Uzatilgan qiz (Hikoya) Tavsiya etamiz

Uzatilgan qiz (Hikoya) Tavsiya etamiz
Uzatilgan qiz (Hikoya) Tavsiya etamiz


Nazira tez-tez soatiga qarab 
qo’yar, yuragi xovliqardi. 
Kichkintoylar esa bog’cha 
opasining yuz-ko’zlaridagi 
shoshqinlikni tushunmas, maza 
qilib o’ynashar edi. Ota-onalar 
ham bolalarining ko’ngliga 
qarab: 
– Bo’ldi, endi charchadilaring, 
bayram tugadi, uyga keta 
qolaylik, – demasdi. 
Bog’cha hovlisida sharlar uchadi, 
musiqa jaranglaydi, bolakaylar 
qiyqirishadi… 
"Hozir diplom yoqlab chiqsa… 
hamma dugonalarining ota- 
onalari guldastalar ko’tarib kutib 
turishgan bo’lsa… Madinam 
o’ksib qolarmikan?Axir, avvallari 
oddiy imtihonlarda ham gul 
ko’tarib borardim… "Turmushga 
berdi-yu, onam 
shundayshodiyona kunim – 
diplom yoqlaganimda ham 
kelmadi”, deb ko’ngli qabaradi- 
da endi”… 
Bu xayol Naziraga tinchlik 
bermayotgan bo’lsa-da, ishini 
tashlab keta olmasdi. Ertalab eri: 
– Madinaga bora olarmikansan? 
– deb so’raganida: 
– Albatta, bolalar bilan birpas 
darang-durung qilsak bas-da, 
keyin bo’shman, – degandi. 
Bu gapidan so’ng eri ham bir 
dunyo ishni rejalashtirgandir. 
…Xullas, bolalarni tarqatguncha 
Naziraning bir xayoli qizida 
bo’ldi. Ishini yakunlagach, ming 
istihola bilan qiziga qo’ng’iroq 
qildi. Nazarida, Madina 
universitet xiyobonining bir 
burchagida yig’lab o’tirgandek 
edi. 
– Qizim… 
– Opajon… – Madinaning 
ovozidagi jarang Naziraning 
gursillab urayotgan yuragiga sal 
taskin berdi. – Meni tabriklang, 
diplomimni "a’lo”ga himoya 
qildim. Ustozimiz: 
– Ota-onangga rahmat, qizim, – 
dedi.Adajonimga yetkazib 
qo’ying. 
– Hozir qaerdasan? Bormoqchi 
edim.. 
– Yo’q, yo’q, ovora bo’lmang, 

