“Dod”lamagan “Noqobil o‘gil” haqida

“Dod”lamagan “Noqobil o‘gil” haqida
“Dod”lamagan “Noqobil o‘gil” haqida


Kunlarning birida eng yaqin do‘stlarimdan birining otasi olamdan o‘tdi. Janaza bo‘ldi, tumonot odam yig‘ildi. Do‘stimning oilasi tumandagi mashhur oilalardan biri ekanligi sababli yig‘inda ko‘plab kishilarni uchratish mumkin edi.  Mahallada taziyada qatnashmagan odam qolmadi. Hamma-hamma o‘sha joyda to‘plangan edi. Otasini tuproqqa topshirib qaytdik, do‘stimning uyiga borib bir oz suhbat qurmoqchi bo‘ldim. Sheriklarim har doim beriladigan an’anaviy savollarni berishdi, an’anaviy javoblarni olishib uy-uylariga tarqaldi. Birmuncha vaqt u bilan qolgim keldi. Gapirmadim, savollar bermadim, o‘tirdik, tamaki tutatdik.– Dadamning o‘limiga tayyor bo‘lib qoldim, ko‘z o‘ngimda so‘lib bordi, ko‘zidan nur ketayotganini ko‘rib turdimu hech narsa qila olmadim. Uch kun davomida muttasil salomatliklari ortga qarab ketdi. Toshkentdan do‘xtir kelishining hojati yo‘q deb turib olishdi. Qon bosimining yuqoriligidan miya tomirlari yorilib ketganmush.Shu gapni bazo‘r gapirdi-yu yana jimlik cho‘ki. "Bandachilik, sen nimayam qila olasan, hammasi Allohdan” degan gaplarni ichimda aytdim. Nimaga? Balki oldinroq aytganligim uchundir. Uyga qaytdim-u, kun davomida "O‘limga tayyor bo‘lib qolish” haqida o‘ylab yurdim. Nimagadir shu haqda o‘ylasam ko‘nglim g‘ashlanaverdi.– O‘rtog‘ingiz …. Unaqa emasdilar-a? – dabdurstdan berilgan savoldan esankirab qoldim.– Qanaqa?– Diydasi qattiq, bemehr?Shundagina mahallaning ayollari to‘planib janazada qatnashgan erlardan olgan informatsiyalarni o‘rtoqlashgani, kimning janazada yig‘lagani-yu, kimning kulgani, qancha odam kelgani, tobutni yelkaga olishganda qanday tartibsizlik yuzaga kelganligi ravshanlashdi. Sundagina do‘stim nima demoqchi bo‘lganligini tushunib yetgandek bo‘ldim. Shundagina shaxs haqidagi hukmni tushunib yetgandek bo‘ldim. Shunda hammasini angladim. Shunda qo‘limdagi piola devolga urilib chil-chil bo‘ldi, xotinning og‘zi yarim ochig‘ligicha qoldi.

Buvimni tuproqqa qoyayotganimiz ko‘z o‘ngimda gavdalandi, hamma yig‘lagan, ayollar dod solgan, nevaralar "Voy enam”lagan. Ko‘zimda jiqqa yoshu, negadir baqira olmayman. Nevaralar safidan chiqib ayvon ustuniga suyanib turaman, kimdir qator oldiga surib olib o‘tadi, tandirxonadan oldinga surib olib kelishadi, o‘tinxonadan. Gapira olmayman ham, bo‘g‘zimda nimadir tiqiladi. Buvimni olib chiqishdi, asta tobut yoniga yaqinlashib qo‘limni tekkizdim-u yosh boladek ho‘ngrab yubordim. Bu voqeadan ancha o‘tib yana bugun bo‘g‘zimga nimadir tiqilib turibdi. Ehtimol o‘shanda "Voy enam”lab dod solmaganim uchundir, ehtimol meni ham uni hozirgacha sog‘inishimga, katta yigit bo‘lib qolgan vaqtlarimda ham tizzalariga bosh qo‘yib uxlashimga, peshonamni soatlab silab o‘tirgan qo‘llarini qo‘msashimga qaramasdan "Bemehr” deb xulosa qilishganini bugun anglab qolganim uchundir. Ehtimol do‘stimni eng yaxshi farzand bo‘lishiga qaramasdan jamiyat (bugun u janazadagi "Dod”lamagan "Noqobil o‘gil” haqida uyga habar keltirgan erkaklar va bu habarni muhokama qilgan ayollardan iborat) "Bemehr” deb xulosa qilganligidandir. 

Kalit nega eshikni ochmayapti?

Bu voqea 1979 yilda yuz bergandi. O'n to'rt yoshlarda edim. Onam ko'chada kalitni yo'qotib uyga kelibdilar. Kalitning bir nushasi otamda edi. Otam bozorda savdogarlik qilardilar. Men bir yugurishda bozorga borib otamdan kalit nushasini olib, kalit yasovchi usta aqlli amakiga olib borib nusha yasattirib uyga chopishim kerak edi. Nega "Aqlli amaki”...

