MUKOFOTNI BILASIZMI? Nazr ibn Shaybon raxmatulloxi alayxdan rivoyat qilinadi: «Abu Salama ibn Abdurraxmonga: «Ramazon oyi xaqida sen otangdan, otang Rasulullox sollalloxu alayxi vasallamdan bevosita eshitgan narsani gapirib ber», dedim. «Yahshi. Otam menga shunday degan: «Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam: «Allox...

14 KUNLIK KELIN....Singilchani xayoti

Man hali 18 yoshgayam to’lmagan edim. Hech qayerda o’qimasdim uyda o’tirardim maqtanish emasu chiroyli, odobli qiz bo’lganim uchun uyimizga sovchilar yog’ilib kelardi.  Birinchi iyul kuni dugonamni to’yiga bordim. Sochlarim nihoyatda uzun edi. Hamma uzun socharimu qosh ko’zimga haridor bo’lardi.......

Uch vasiyat

Luqmoni xakim o'limidan oldin o'g'liga uch vasiyat qildi: birinchisi – zinxor hotiningga siringni aytma, ikkinchisi – boylikka yangi etishgan nokasdan qarz olma, uchinchisi – mirshab bilan do'st tutinma......

OQIL ER

OQIL  ER Erta tong bilan er barvaqt uyg'onib, har doimgidek ayoli bilan nonushta qildi. Kiyimlarini kiyib, ishga otlanayotgan er yozuv honasiga kalitlarini olish uchun kirsa, yozuv stoli va komp'yuter jihozini chang bilan qoplanib ketganini ko'rib, sekingina honadan chiqib ketibdi....

Gulgina

Oysha kampir bolaligini yaxshi eslaydi. Hov anovi Shovuz togʻ etagidagi barloslarning Yona yurti – Sarkentida yashardi. Toshdan orasiga loy qoʻyib, panjakash qilib suvalgan pastmakkina, archa balorli uylar, shundoqqina uylar yonida ulardan-da pastmak qilib yasalgan qoʻy qoʻtonlaridan shiptir hidi anqib yotardi. Kigiz oʻtov esa har xonadonda bor....

Fikr qo'shish