Asl baxt nimaligini bilasizmi?


Salom hurmatli saytdoshlar. Sizlarga o'z hayot yo'limdan ozgina hikoya qilmoqchiman. Hali maslahat berish yoshida bo'lmasam-da, o'zimdan 8-10 yosh kichik yoshlar xulosa chiqarib olsalar bo'ladi.
Oilada uch o'g'ildan keyin tug'ilganman. Akalarim meni juda yaxshi ko'rishar, doim himoya qilib yurishardi. Maktabni tugatib tibbiyot kollejiga o'qishga kirdim. 2-kursligimdayoq ikki akam bo'lishiga qaramay, uyimizga sovchilar kela boshladi. Ota-onam "Qizim o'qisin, ishlasin" deb sovchilarni qaytarishardi. O'zimni ham hali turmushga chiqish niyatim yo'q edi.
O'qishni tugatib ishga joylashdim. Bu orada akalarim uylanishdi. Qo'shni qishloqdan bir yigit men ishlaydigan shifoxonaga davolanib chiqdi va meni ko'rib sevib qolibdi. 2-3 oy ortimdan yurib ko'nglimni topdi. Uyimizga ota-onasini yubordi. Onamga ko'nglim borligini aytdim. Akalarim eshitib "bermaymiz, akasi qamalgan, otasi alkash, o'zini ham ishini tayini yo'q" deyishdi. Yig'lab-yolvorishlarim foyda bermadi. Yigit bilan uchrashib, vaziyatni tushuntirdim. U menga "yur sani uzoq-uzoqlarga olib ketaman" dedi. Har qancha sevsamda men bu ishni qilolmasdim. Ota-onam va akalarim sha'nini o'yladim.
Aziz singiljonlar, to'rt kunlik o'tkinchi havasni deb, ota-onangiz obro'sini to'kmang! Asl baxt ota-ona roziligi!