FOXISHANING FARZANDI
Dunyoni barchamiz bevafo deymiz aslidachi..? Dunyoga bevafolik qilayotgan siz bilan biz emasmi..? Ba’zan inson bolasi qanchadan qancha gunohlar qiladiyu lekin qilgan gunohlaridan hulosa chiqaradigan vaqti umr tulpori manzilga etib bo’lgan bo’ladi..O’shanda so’nggi nadomatlarini biror kim eshitarmikan..? Meni dunyoga kelgan vaqtim..otam xam onam xam suyunishmagan..Xatto qulog’imga azon xam aytishmagan ekan..Odatda menga o’xshagan bolalarni "xaromi” deb atashadi..Bilolmayman xanuz bu so’zni ma’no,negizi aslida nima ekanligini..Yo’q ularni buning uchun ayblashga-da qodir emasman..Chunki ular meni dunyoga kelishimga sababchi bo’lishgan… Otam tadbirkor edi..Nihoyatda badavlat edi..Onam esa restoranda tirikchilak qilar edi.. Men ularning qay tariqa tanishganini xanuz bila olmayman..Chunki bu xaqida menga biror marta onam aytmagan..Onamda otamga nisbatan kuchli nafrat tuyg’usidan bo’lak xech vaqo yo’q edi.. Onam shaxarga kirib kelganida juda yosh bo’lgani..va buvim bilan bobom (ularni ko’rmaganman)onamni oq qilganidan bo’lak avlod ajdodimni kim ekanligini bilmayman.. Bolalik… Aytarli biror narsa yodimda yo’q..Oddiy kulbasifat 2 xonali uy (Bu uyni onam ishlab topib olganman deydi)..Eskirib qolgan ‘Янтар’ rusumli televizor,va xokazo 5-6 ta ko’rpa yostiqdan iborat..mol mulk…Onam doimo ishda bo’lganligi sababli,kunlarim oddiy edi..aytarli biror yangilik yo’q..Maktabga chiqqanimda xatto qo’limdan ushlab olib borishga ham vaqti yo’q edi onamni..Shu boisdan bo’lsa kerak o’qituvchilarim ham menga o’zgacha yovuz nigoh bilan qarashar..sinfda oxirgi partada yakka o’zim o’tirishga maxkum edim.. O’qishim ham u darajada yahshi emasdi..Sinfdoshlarim xam odatda men bilan boshqacha oxangda gaplashishardi..Go’yo ular bilan o’qiyotganimga men aybdordek..! Xatto bir kuni.. -Qobul,menam sizlar bilan futbol o’ynayqolay..bir o’zim zerikib ketdim..dedim -Sodiq..bilasan-ku..Sinfdosh o’rtoqlar seni yoqtirishmaydi..Maktabdan keyin xovlida birga o’ynaymiz..xozir qo’sha olmayman seni o’yinga dedi.. Bilmadim o’sha vaqti juda o’ynagim,kelganmidi yoki menda qandaydir nomus tuyg’ulari shakllana boshlaganmidi..yugurib stadionchaning markaz tarafiga bordim..Va to’pni olib o’yinga qo’shilib ketdim… -Voooy,bolla qaralaring..! Mana bu xaromidan bo’lgan itvachcha o’yinga qo’shildimi..deb qoldi sinfdoshlardan biri.. Ular meni o’rab olishdi..2tasi qo’limni orqaga qilib ushlab olgandan qimirlay olmasdim.. -Nima o’lging kelayapdimi? Sinfdoshlar ichida gavdalirog’i bor edi..Ilyos mushtini do’laytirib ustimga bostirib keldida,biqinimga mushtladi..Og’riqdan nafasim bug’ulib qoldi.. -Agar yana bir marta seni shu yerda ko’radigan bo’lsam, yomon bo'ladi deya xaqoratlab ketdi. O’sha damda bilmadim.Nomus kuchlilik qildimi.Qayerdan kuch keldi.Ikki yonimda turgan bolani siltab tashladim.Va bo’shagan qo’lib bilan Ilyosni jag’iga musht tushurdim.Mendagi quvvat ortib ketgandi. Ikkita bola ikki tomondan biqinimga tashayotgan tepkilari ham ta’sir qilmasdi,shu payt o’qituvchimizni ovozi keldi… -Tur..o’riningdan Fohishaning bolasi.. Qo’lim beixtiyor bo’shashib,holsizlanib qoldim..Afsuski bunday so’zni ma’nosini
