"Sevgi so'zlarda emas, qalbda yashaydi!"

"Sevgi so'zlarda emas, qalbda yashaydi!"
"Sevgi so'zlarda emas, qalbda yashaydi!"


- Boshqa mahallada yashaydigan yigit bilan bir-birimizga ko'ngil qo'ygan edik. Ammo kollejni bitirishim bilan ota-onam meni tanishlarining o'g'liga majburlab uzatdi. Boshqa yigitni sevishimni aytganimda, na onam, na dadam va na akalarim "Bu bechorada ham ko'ngil bor, axir", deya so'zlarimga quloq solishdi.
Aksincha, "U yigitning oilasi yaxshi emas, dadasi ko'p ichadi. Akasi qimorboz", deya hammalari bir ovozdan qarshi chiqdi. To'ydan oldin bir marta uydagilardan yashirincha ko'ngil qo'ygan yigitim bilan uchrashdim. Bechora juda xafa edi. Xayrlashayotganimizda "Unutma, mendek seni hech kim sevolmaydi", dedi. Yig'lab yubordim.
To'y o'tdi. Erim bilan ko'ngil qo'yib turmush qurmaganimiz uchunmi bir-birimizga befarqmiz, hayot shu ekan, deb shunchaki yashayapmiz, xolos. Lekin hamon uni unutolmay yashayapman. U to'g'ri aytgan ekan. Haqiqatan ham, endi meni hech kim uningdek sevolmas ekan, afsus. Ota-ona roziligi deb muhabbatimni yo'qotdim. Uni eslaganimda uydan bosh olib ketgim keladi. Yoki shunday qilsammikin, nima deysiz?

DilnozaFag'ona viloyati
- Bu xato ekanligini ich-ichingizdan o'zingiz ham his qilib turibsiz. To'g'ri, haqiqiy muhabbat uchun kurashsa arziydi. Lekin siz allaqachon maydonni tashlab ketgan odamsiz. Endi ming chiransangiz-da, orqaga qaytolmaysiz. Agar shunday qilganingizda ham dog' tushgan muhabbatingiz bilan uzoqqa borolmaysiz. Inson o'z tanlagani bilan baxtli bo'lishga ko'zi yetsa, uni hech narsa to'xtatib qololmaydi. Aksincha, har qanday to'siqlarni yengib o'tishga o'zida mardonavor kuch topadi. Nima qilish lozim bo'lsa, to'ydan oldin bo'lishi kerak edi. Endi vaqt g'ildiragini ortga qaytarolmaysiz. Shu bois hozirgi hayotingizni gulzorga aylantirishga harakat qiling. "Endi hech kim sevolmaydi uningdek" deb o'tirsangiz, hozirgi baxtingizni ham boy berib qo'yasiz. Eringiz sevmasa, sevdiring, e'tibor bermasa, diqqatini tortishga harakat qiling. Axir ezgulik yo'lida qilingan har qanday harakat bir kun natija berishi aniq. Siz qalbingizda sovuq muhit yaratib olganingiz uchun ham eringiz siz tomon talpinmayotgandir, balki. Maslahatimiz, o'tkinchi sevgini unutishga harakat qiling, bor mehringizni oilangizga qarating.
Hazon

Bolalaringizga o'qib bering: “NOShUD AYIQ”

Deqqonning arava do'g'asin yasabYaxshigina pulga sotishin ko'rib,(Bu ish chidam, hunar etadi talab)Ayiq ham bu ishga go'yo qo'l uribYashamoqchi bo'ldi, qarang, bir zamon. Qasiru qusurga to'ldi-ku o'rmon.Qancha daraxtlarni qilsa-da nobudAyiqvoy noshud –Uddalay olmadi deqqon hunarin. Maslahat olay deb keldi u sarp:«Sabab nimaykin, bilmadim,...

