Marinaning «oshiqlari»

Marinaning «oshiqlari»
Marinaning «oshiqlari»


Retsidivist Nikolay Redkin o‘zining navbatdagi muddatini umumiy tartibdagi koloniyada o‘tadi. Uning Permda yashovchi Marina ismli kelishgan tanishi bor edi. Nikolay uni o‘z qallig‘i deb hisoblar va amnistiyaga tushib, ozod bo‘lgach, uylanish uchun ayolnikiga borib, yangi hayotni boshlamoqchi edi. Biroq oxirgi vaqtlarda hech qanday tushuntirishlarsiz Marina Redkinning xatlarini javobsiz qoldira boshladi va uning muhabbatga to‘la maktublari koloniyaga ochilmagan holda qaytib kelardi. Nikolay Marina bilan kechirajak yangi baxtli hayoti haqidagi osmono‘par orzulari bilan xayrlashgach, uning o‘zi sirayam xohlamagan holda onasining yoniga, chekka va tashlandiq Liskovo qishlog‘iga qaytishdan o‘zga chorasi qolmadi. Biroq, afsuski, endi tanlab o‘tirishning sirayam iloji yo‘q edi. U vataniga kirib kelganida onaginasi boshi osmonga yetib qanchalik quvongan bo‘lsa, yurtdoshlari shunchalik ko‘p xafa bo‘lishdi. Qishloqda taniqli retsidivistning paydo bo‘lishi hammani xushyor torttirdi: yana uning xurmacha qiliqlari qo‘zib qolmasmikin?

Ammo Redkin hammani ajablantirib, o‘zini binoyidek tutdi. Uyining tomini tuzatdi, qishga o‘tin g‘amladi. Lekin keyinchalik zerikib qoldi. Biror bir shaharga borib, ish axtarib ko‘rmoqchi bo‘ldi.

Hali o‘g‘lining diydoriga to‘yib ulgurmagan ona ham uni to‘xtatib turmadi. U hatto o‘z o‘g‘lidan qo‘rqar, Kolyasi o‘zining nojo‘ya axloqini tuzatib, hamma oddiy odamlar qatori yashay olishiga ishonmasdi. Baribir u o‘g‘lini yaxshi niyatlar bilan kuzatdi.

Marosimga mahalliy uchastka vakili Atamanchikov ham tashrif buyurdi. Qo‘lbola aroqdan bir stakan otgan militsioner Nikolayning yoniga o‘tib o‘tirarkan, shunday dedi: «Qayoqni ko‘zlayotganingni bilaman. Qalliqcha kutib qoldi-da, a?»

Redkin militsionerga ikkinchi stakanni quyib uzatgach, Atamanchikov uning qallig‘i haqida qayoqdan bilishini aytib berdi. U Redkin ozodlikka chiqishidan yarim yil avval bu yerga bir qiz kelib, Nikolayni surishtirib yurganini hikoya qildi.

Ko‘hlikkina, jiddiy qiz edi u. Uchastka vakili uni aldab o‘tirishni xohlamadi va Nikolay haqidagi butun haqiqatni ro‘yi-rost to‘kib soldi. Redkinning jinoyat olamidagi tarjimai holi – zo‘rlash uchun birinchi qamalishi, mushtlashuv uchun ikkinchi va bosqinchilik uchun uchinchi qamoq muddatlari uni gangitib qo‘ydi.

O‘zi haqida bu gapdan g‘azablangan Redkin mast militsionerni uyidan tepib, haydab chiqardi va ertasi kuni ertalabdanoq manzilgohi o‘zida saqlanib qolgan Marinani izlash uchun jo‘nab ketdi.