opajon. Oyijonim, dadajonim, 
kuyovingiz hammasi shu yerda… 
Siz charchagansiz… O’zingizga 
qarang. 
– Ha, shunaqami? Qudalarimga 
salom de! Rahmat ayt ularga… 
Nazira telefon tugmasini bosdi. 
"Ularborishibdi…”, deya 
shivirladi, lekin ko’ziga "duv- 
duv” yosh keldi. 
Ishdan qaytar ekan, ichidagi 
hissiyotlarni o’zi tushunmasdi. 
"Xursand bo’lishim kerak, yolg’iz 
qolmabdi. To’ydan atigi bir oy 
o’tdi. Bir oyda qadr topibdi”, 
derdi-yu, ichida bir o’ksinish 
kezinar, aziz bir narsasidan 
ayrilgandek bo’shashib, 
darmonsizlanar edi. Uyiga kelib, 
Madinaning xonasiga kirdi. 
Divaniga o’tirib, suyanchiqlarini 
siladi. Yaqindagina qizini ertalab 
uyg’otgani kirardi: 
– Tur, qizim, o’qishga kech 
qolasan, –derdi. Madina yuziga 
kitobni yopib, sochlari to’zg’ib 
uxlab yotardi. 
– Yana… besh daqiqa, oyi, atigi 
besh daqiqa, – deb ko’zini 
ocholmasdi. 
– E, xudoyim, erta-indin 
birovning eshigiga borasan. 
Sahar turib, hovli supurishning, 
nonushta tayorlashing kerak. Bu 
yotishing bo’lsa, ikki haftada olib 
kelib tashlashadi, – deya 
jig’ibiyron bo’lar, Madina: 
– Hozir uxlab olaveray-chi, 
o’shanda bir gap bo’lar, – deya 
erkalanardi. Endi shu erkatoy 
qizi.. begonalarga qiz bo’ldimi? 
– Ha, opa, buncha bo’shashib 
o’tiribsiz? 
Qancha yig’ladi, ovundi, o’g’li 
Umidjon o’qishdan qaytgach, 
uning ovozidan xayol to’rlari 
uzildi. 
– Opang… 
– Ha, "a’lo”ga yoqlabdi, 
tabrikladim. 
– Birrov borib kelsakmikin, har 
holda, hayotida katta voqea ro’y 
berdi. Ataganimiz bor edi, – dedi 
Nazira. 
– E, nima qilasiz, o’z holiga 
qo’ying! Yaqinda pochchamning 
tug’ilgan kuni ekan, borarmiz, – 
dedi Umidjon. 
"Yo’q, Madina kutadi. Shunday 
kunida onasini kutmasligi 
mumkinmi?” Nazira o’g’lining 
"hay-hay”lashiga qaramay, 
oshxonaga kirib pishir-kuydirni 
boshlab yubordi. Hafsala bilan 
qilinayotgan tayyorgarlik 
nihoyasigayetgach: 
– Umidjon, meni taksiga kuzatib 
qo’y! – dedi. 
– Opa, avval qo’ng’iroq qiling! 
– Nima, o’z qizimni yo’qlashga 
ham ruxsat so’raymanmi? Sen 
bola rosa dangasa bo’libsan, 
o’zim ketaveraman bo’lmasa! 
Nazira shunday dedi-yu, yana… 
qo’ng’iroq qildi. Musiqa, 
shovqin… 
– Madina, uydamisizlar? 
– Yo’q, opa, kuyovingiz bilan 
himoyamni yuvyapmiz. Oyijon, 
dadajonlarim "Rosa 
charchadingiz, bolam, avval to’y, 
so’ng imtihonlar, himoya, bir 
yayrab o’tiringlar”, deyishdi… 
Madina baqirib gapirar edi. 
– Mayli, bolam… yaxshi 
o’tiringlar! 
Naziraning tomog’iga nimadir 
tiqilgandek bo’ldi. Oshxonaning 
issig’ini endi sezgandek edi. 
Derazalarni ochib tashladi. 
– Ha, opa, yuring, kiyinib 
chiqdim, – dedi Umidjon. 
– Bormas ekanmiz… – Zo’rg’a 
o’zini bosib gapirdi Nazira. – 
Kafeda ekan pochchang bilan… 
– Aytdim-ku sizga… Yoshlarga 
shon-sharaflar… Iya, opa, sizga 
nima bo’ldi? Yig’layapsizmi? 
Arazladingizmi? Yuring, o’zim 
aylantirib kelaman… 
Nazira o’g’liga suyanib baralla 
yig’lab yubordi. 
– Ana xolos, o’zingiz "Tezroq shu 
qizimni egasiga topshirib, tinsam 
edi”, derdingiz-ku. Endi egasida 
tinsa… qizg’anyapsizmi? 
Nazira nima deyishini bilmasdi. 
O’qitdi, shu qiz uchun yelib- 
yugurdi, o’zini unutdi, endi shu 
ekan-da… 
– Yo’q, borgan joyida tinsin, 
o’shalarga yulduzini issiq 
ko’rsatsin Xudoyim… Men… 
shunchaki… 
Nazira "hiq-hiq”lab zo’rg’a 
gapirdi. 
– Bu – boshqa gap, opa! Keling, 
ikkovimiz maza qilib 
ovqatlanamiz. "Birovning 
nasibasini birov yeya olmaydi”, 
degan mashoyixlar. 
Pishirganingiz – o’zimizning 
nasiba ekan! 
Umidjonning ovozi uyni to’ldirdi. 
Nazira ko’zida yosh bilan 
jilmaydi.

Abdullaxon II kim boʻlgan?

