BOLALIGIMGA MAKTUB….
Qadirli bolaligim!
Ushbu maktubni senga 30 yoshga yaqinlashayotgan va xayotdan zavq olib yashayotgan payitimda yozmoqdaman. Quyidagi so‘zlarimni o‘zinga maslaxatsifatida qabul qilasan degan umiddaman.
Eng avvalo yaqinlaringni qadirla. Noshukur bo’lma. Yurtinga sodiq inson sifatida voyaga yet.
Maktabda yanada yaxshi o‘qib, ilm ZIYOsini UZlashtirishda doimo xarakatda bo‘l. Kitob ko‘proq o‘qi… Albatta kamida 2-3 chet tillarini o‘rganishga intil, shunda menga o‘xshab qiynalib yurmisan.
O’zinga shunday chin do‘st topishga xarakat qilginki U kelajakda sening yaxshi va yomon kunlaringda yoningda tura olsin. Biror xunarni chuqur o‘rganishga xarakat qil… Qayerga borishningdan qat’iy nazar SHAYHontoxur yo‘lidan yur, u yo‘llar ancha tekis va ravon.
O’zing tengi qizlaga ko‘ngil berishdan extiyot bo‘l va xadeb ularni atrofida PARVONa bo‘lavurma, chunki sen uylanguninga qadar baribir ularning barchasi turmushga chiqib ketadi.
9 yoshingda senda futbolchi bo‘lishga bo‘lgan qiziqish paydo bo‘lishi mumkin, futbolga qatnashma baribir ayrim $abablarga ko’ra 10 oyda futbolga qatnashishdan voz kechishinga to‘g‘ri keladi. Sababi sen tug‘ulgan yildagi futbolchilar xozircha xech nimani eplay olishmayapti, o‘ylashimcha bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Lekin futbol ko‘rishda davom et. Paxtakor va Manchester Yunayted jamoasiga muxlisligingni saqlab qol. Chunki Paxtakor XALQ jamoasi…. Odiiy misol 14-15 yoshinda Paxtakor futbol jamoasida ishlagan odam xozir kATta lavozimga ko‘tarilib ketgan.
Xuquqshnos bo‘laman deb ham ovora bo‘lib yurma, birinchidan ko‘ngling juda bo‘sh, ikkinchidan buning uchun tug’ma iqtidor kerak. YURISTlaDAN ko‘p narsa o‘rgansen bo‘ladi.
Ukrainada bo‘layotgan voqealarga umuman ahamiyat berma…. O’z yo‘lingdan bor… Mana o’tgan yili poROSHENko Ukrainiga raxbar bo‘lishidan oldin kuniga ukrainlarga yordam sifatida to‘rtta-to‘rtta ROSHEN kanfetlarini olib yerdim, yomon bo‘lmadi… poROSHENko prezident, man esa allergiya bo’ldim. Xozir esa qo‘shnilarim hammasi xayron, nima fermer bo‘moqchimisan shuncha KETMON dastasini nima qilasan deyishvoti… xech qisi yoq ahamiyat bermiman ularga….
Senga aytadigan gapraim ko’p-u, lekin xotin ishdan keguncha ovqat qilishim kerak, aks holda yomon bo’ladi:), mayli yahshi qol… Qisqasi hayotda kim bo‘lishindan qattiy nazar yaxshi inson bo‘l…
Toshkent 23.03.2015 y. soat: 06.33
p.s. …bir narsa aytish esda chiqibti, Sochlaringga extiyot bo‘l, uylanmasindan oldin to‘kilib ketmasin ))).