BIR ETIKNING IKKI POYI

Nikolay Marina Urbantseva yashaydigan Gryazovetskiy posyolkasi sari ketayotib yo‘lda, poezdda qandaydir bir Gosha bilan tanishib qoldi. U bezorilik bo‘yicha o‘z muddatini o‘tab, shartli – muddatidan avval ozod etilgan va endi huddi Redkin ketayotgan tomonga borayotgan edi: Gryazovetskiy – uning vatani. Redkin qiziqsinib, «U yerda stantsiyadan Kalenovo ko‘chasigacha qancha bor?» – deb so‘radi. Goshaning aytishicha, bu ko‘cha bozorning orqasida joylashgan, piyoda ancha uzoq, agar avtobusda bo‘lsa, yigirma minutcha yurish kerak. U yo‘l-yo‘lakay Nikolayni o‘sha yoqqacha kuzatishga va’da berdi. Poezd ko‘zlangan manzilga erta saharlab yetib keldi. Ular darrov bozorga yetib borishdi. Qator oralab yurisharkan, Redkinning darhol rangi oqarib ketdi. U Marinani ko‘rgan edi. U qiz bilan hech qachon uchrashmagan, faqat uning fotosuratini ko‘rgan bo‘lsa-da, darrov tanidi. Bu — haqiqiy rus go‘zali aynan Marina edi.

images (26)

U chaqqonlik bilan cho‘chqa go‘shti sotardi. Redkin uzoqroqda turib Goshaning oldida maqtandi. ” Mana ko‘rib qo‘y, u meni qallig‘im bo‘ladi”, deb. "Ayoling puldor ko‘rinadi”, deya havas qildi Gosha. Uning o‘zi ham bunday ayolga uylanishga tap tortmasdi. Zonadan so‘ng to‘qroq hayot juda orziqtiradi odamni. Redkin darrov qallig‘ini bag‘riga bosishga shoshilmadi. Uning oldiga qanday borishni bilmay, ikkilanardi. Quruq qo‘l va cho‘ntak bilan ro‘baro‘ kelish barcha rejalarini puchga chiqarishi mumkin. Yo‘lini topish kerak.

Es-hushli Gosha darrov hammasini tushundi va yordam berishga va’da qildi. U uyiga shoshmas, uni hech kim kutmayotgan edi. Oyog‘ining ostidan esa qiziqarli bir ish chiqib turibdi. Ular qizga qanday murojaat etishga yo‘l izlashardi. Savdodagi uning sherigi – pidjak va kepka kiygan baquvvat erkak ularning e’tiborini o‘ziga tortdi. Marina go‘shtni tortib, gazetaga o‘rab berar, erkak kishi esa pulni sanab olib, cho‘ntagiga tiqardi. U qizga kim bo‘larkin? O‘ynash bo‘lmasdan nima bo‘lardi! Ularning hamma harakatlari huddi quyib qo‘yganday bir-birlariga juda mos tushardi. Axir shunday ayol ham tanholikda kun kechirishi mumkinmi?

Gosha Nikolayga qat’iyat bilan o‘z imkoniyatini sirayam qo‘ldan boy bermaslikni maslahat soldi. Ular hamma ishni raqibdan qutulishdan boshlashga qaror qilishdi. O‘sha erkak Marinaning oldidan ketadigan qulay fursatni kutishdi. Ko‘p o‘tmay, shunday fursat ham keldi. Sherigi Marinani qoldirib, hojatxona sari yo‘l oldi. Ular uning ortidan ergashishdi. Qorong‘u va chekka joyda orqasiga ikki musht egan go‘sht sotuvchi iflos polga quladi, qotillar esa darrov uning cho‘ntagini qoqlab, yarim soatdan so‘ng eng qimmat qovoqxonadan joy oldilar. Ular bir lahzada boyib ketganlari uchun endi pulni orqa-oldiga qaramay sarflashardi.