5-sinfda o’qiyotgan yigitchaning murg’ak qalbi yahshi anglar edi. Ko’zlarimdagi ga’zab o’ti so’nib.. Isnod degan tuyg’u butun vujudimni yodirar edi.O’sha dam hanuz ko’z oldimda gavdalansa gazabimni bosolmay qolaman… O’qituvchim meni tortib olib ura ketdi vaholangki men o’zimni himoya qilgan edim.Yuzimga tushayotgan zarbalar menga huddi xayotning naqadar beshavqat ekanligini uqturardi go’yo…
-Axir men nima qildim ustoz..!? Qichqirardim… -Sen xech narsa qilishing shart emas,seni borligingni o’zi ortiqcha..sen ortiqchasan tushundingmi xaromi..! degancha duch kelgan joyimga urishdan toymasdi… O’sha paytlari,bilmadim ustoz deyishga arziydimi yo’qmi..? Ustoz…Bu tushunchalar,umuman ustoz degan so’z men uchun ulug’vorlik,yohud qandaydir najotkorlik hissini singdirgan bo’lsamda..Ustozimning bu xatti xarakati bunday ulug’ nomga nomunosib ekanligini bilgandim.. Ko’zim tinib..xushimdan ketdim chog’i..Ustozimning zarbalaridan paydo bo’layotgan og’riqlar yo’qoldi..uyog’ini eslolmayman… Ko’zimni ochganimda esa stadionchaning o’rtasida yotar edim.. Alam qildi.. Yo’q..yo’q..! Uning meni urgani,hammani oldida kamsitgani emas..Balki Ustoz degan ulug’ zot…xato odamiylik yuzasidan bo’lsa ham,xatto maydon chetiga-da olib chiqishga qodir bo’lmaganligi..aynan shu narsa menga juda alam qilgan edi… Balkim men bir fohishaning xaromi bolasidirman..ammo men ham unga o’xshagan bir inson edim-ku..!?Naxotki uning xam farzandini kimdir xuddi shu kuyga solganida 2 og’iz gapirmagan bo’lardi… Aynan shu savollar miyamga o’rnashib qolgan edi… Xo’rligim kelib yig’ladim..Onamning oldida yig’lamaganman..Ba’zi xollarda onam yig’laganini ko’p ko’rganman..Juda ko’p bora… Ammo men hecham ko’zimdagi yoshimni onamga ko’rsatmaganman..Or deb bilardim yig’ini erkak kishi uchun…! Lekin bugun yig’ladim..Alamdan qichqirib,tomog’im yirtilib ketay deguncha yig’ladim.. Taqdirimning beshavqatligidan,meni dunyoga keltirgan otaning benomusligidan qaqshab yig’ladim.. Yig’idan shishib ketgan ko’zlarimni artib..Uyga yo’l oldim.. Onam xali qaytmagan ekan..Yarim kechasi kelishiga ko’nikib qolganman..Stol usidan non olib yedim..Qornimni to’yg’azib bo’lganimdan so’ng esa..Uyning mayda chuyda yumushlarini bajarishga kirishdim..Xali zamon onam kelishiga ovqat qilib qo’yishim lozim edi.. Barcha ishlarni sarishtalab bo’lgach esa televezorni yoqdim.. Qandaydir o’yin,yoki shouni ko’rsatishardi..Ota va ona farzandlari bilan birgalikda musobaqa.. Biroz ko’rdimda ensam qotib ketib televezorni o’chirdim..Onamni kuta boshladim.. Ko’zim ilinibdi…Eshikni oxista ochilib yopilganini sezdim shekilli,ko’zimni ochib qarasam narigi xonada kimdir go’ng’ir-g’ong’ir ,qilib past ovozda gaplashib,kulishardi… Quloq soldim.. -Iyaaaa,jonidan endi noz qilavermasdan..akangini bag’riga kelingchi..dedi noma’lum