Yaqinda hamma narsaga qiziqaveradigan oʻgʻlim Bunyodbek, "Oqchopsoy suv inshootini nega "Abdullaxon bandi” deyishadi? Abdullaxon oʻzi kim boʻlgan?" deb soʻrab qoldi. Oʻylanib qoldim. Tabiiyki, u bu savollarga darsliklardan javob topolmaydi. Bizga ham oʻqitishmagan. Buning ustiga yaqinda u "Ertugʻrul" nomli turk serialini koʻrib, Jaloliddin...

Oqila ayol

Bir erkak uyiga charchab XAFA holda kirib keldi. Ayoli salom berib tabassum bilan kutib olib : ~ Ha begim, nega MAXZUNsiz nima bo'ldi.?......

Solix farzand

Xar birimiz farzandimiz solix bo'lishini orzu qilamiz. Bunga erishish uchun ancha ter to'kish kerak ekan. Avvalo ota sifatida o'zimiz solix bo'lishga xarakat qilishimiz kerak. Ya'ni farzanimizga saloxiyatda o'rnak bo'lishimiz lozim. Chunki farzand eshitganidan ko'ra, ko'rganiga ko'proq ergashadi. Bu xaqida ko'p voqealarni eshitganmiz. Bir...

Begona qo'ng'iroq

Kunlarning birida begona telefon raqamidan qo'ng'iroq bo'ldi, go'shakni ko'targanimda narigi tarafdan: -Dada, men sizni qattiq sog'indim, juda qattiq sog'indim, tezroq kelsangizchi. Dada! - degan kichkina qizbolaning umidli, mahzun......

"Chandiq detektiv - Sarguzasht

Barzangi bola bechorani xona chetidagi suv to'la xum yoniga sudradi.Sochida tutib kallasini suvga tiqib azoblardi.Bola bechora baqirmoqchi bo'lar,kimlarnidir yordamga chaqirardi.Lekin natija bo'lmasdi.Chamasi 16yoshlardagi bu bola hushidan ketdi.So'ng barzangi uni yog'och kravotga yotqizib,kamerga beso'naqay jilmaydi....

Muqaddas Ramazondagi duoning ijobati

Muqaddas Ramazondagi duoning ijobati O'tgan yili Ramazon oyida jazirama yoz kunlari xar kuni qishloqdan shaxarga — ishga qatnashda issiq va xolsizlikdan tinkasi qurirdi. Kechqurun iftorlikka yaqin oyoqlarini sudrab uyga kirib borar, bir qultum suv bilan og'iz ochar-ochmas ko'zi ilinardi. Yana ikki maxalla naridagi masjidga tarovex namoziga...

JANNATNING EShIKLARI OChILUR...

JANNATNING  EShIKLARI  OChILUR...          Abu xurayra (r.a)  va Abu Sa'id (r.a)dan rivoyat qilinadi, ikkovlari aytdilar:          «Bir kuni Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam bizlarga hutba qilib:         «Jonim qo'lida bo'lgan Zot bilan qasamki» deb uch marta aytdilar. Keyin boshlarini quyi solib turaverdilar, turaverdilar...        ...

Safardagi xodisa

Bir yigit bemor yotgan qarindoshining xolidan habar olish maqsadida yo'lga chiqibdi. Qo'lida ikkita non, meva-chevasi bor. Birmaxal,tutzor bo'ylab sekin ketayotganida tut tagida yig'lab o'tirgan bir kimsaga ko'zi tushibdi......

HO'KIZ MONOLOGI… (hajviya)

Ordona qolgan oqibat Akammisan, ukammisan, kim bo'lsangam meni tanivol! Men Ho'kizboy Torg'il o'g'li Suyarqulov bo'laman. Avlodlarimiz o'sha kiroyi ho'kizlardan bo'lishgan. Bobomning bobosimi, yo bobosining bobosimi, allambalo zotlardan bo'lishgan ekan. Zotimiz o'sha kattakon zotlardan ekan. Olaxon momom gapirib bergan. Momom rahmatli meni ne...

Ikki o't orasida.. (Voqea real xayotdan olingan)

Raxima telefon go'shagini joyiga qo'ydi-da, bo'shashgancha divanga o'tirib qoldi. Sal narida olti yashar o'g'li Adxam xayron boqib turar, na onasiga yaqin kelishni, na tashqariga chiqib ketishni bilmay arosatda edi......

Fikr qo'shish