Biroq kutilmaganda ularning stoliga xunuk nazarli qandaydir bir kishi o‘tirdi va hojatxonada ro‘y bergan hodisaning hammasini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganligini aytdi. «Agar o‘ljani men bilan bo‘lishmasalaring» – dedi u, – «Sizlarni sotaman. Butun bozor bo‘ylab kezib, qotillik guvohlarini axtarib yurishibdi». Notanish kishining qo‘llari nakolkalardan ko‘karib ketgan edi. Bunaqa kishidan qochib qutulib bo‘lmaydi. Uni ham o‘z ulfatchiliklariga qo‘shishlariga to‘g‘ri keldi. Ular birgalikda ichishdi. Sergeyga (yangi tanishni shunday deb atashardi) Marinaning uyiga borib, uni Nikolayni qabul qilishga ko‘ndirish fikrini singdirishdi. U ikki yil Nikolayning boshini qotirib, umidlantirdi, so‘ng esa hammasidan voz kechdi. Bunaqasini sirayam kechirishmaydi. Sergey ham o‘zlariga o‘xshagan ekan: birovning g‘amini yuragiga g‘oyat yaqin oldi. Bu rejalarni quvvatlab, o‘z yordamini taklif qildi. Sergeyning o‘zi ham go‘sht sotuvchi bu ayolga nazar tashlab yurganini, uni ko‘z ostiga olganini tan oldi. U esa dimog‘dorlik bilan hali-hanuz o‘ziga yangi xushtorlar topib yuribdi. U o‘z sherigi, kelgindi Ivan Koxanchik bilan, mana ikki oydirki, birgalikda go‘sht sotyapti. Uning Gryazovetskka qayerdan kelib qolganligi noma’lum. Qotillar uni hojatxonada o‘ldirishdimi yoki og‘ir yarador qilishdimi, buni hali bilishmas – bu ularni mutlaqo qiziqtirmasdi. Sergeyning ularga aytishicha, «Tez yordam» mashinasi etib kelganida, hali Ivan tirik edi. Shifokorlar yaralar juda xavfliligi, bemor ko‘p qon yo‘qotganini aytishgan. «Hali u ikki bukilib qoladi», dedi ishonch bilan Redkin va shuning uchun ichishni taklif etdi.

GULDASTA QO’LTIQLAGAN QOTILLAR

Soat beshlarga yaqin bozor bo‘shab qoldi va spirtli ichimlikdan quturgan uchlik Kalenova ko‘chasiga yo‘l oldi. Oldinda guldasta qo‘ltiqlagan Redkin ketar, cho‘ntaklarida aroq shishasi do‘mpaygan Gosha va Sergey uning izidan borishardi. Ular tez orada omad kulib boqadigan darajada judayam mamnun edilar. Panjarani taqillatishgan edi, uydan Marina chiqdi. Sochlari to‘zg‘igan, yig‘idan ko‘zlari qizargan bir holatda edi u. Kasalxonadan xabar kutayotgani aniq edi. U uchta notanish erkakni ko‘rib, ularga o‘zi nima kerakligini so‘radi. Redkin bir qadam oldinga chiqib unga guldasta uzatdi: «O‘z qallig‘ing Nikolay Redkinni taniyapsanmi?..»

Ayol huddi duduqlanganday qizarib ketdi. Biroq Redkinni oldiga haydab solmadi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro yozishmalarni hech qanday gap-so‘zsiz uzib qo‘ygani uchun uni vijdon azobi qiynagan ko‘rinadi. U guldastani olib, mehmonlarni uyga kiritdi. Jinoyatchilar oshiqlari olchiligidan quvonib, bir-birlariga qarab qo‘yishdi. Ular oshxonaga kirib, stol atrofiga o‘tirib, uni do‘mbara qilib chala boshlashdi. Ular dasturxon tuzalishiga ham sabr qilishmadi – chunki endi kafeda emas, issiq va shinam xonadonda edilar. Ajab emas, shoyad yoshlar ham o‘zaro til topishib ketishsa. Redkin qallig‘ini quchib, uni zo‘r berib o‘pmoqchi bo‘ldi. Ammo Marina uni o‘zidan nariga itarib, boshqa bir kishiga turmushga chiqmoqchi ekanligini aytdi. «Kechir, endi shunaqa bo‘lib qoldi».

– Sen menga qanday xatlar yozib, ularda nimalar demagan eding?! – deb unga malomat qila ketdi Nikolay.

Lekin ayol o‘z bilganida qattiq turib oldi: «Boshqasini sevaman axir».

«Demak, yolg‘onchisan?! Sotqin!..»

Ushbu shakarguftorlik qancha vaqt davom etib, nima bilan tugashi noma’lum edi, biroq deraza oldida mototsiklning tirillashi eshitildi. Marina shoshib o‘rnidan turib, o‘zi uchun kelishganini va kasalxonaga shoshayotganini aytdi. Uning shahlo ko‘zlariga yosh to‘ldi: «Do‘stim falokatga uchradi, unga hujum qilishdi!»