ovoz egasi.. -Vuyyyy.sho’xlik qilmangaaaa..o’g’lim uyg’onib qolsa,naq uyni boshiga ko’taradi. -Nima qilibdi,yosh bola bo’lsa nimani aqliga yetardi.. -Bilmabsizda buni,xuddi otasini o’zi-ya..!Birovni oldimda ko’rsa naq,to’polon qiladi..Yaramas bola..rashki juda yomon..Ablax otasiyam shunaqa edi.. -Xaaaa,endi bu birinchisi emas-ku asaaaal… -Shoshmang,ichishga birorni nima olib kelay… Shu vaqt onam yurib eshik tomonga kela boshladi..men ulgurolmadim o’zimni olib qochishga… U meni ko’rdi.. -Xaaa..zumrasha..!nima qilayapsan..?gap poylaydigan bo’ldingmi xali..?! -Yo’q..oyijon..gap poylaganim yo’q…dedim qo’rqa pisa.. -Bo’ldi..jonimga tegib ketding..narigi xonaga o’tib uxla dedi.. Shu vaqt ichkaridagi odam chiqib qoldi.. -Iyaaa,yahshi bola nima qilayapsan bu yerda,tur joyingda uxlasang,senga pul beraman..Keyin kompyuter o’ynagani borasan,deb cho’ntagidan ikkita mingtalikni chiqardi.. Qo’lidagi mingtalikni yulib olib,yuziga otdim.. -Mengga sening pullaring kerak emas..ket uyimizdan… dedim qichqirib.. Onamning tarsakisi yuzimga tushdi.. -Itvachcha,sen xaromini boqayotganimga shukr qil..tushundingmi..Meni xayotimga aralashma uqdingmi..!?Agar yana bir marta shunaqa qiladigan bo’lsang deddomga olib borib tashlayman.. Men alamdan xiqqilagan kuyi,ichkari uyga kirib ketdim… Tun yarmigacha uyqum kelmadi..Qo’shni xonadan onamning erkalangan ovozi bilan,notanish kishining hirs bilan gapirgan gaplari yaqqol eshitilib turar edi.. Shu darajada o’sha payt meni,nomus tuyg'usi otashida yondirar edi-ki..!yostiqni uchini tishlab olgancha.. -Katta odam,bo’lsam..xammasini yo’q qilaman..Xammasidan qasos olaman derdim… Balkim,o’sha vaqtlari menning jajji vujudimda..Nafratning ilk kurtaklari quloch ochayotgan bo’lsa ne ajab…!
Tun ham amallab o’ta boshladi..Soat millari tunni tortqilab honadan chiqarib tashlay boshladi.. Ko’zimga kechasi bilan uyqu inmagandi.. Tongga yaqin,uydagi notanish erkak,chiqib ketdi… Onam esa,turib ..yuvindi..nonushta qildi..Pardoz qildi.. Xatto meni nonushtaga chaqirmadi ham... Men esa o’ylardim.. Bunchalik bemehr bo’lmasa..!? Demak o’tkan kunlari aytgan gapi rost ekanda..’Iblisvachcha..!seni basharangni ko’rsam..Ablax otangni ko’rgandek bo’laman derdi.. Xaa..Demak rostdan ham meni onam yomon ko’radi… Shu kuyi uzoq o’ylanib yotdim.. Onam bu orada ishga ketishga tayyor bo’lib..Eshikni yopar ekan dedi.. -Itning bolasi..idish tovoqlarni yuvib,maktabingga bor.. Eshiknini taraqlatib yopdi.. O’rnimdan turib idish tovoqlarni yuvib…Bir bo’lak non qolgan ekan o’shani kovshab maktabga yo’l oldim… Sinf xonasiga kirib kelganimda dars allaqachon boshlangan,ustoz qo’lidagi bo’r bilan doskaga masalani yozardi..O’sha kungi birinchi dars qattiqqulligi bilan o’quvchilarni zir titratadigan Ziyodulla muallimni darsi edi.. -Ustoz,mumkunmi? Dedim eshikni asta ocharkanman.. -Burchakka tur..masalani yozib olay senga aytadigan gapim bor dedi.. Nihoyat masalani yozib tugatdi.. So’ng esa,to’g’ri mening oldimga keldi..Qo’limdan