Onam

Onam

Oxirgi marta uyga, 22-fevralda telefon qilgan ekanman. 14 minutlik so’zlashuv davomida, otam, onam va yangamlar bilan gaplashgan edim. Aloqa sifatining yaxshi emasligidan, ayniqsa, onam bilan gaplashish rosa qiyin bo’ldi. Buning ustiga, tashqarida kuchli shamol shekilli, onam meni ovozimni eshitolmas edi. Qayta va qayta eshitmayapman deb takrorlardi. Men ichimda onamni aybladim, telefonda so’zlashishni bilmaslikda. O’zimcha qachon o’rganarkanlar gaplashishni deb achchig’im chiqardi.
Aloqa uzildi. Tashqaridagi ob-havo, aloqa sifatining yaxshi emasligiga shunchaki onamni ayblab qo’ydim. O’zimni zamonaviy o’g’il kabi his qilib, onamni hattoki telefonni qanday ishlatishni bilmaslikda aybladim, kamiga.
Shundan beri, men uyga telefon qilib tusha olmayman. Bir necha qarindoshlarimni  8, 21-mart bayram kunlari tabrikladim. Ulardan nega uyga qo’ng’iroq qilib tusha olmayotganim sabablarini so’rab ko’rdim. Ular bunday muammo yo’qligini aytishdi.
Bugun, 30 kun bo’ldi, bog’lana olmayman. Balkim, telefonning quvvati kamdir (elektr toki deyarli yoq), balki shamol attennani o’ynayotgandir (to’lqinni tuttirmay).
Balkim, Xudoyim meni jazolayotgandir.

Fikr qo'shish