Marina jo‘nab ketishi oldidan kutilmagan mehmonlarni kuzatib qo‘yishga urindi, ammo ilojini qilolmadi. Ular surbetlarcha stol atrofiga yoyilib o‘tirib, aroq quya boshlashgan edi. Kasalxonaga judayam shoshib turgani uchun ayol qo‘l silkib, jo‘nab ketdi. Oradan bir necha soat o‘tdi. Marina qaytib kelmadi. Biroq uning uyi ostonasida qo‘llarida so‘yilgan cho‘chqalarni ko‘targan ikki yigitcha paydo bo‘ldi. Ular mezbonni so‘rab, sotish uchun cho‘chqa keltirishganini aytishdi.

«Biz u kishi bilan shunga kelishgan edik»

Uyda mezbon o‘rnida ochiqdan-ochiq jinoyatchi tusidagi notanish kishilarni ko‘rib, yigitchalar xushyor tortishdi. «Marina qaydayu, sizlar kimsizlar? Bu yerda o‘zi nima qilyapsizlar?» – deb so‘radi ulardan biri qattiq tikilib. Ikkinchisi esa cho‘chqalarni polga, somon ustiga qo‘yib, oshxonaga o‘tdi va u yerda xo‘jayinchilik qila boshladi – uning bu uyga ko‘p marta kelganligi ko‘rinib turardi. Jinoyatchilar darhol bir-birlariga qarab olishdi: bu xotinning jazmanlari nechta o‘zi? Buni aniqlashga to‘g‘ri keldi. Ular yigitchalar qochib ketmasligi uchun eshiklarni berkitib, ular uyning egasi bo‘lgan bu ayol bilan qanday munosabatda ekanliklarini chin dildan tan olishlarini talab etishdi. Yigitlar shoshib turishgan edi va ular egizak aka-ukalar ekanliklarini aytishdi. Petr va Pavel Smetaninlar Gryazovetskdan o‘n chaqirim naridagi Sosnovka qishlog‘idan ekanlar. Ular bu yerda cho‘chqa ko‘paytirib, Marinaga sotish uchun olib kelishadi. O‘zaro manfaatli munosabatlar, shaxsiy munosabatlarga kelsak, Marina ulardan o‘n yosh katta va u bilan yaqinlikni xayollariga ham keltirishmagan. «Lekin agar rostini aytsak, u ikkalamizga ham yoqadi», – deb kulishdi og‘a-inilar. Ular bu bilan suhbatni xazilga yo‘ymoqchi bo‘lishgan edi, biroq xatoga yo‘l qo‘yishdi: jinoyatchining rashki qo‘zg‘ab, aka-ukalarning taqdiri hal qilib qo‘yilgan edi. Ammo hali ular buni bilishmasdi. Pyotr va Pavel o‘zlaricha shunday deb mulohaza yuritishdi: Marina tartibli ayol, begonalarni uyiga qo‘ymas edi, bular uning tanishlari. Og‘a-inilar ular bilan bahslashmoqchi emas, xazillashmoqchi bo‘lishdi. Hademay Marina kelib qoladi va unda hammasi o‘z o‘rniga tushadi-qoladi.

Ammo voqealar boshqacha tus oldi. Rashkchi Redkin shanday qat’iy qarorga keldi: og‘a-inilar Marinaning o‘ynashlari va ularni darhol «tinchitish» kerak. U Goshaga shunday dedi. Biroq u o‘zini bosh tortganday tutib, shoshilish kerak emas, dedi. Sergey qorin ochligini aytib, cho‘chqalarni qovurishni taklif etdi va darhol ishga kirishdi. Aka-ukalar xalaqit berishmasligi uchun Redkin va Gosha ularni bog‘lab qo‘yishdi. To‘yimli ovqatdan so‘ng aysh-ishrat boshlandi, ular aka-uka Smetaninlarni tun bo‘yi zo‘rlashdi…

Ajabtovur yo‘lovchilar

Marina Urbantseva esa butun tunni kasalxonada, jon berayotgan do‘stining to‘shagi ustida o‘tkazdi. Ertalab tergovchi kelib, uni so‘roqqa tutdi: u biror kimsadan shubha qilyaptimi? Ivanning do‘stlari yoki raqiblari bormidi? Balki uni rashkdan raqibi o‘ldirgandir?