ushlab,doskani oldiga olib bordi va sinfdagilarga yuzlanib: -Diqqat qilllaring dedi.. Butun sinfni nigohi menga qadaldi.. -Bilasizlarmi buni kimligini dedi.. Sinfdoshlar orasidan kimdir..past ovozda ‘xaromi-ku bu..!’ dedi.. Sinf ichida uning past ovozda aytgan so’zi jaranglab ketdi go’yo… -Xa..rost aytdi kim aytsayam bu gapni..!dediyu menga yuzlaib:’Itvachcha..! eshitdingmi Kimligingni..?’dedi O’sha damda men yer yorilmadi yerga kirib ketmadim..Ko’kragim ichidan "Yo’q..!Bunday emas..Men xaromi emasman..Ota onamni gunohi uchun nega aynan men javob berishim kerak.?”degan savollar aylanardi..Lekin ularni tilimga chiqarishga ayni damda juda ojiz edim..Chunki bu achchiq xaqiqat edi.. -Demak,bolalar uni o’ramizda yurishga munosib deb bilamizmi..?Agar ushbu fikrimni ma;qullaydigan bo’lsa,qo’lini ko’tarsin,,dedi Butun sinf barobar qo’lini ko’tardi… Men esa Ustozni qo’lidan yulqunib chiqdim-da,Sinfdan qochib chiqdim..Koridorda yugurib ketarkanman,orqamdan "Yana bir marta sinfda seni ko’rmay,Xaromi..”degan ustozni gaplari eshitilib turar edi.. Uyga kelguncha..Ko’chada rosa izg’idim..Yuzimni negadir qo’llarim bilan yashirishga harakat qilar edim..Huddi yon atrofdagi barcha odamlar "qaranglar xaromini’ deyayotgandek tuyulardi.. Yuraverib,charchab yo’l chetidagi ko’p qavatli uylarni tagida o’tirib qoldim… Alam xali tarqamagan edi.. Biroz vaqt o’tdi..O”z o’ylarim bilan band bo’lib yonimga kim kelganini sezmay ham qolibman.. Qarasam,ro’paramda yoshi men qatori,sochini taqir qilib oldirgan,ustidagi kiyimi esa qandaydir juldur yamoq bo’lgan bir bola turardi.. -Bu yerda nima qilayapsan..dedi Notanish bola.. -Senga nima,o’tiribman o’zim..dedim.. Biz tanishdik..U bolani ismi Ravil ekan..Etimxonadan qochgan ekan..Tunlari ko’p qavatli uylarning podvolida yotib yurar ekan..Biz ancha suhbatlashdik..Men xam o’z hayotim xaqida aytib berdim..Qismatimiz o’xshash bo’lgani sabablimi biz juda tez til topishib ketdik.. Unga men barcha xaqiqatlarimni aytar edim..Bilmadim lekin..u bilan suhbatlashganimdan so’ng o’zimni nimagadir ancha yengil xis qildim.. Ravil odatda,ko’chalardan mayda chuyda shishalarni yig’ar,yana qog’oz qoldiqlarini yig’ib ularni sotib puliga yegulik olib yeb kun o’tkazar edi..yana u kuzduzlari yer osti yo’llarida tilanchilik qilardi… Biz juda ham qadrdon bo’lib qoldik..Oradan fursatlar o’tardi..Men maktabga butunlay bormay qo’ydim..Onam bu haqida hatto so’ramadiyam..U uchun meni taqdirim unchalik qiziq emasdi.. Kunlarim shu tahlit o’taverdi… Endilikda onam o’z mijozlari bilan men uyda bo’lgan vaqtim ham bemalol ko’ngilhushliklar uyushtirishi odatiy holga aylanib borardi… Davomi bor... Kunlar shu zaylda o’tar..onamning bu hatti harakatlai diydamni qotira boshlagandi..Endi men oldingidek atrofga qiziquvchanlik bilan emas..balki alam,nafrat bilan boqar edim.. Kunlarda bir kuni Ravil bilan birga yurganimizda u qo’lidagi soatini ko’rsatib maqtandi..Xaqiqatdan xam uning qo’lida qimmatbaho soat bor