Musofirlar taqdiri.... (3 qism)

“Yakshanba kuni xam notinch o'tadigan ko'rinadi, biror chora topish kerak, ex xayvon, meni shuncha tashvishga qo'yib ketding. Bular meni atayin yashirayabdi deb do'pposlab yuribdiya”....Tonggacha uhlolmay chiqdi. Kechagilar yana kelishdi. Yana o'sha manzara......

TANISH KABUTARLAR

Yomg‘irli kunlar uzayib ketdi. Bahor oyi boshlangan bo‘lsa-da, qishning qahri kesilmagandi. Bog‘dan eshitilib turadigan qushlarning ovozi ham siyraklandi. Sakkizinchi qavatning oynavand ayvoni raxiga qo‘ngan bir-ikki qush to‘kilgan non ushoqlarini tez-tez cho‘qilaydi-da, boshini yelkalari orasiga olib, xomush tortadi. — Jonivorlar yegulik...

Zarina ismli qiz maktubi asosida

Men opamning taqdirini aytib bermoqchiman. Bu xuddi qörqinchli tushga öxshaydi. Opam bir yigit bilann bir-birlarini qattiq sevishardi. Yigit opamni bir zum ham yolg'iz qoldirgisi kelmasdi....

Hazonli kunlar. Tuzoq... 2-qism

Sarvihon qaynonasining zaxarhanda gaplaridan alamini ko'z yoshlaridan oldi va o'ziga kelib, kelinlik yumushlarini bajarish maqsadida xovliga chiqdi. Oshhona sari yo'l olar ekan, xovliga kimdir kirib kelayotganiga ko'zi tushdi. Bu Qumri amma edi, aslida, Sarvihonni topgan mana shu Qumri amma edi......

Hasan Basriy hazratlarining huzurlariga bir kishi kelib:

– Ey imom! Mening bir qizim bor, kecha-yu kunduz yig‘lab ko‘zlari ko‘r bo‘ldi. Bir kelib bunga bir chora ko‘rsangiz – dedi. Hasan Basriy hazratlari rozi bo‘ldilar va keldilar. So‘ng qizga: – Qizim, nimaga yig‘layapsan?...

«Usmoniylar imperiyasi tarixi» turkumidan: «USMONIYLARNING 280 KANIZAKNI SUVGA ChO'KTIRGAN ShOHI…»

Mantiqan olganda, aql-hushi joyida odam bu ishni qilmaydi. Endi usmoniylar tarixiga yana bir karra nazar solsak. Bu imperiyani aqlan zaif shohlar ham boshqargan. Masalan, «Muhtasham yuz yil» teleserialida ham Mustafo hazratlari faoliyatiga keng o'rin berilgan. U ham o'limini kutish, jallodlar kirib kelib bo'yniga ipak arqon solishlaridan qo'rqish...

Ibratli vokea

Bir yigit yosh qizga uylanibdi. Urfga ko'ra yigit do'stlarini uyiga chaqirib mexmon qilmoqchi bo'ladi. U bozordan......

Uyingizdan shaytonni qanday qilib xaydaysiz?

Uyingizdan shaytonni qanday qilib xaydaysiz? Jobir roziyalloxu anxudan rivoyat qilinadi: «Rasulullox sollalloxu alayxi vasallamning shunday deganlarini eshitganman: «Kishi uyiga kirayotganida va taom paytida Allox taoloni zikr qilsa, shayton sheriklariga: «Endi sizlarga yotoq xam, ovqat xam yo'q», deydi. Kishi uyiga kirayotganida Allox taoloni...

Hikoya: Huvillab qolgan dunyo

Ba'zan ismimga e'tiroz bildirishadi. Xudoning ismi, oldiga Abdul qo'shib aytgin, deyishadi. Biroq menga bu ism boshqa maqsadda berilgan. Yetti oyda tug'ilganim uchun shifoxonada menga «Hech qancha yashamaydi, o'ladi», deb tashxis qo'yishgan. Hatto «Mehringiz tushib qolsa, bir umr unutolmay, iztirob chekib yashaysiz», deya otam qarindoshlariga meni...

Fikr qo'shish