Tergovchini Ivan Koxanchikning jinoyat olami bilan aloqalari qiziqtirardi. Go‘sht sotuvchini jinoyatchilar quroli bo‘lgan qayroq bilan o‘ldirishgan. Qayroqni odatda zonada yasashadi va ozodlikka chiqqanlari ham an’anaga ko‘ra undan ajralishmaydi. Marina ishontirardiki, ularning tanishuvlari davomida Ivan hech qachon jinoyatchilar bilan muloqotda bo‘lmagan va hech kim bilan tortishmagan. U kelgindi edi va hali do‘st ham, dushman ham orttirib ulgurmagan. Shunda ayol kutilmagan mehmonlarni – qimmatbaho gul ko‘targan Nikolay Redkin va uning to‘dasini eslab qoldi. Balki, bu ulardir? Savdo qilishayotganida bozorga kelib Koxanchikni kuzatishgan, so‘ng uni yaralab, butun tushumni olishgandir?.. Ayol yig‘lagancha o‘zining Redkin bilan aloqalari tarixini va u kutilmaganda Gryazovetskda paydo bo‘lib qolganligini hikoya qilib berdi. Tergovchi ushbu taxminni ushlab oldi. Marinaga uyiga shoshmaslikni maslahat berishdi va Kalenova ko‘chasiga militsiyaning qurollangan naryadini jo‘natishdi. Biroq, bu yerga yetib kelinganida, uy bo‘m-bo‘sh va talangan edi. Ammo baribir qotillarni aynan shu kuni ushlashga erishildi. Posyolkadan o‘n chaqirimlar uzoqlikda DAN postiga taksichilardan biri murojaat qildi. Uning aytishicha, erta tongda Gryazovetskda, Kalenova ko‘chasi yaqinida uning mashinasini besh nafar qattiq mast erkakdan iborat g‘aroyib to‘da to‘xtatgan. Ular o‘rmon burilishigacha olib borib qo‘yishni talab qilib, mashinaga zo‘rg‘a sig‘ishgan. Haydovchi qarasa, ularning ikkitasi qandaydir g‘alati: yuzlariga bo‘yoq yoki lab bo‘yog‘i surkalgan edi. Taksichining sezishicha, ular ayollar ichki kiyimida edilar. Va ular o‘zlarini fohishalarday tutib, qat’iyatli erkaklar tizzasida o‘tirib, ular bilan o‘pishar edilar. Ularga yaqindagina zonadan chiqqanligi bilinib turgan, qo‘llarida tatuirovkasi bo‘lgan abjir erkak buyruq berardi. G‘aroyib yo‘lovchilar o‘rmondagi burilishga yetib, mashinadan tushishar ekan, bo‘yangan erkaklar yordam uchun haydovchiga murojaat etib, jinoyatchilar ularni o‘ldirmoqchi ekanliklari haqida qichqirib ma’lum qilishdi. Biroq, ularning yuzlariga urib, ovozlarini o‘chirishdi va taksichiga zudlik bilan jo‘nashni maslahat berishdi.

«Menga ta’zirimni berish haqida tahdid qilishdi, hatto pullarini ham olmay ketdim! Tezda o‘sha yoqqa boringlar!» – deb militsiyani shoshiltirardi u. Ammo yordam kechikkan edi. Postovoy navbatchi naryadni kutib, taksichi aytgan yo‘l bilan borib, o‘rmonda shubhali erkaklarni qidirgunlaricha, ular aka-ukalarni o‘ldirishgan edi. Jinoyatchilarni katta yo‘lda yurishganida ko‘rishdi. Ular militsiya mashinalarini ko‘rib, turli tomonlarga tarqaldilar, biroq qochib qutula olishmadi. Tergovga olib kelingan jinoyatchilar o‘rmondagi har ikki qotilliklarini tan olishdi. Nikolay Redkin, Gosha laqabli Georgiy Petuxov bir kun avval hech qanday aybi bo‘lmagan go‘sht sotuvchini qayroq bilan yaralaganliklarini ham tan olishdi. Ular marhumning ismini ham bilishmas edi. Endi sudda qotillarning aybi to‘la isbotlanib, ular umrining qolgan qismini panjara ortida o‘tkazishlariga esa hech qanday shak-shubha yo‘q…

«Inter police»dan Abdumalik ISOMIDDIN tarjimasi.