edi.. -Qayerdan olding o’rtoq..? so’radim -Xaa,endi buning yo’li borda..dedi mamnun qiyofada.. Judayam ko’p bora surushtiganimda so’ng esa u yorildi.. Uning aytishicha u soatni kimnidir cho’ntagidan o’g’irlab olganligini aytdi..men anchadan beri u bilan birga yurganim sababli o’g’irlik men uchun odatiy holga aylanib ulgurgandi..Mendagi qiziqish esa ancha oldin.avtobusdagi yo’lovchilarni tunash bilan boshlandi.. Avtobusdagi ‘sarguzashtlar’ancha avjiga chiqib borar edi..Undan ortirgan beqiyos tajribam esa meni mukammal o’g’riga aylantirib borardi.. Oradan hash pash deguncha ma’lum vaqt o’tdi..Men uyni butunlay tashlab ketdim..Onamning so’nggi taqdiri meni ortiq,tashvishlantirmay qo’ydi..Endi Avvalgi Sodiqdan asar xam qolmadi..19 yoshli Sodiqboyga aylandim..Ko’chadan beqiyos tajriba ortirdim..So’z san’atini shu darajada chuqur o’zlashtirardim-ki,hatto ba’zan o’zimga o’zim qoyil qolardim.. Endi Romil ikkalamizni qo’limizga 5-4 so’m pul tushgan..Yashash joyimiz ham pullik kvartiraga ko’chgan,ust boshimiz ham ancha po’rimgina edi.. Kunlardan bir kun Romil gap boshlab qoldi.. -Menga qara Sodiq..biror bir normalniy,kottaroq ish qilmasak bo’lmaydi..Hamma joni hitlar bosib ketdi..Bu ketishda tirikchilikni mazasi qolmayapdi dedi -Ho’sh..biror bir taklifing bormi dedim, U jo’yali biror gap aytolmadi..O”sha suhbat o’z joyida qolishi mumkun edi- ku,lekin bir voqea sabab bo’ldiyu bu haqida chuqurroq o’ylashimga to’g’ri keldi.. Ko’chada ketayotgandim birdan ko’zim ko’cha chetida turgan,qora ko’zoynak taqib olgan bir cholga ko’zim tushdi..U har har zamonda qo’lidagi tayoqchasi bilan yerni urib urib qo’yardi..Bu harakat u uchun ko’z vazifasini qisman bo’lsa-da bajarar edi.. Uning yoniga yaqinlashdim..Va u o’rirgan o’rindiqqa o’tirdim,va gapga solgan kishi bo’lib: -Xa,otaxon..ahvolalr qalay dedim hushmuomilalik bilan.. -Nima xam bo’lardi bolam,bu dunyoda kunduz bilan kechani farqlay olmasdan arosatda yuribman-da dedi.. Biroz u bilan suhbatlashdik..Uni baxoli qudrat ishonchiga kirdim..U uyiga ketishi kerakligini aytib,kimgadir tel qilmoqchi bo’lganida,uni shashtidan qaytarib -Otaxon,agar ruhsat bersangiz sizni uyingizga kuzatib qo’yaman..deb darrov qo’ltig;idan oldim.. Uyi uncha uzoq emasdi..Uy bilan xiyobon oralig’ masofasida yo’l qatnov bo’lmagani sababli boboy kuniga o’sha yerga sayr qilgani chiqar edi..Shuning uchun bo’lsa kerak..Baxoli qudrat o’z yo’lini topib kela olardi..Boboyni uyiga chiqdik..1 qavatda edi.uning uyi.. U meni uyiga taklif qildi..Men kirdim..Uy nihoyatda didsizlik bilan jihozlangan edi..Hamma yoq pala partishligidan uning biror kimi tez tez xabar olmasligini sezdim.. Uyni yig’ishtirib tartibga keltirib berdim..Boboy esa tinmay sharafimga shonlar o’qishdan charchamas edi.. Men boboyni xolidan tez tez xabar olib turishga kelishib,uyni tark etdim.. Oradan 3-4 kun vaqt o’tdi..Bu orada men boboyning ishongan ‘tog’ "iga aylanib ulgurgan edim.. Va nihoyat rejamni 2 bosqichiga o’tish vaqti kelgan edi..