Aktam va men...

Aktam va men bolaligimizdan ulg'aygunimizga qadar bir - birimizga dushmanlardek edik. Onam raxmatli: - Bolalarim, sizlar qondoshsizlar. Boshqalar sizlarga mexribon ko'ringani bilan, aka - ukangizdek bo'lishmaydi! - deb takror - takror aytardilar......

Oddiylik holati

Insonlar uchun ikkita holat bor, kulish va hafa bo'lish, aslida esa ular uchta, kulish, oddiylik, va hafa bo'lish, oddiylik holati haqida, siz oynaga qarab oddiy qarab turing, ko'proq hafa bo'lganga o'xshaydi-ya? ana shu tomoni yomon, insonlar davrasida oddiy holatda gapirmasdan tursang ular seni albatta ahmoq va kuchsiz deb o'ylashadi, aslida...

Iftorlikkacha... (​Hayotiy voqea)

Beixtiyor tamshandi. Tili tanglayiga zulukdek yopishib, harakatsiz to`xtadi. Labini yalamoqchi bo`lgandi, og`ziga quruq, dag`al, qog`ozdek shiqirlagan narsa ilindi. Yutingandi, dimog`ida ham namlik sezmadi. «Kun bo`yi quyoshda yurdim, — o`yladi u go`sht bozoriga umid bilan kirayotganida. — Tinkam qurib ketganga...

Taqdir sinovlari

Ulugbek bilan Nargiza bir maxalada ulgayishgan. Ular yoshligidan bir birini pinxona sevishar lekin yurak yutib dilidagi hisiyotlarini oshkor etisha olishmasdi. Oradan yilar otib ikkasi ham ulgayib bir oliygohni talabasi bolish sharifiga yetishdi. Ular har kuni bir xil maxalda uydan chiqar, bir tranvayda oqishga borishar, kelishar hattoki bir xil...

Kunlarining birida...

Kunlarining birida...  Bir boy odam kambag'al odamga bir idishda achigan taomlarni beribdi. Kambag'al hursand bo'lib taom tula idishni uyiga olib kelibdi. Kambag'al idishni yuvib, toza kilib olib chiqibdi. Ichiga alvon gullardan tuldirib boyga uzatibdi.  Boy hayron kolib kambag'aldan nega bunday kilganini so'rabdi: «Senga aynigan taom tula idishni...

Miyamga ekstremistik g`oyalarni quyishganini kech tushunib etdim...

Sarlavhani o`qib ajablanyapsizmi? Ha, bu hayotda o`zi o`tirgan shoxga bolta urib, so`qir ko`zlari ochilganidan keyin afsus-nadomatdan boshini qaysi devorlarga urishni bilmay qolganlar ko`p. Ayniqsa, men qonunda belgilangan jazomni o`n sakkiz yildan beri o`tab kelayotgan mana shu muassasada shunday kimsalarni...

MERSEDES YoNIDAN TOPILGAN ChAQALOQ… (Voqea real hayotdan olingan)

Mustaqil hayotga yo'l Nozima tuni bilan ko'z yummadi. Bolalar uyidan ketayotgani uchun emas, bu maskandan chiqqach, holi ne kechishini o'ylab qayg'urdi. Go'dakligidan shu yerda o'sdi. Yeb-ichishdan, kiyim-kechakdan kamlik ko'rmadi. Mehribon tarbiyachilar uni oq yuvib, oq tarashdi....

Qiz, yigit va ota» hangomasi

Qobulda kitob sotadigan bir qiz do'koniga sevgilisi kelganini ko'radi. Shu payt qizning otasi ham yonida edi. Qiz sevgilisiga qarab otasi tushunmaydigan usulda so'z qotibdi: — Og'a, siz nemis yozuvchisi Yorg Danielning «Otang uydami?» kitobini olishga keldingiz shekilli-a? Yigit: — Yo'q, men ingliz yozuvchisi Tomas Munisning «Seni qaerda ko'rishim...

«Usmoniylar imperiyasi tarixi» turkumidan: «USMONIYLARNING 280 KANIZAKNI SUVGA ChO'KTIRGAN ShOHI…»

Mantiqan olganda, aql-hushi joyida odam bu ishni qilmaydi. Endi usmoniylar tarixiga yana bir karra nazar solsak. Bu imperiyani aqlan zaif shohlar ham boshqargan. Masalan, «Muhtasham yuz yil» teleserialida ham Mustafo hazratlari faoliyatiga keng o'rin berilgan. U ham o'limini kutish, jallodlar kirib kelib bo'yniga ipak arqon solishlaridan qo'rqish...

Fikr qo'shish