IBRATLI HIKOYA

Bir kuni farishtalar bekorchi bo‘lib, bir ermak qidirib qolishibdi. Shunda ulardan biri: - Keling, odamzoddan biror nimasini o‘g‘irlab olib, yashirib qo‘yamiz, - debdi....

Qizg’aldoq

Necha alplar To‘lg‘onoyga dirayalmay to‘lin oy bilan sirlashib kelayotgandi. Ularning barchasi ko‘ksini zax yerga, Turdixol esa qizini Mashi masxaraga berdi. Mashining muchali maymunligi boismi, bolaligidan daraxtga tirmashib yurardi. Elning og‘ziga shamol o‘ynatib Razzoq mirshab to‘yiga masxara olib keldi. Masxaralar Qizg‘aldoq darasiga dor...

Yigitlikning koʻchasi

Yigitlikning koʻchasi Ismatga alam qildi. Judayam alam qildi. Axir unga qoʻl koʻtarishdi. Yana kimlar? Qandaydir goʻdaklar! Shefiga aytsa-ku, hammasining dab-dalasini chiqaradi. Kim boʻlipti bular Toshtemir shef qoshida?! Kerak boʻlsa, har birini bir-bir chinchalogʻi bilan uchirib yuboradi. O’shalarning betiga aytdi: «Bittang qimirlamay tur, hozir...

Jumbok 10 qism

Chulok Samshodni kelishi uzok kutdi ammo Samshoddan darak kelmadi honada uzok och Utirdi ochlik va tashnalikka chiday olmay Eshik oldiga bordi eshik yarim kiya ochik turardi tashkariga chiksammi chikmasammi Deb juda......

Endigina olti yoshga to‘lgan o‘g‘limning

Endigina olti yoshga to‘lgan o‘g‘limning berilib rasm chizayotganini ko‘rib qiziqqancha yoniga bordim: -O‘g‘lim nimaning rasmini chizyapsan? -Sizni, oyimni va o‘zimni, — nigohlarini menga qadadi u....

Oddiylik holati

Insonlar uchun ikkita holat bor, kulish va hafa bo'lish, aslida esa ular uchta, kulish, oddiylik, va hafa bo'lish, oddiylik holati haqida, siz oynaga qarab oddiy qarab turing, ko'proq hafa bo'lganga o'xshaydi-ya? ana shu tomoni yomon, insonlar davrasida oddiy holatda gapirmasdan tursang ular seni albatta ahmoq va kuchsiz deb o'ylashadi, aslida...

Qaytmaydi...

Vaqt topib saytga kirasiz, siz sevgan profil o'chiq... Ko'k chiroq yonishini intizorlik bilan kutasiz, lekin uu yoq......

Falokat.

Nasib qilsa kelar Shom-u-Iroqdan, yo’qsa ketar qosh-u-qaboqdan. Yigit va qizni qancha qiyinchiliklardan keyin vanihoyat unashtirishdi. Yoshlar xursand holda kelin ko’ylak korgani borishdi. Do’kon egasi yigitni bo’lajak kuyovligini bilgach asta bosh chayqadi: -Menimcha siz kelin libosini to’ygacha ko’rmay turganingiz maqulmidi…...

Begona qo'ng'iroq

Kunlarning birida begona telefon raqamidan qo'ng'iroq bo'ldi, go'shakni ko'targanimda narigi tarafdan: -Dada, men sizni qattiq sog'indim, juda qattiq sog'indim, tezroq kelsangizchi. Dada! - degan kichkina qizbolaning umidli, mahzun......

Xurmatli erkaklar, tarelka tanlashda adashmang! )

Nimadir bo'ldi-yu, er-hotin orasiga shayton oraladi. Totuv oilada qattiq janjal bo'ldi. Er o'zini bosolmadi. Hotinini shartta mashina o'tkazib, alam va g'azab bilan ”Uzr, sen bilan yasholmasakanman!” deb onasinikiga tashlab ketdi. To'g'ri masjidga borib peshin namozini o'qidi. Namozdan keyin joyidan jilmadi. O'tiraverdi, o'tiraverdi. Asrga...

Fikr qo'shish