Odatdagi vaqtda boboyning uyiga keldim..Boboyning mazasi yo’q edi..Shuning uchun nimgadir u ko’rpa yostiq qilib yotib olgandi..U yotgan o’rnida meni kelganimni sezdimi, -O’glim Sodiqjon..keldingmi bolam dedi Hasta ovozda -Keldim..otaxon..shu yerdaman siz tashvish chekmang deb baholi qudrat unga madad bo’ldim.. Chol bilmadim..nimagadir bir nimalarni menga aytmoqchi bo’lardi… Uning yoniga o’tirib bir oz suhbatlashganimdan so’ng "yorildi” -O”g’lim,men yoshimni yashab,bu umrda ilinjim qolmadi..Faqar bir narsani senga vasiyat qilib qoldirmochiman..Menimcha sen yomon insonga o’hshamaysan..Faqat men aytgan narsalarni qil..dedi Men ajablanib unga tikilib qoldim..U entikib nafas olardi..Nimagadir xira,nurini yo’qotgan ko’zlar shiftga qadalgancha sokin so’zlardi.. -Bilasanmi,men senga aytmagan edim..Umrim davomida sir saqlagan bir sirim bor..Shuni senga aytaman..Chunki endi buni sir saqlashimdan foyda yo’q bolam..Men bunday ancha yillar ilgari bir ayolni sevar edim..U vaqtlarda men norg’ul erkak edim..Birinchi ayolim rus millatiga mansub bo’lganligi sababli..Allaqachonlar meni tashlab ketgan..Men tanishgan ayol bilan bo’ydoq erkak sifatida nikohdan o’tib yashagan edik..U vaqtlarda zamon notinch bo’lganligi sababli..U bilan uzoq yashay olmadik..Men afg’onga urushga ketdim..Lekin u meni kutdi.. Bilmadim u qilgan duolari ijobat bo’lganmidi men sog’ omon qaytib keldim.. Lekin oradan ko’p vaqt o’tmay..Og’ir hastalikdan olamdan o’tdi..Boshida uning farzandlariga o’zim qaradim..Juda qiynaldim 2 nafar yosh bolaga qarash men uchun og’ir edi.. Bu orada men bilan ayol o’rtasidagi nikoh rasman qayd etilmagani uchun 2 ta farzand ni men dan tortib olishib deddomga olib borib tashalashdi..Oradan anchga vaqt o’tib,meni ko’zlarim ojiz bo’lib qoldi..Balkim Yaratgan meni Bandai ojizni..O’sha yetimlarni boshini silay olmaganim uchun shu tahlid jalogandir..Butun umr men shu qorong’ulikka mahkum bo’lib qoldim,bolam.. Shu so’zlarni aytar ekan boboyning ko’ksi ko’tarilib tusha boshladi..U hansirab nafas olar ekan..So’zlarni shosha pisha ayta boshladi.. -O’g’lim,u yetimlarni menda haqqi qolgan..Ular menimcha yaqin orada deddomdan chiqishadi,,Ularga tegishli bo’lgan o’nasidan qolgan tilla taqinchoqlar menda qolgan..Men yashayotgan uy esa hukumatning yotoqxonasi..O”sha tilla taqinchoqlarni men jovonga berkitib qo’yganman..Iltimos… Bolam..!! menga va’da ber ularga tegishli bo’glan barcha ma’lumotlar o’sha javonda..O”sha tillalarni sotib..o’zlariga ishlatishsin..Bu ularning haqqi..Kalit javonning ustidagi choynakning ichida..Va’da bergin bolam.. Cholning so’zlari endi..aralashib ketdi..Nafas yetishmayotgandan titray boshladi..Ko’karagi bir ko’tarildiyu..jon berdi… Ancha yillar ilgari so’qir bo’lib qolgan ko’zlaridan yosh sizib chiqdi.. Men esa,javon ichidagi tillani oldim..U yerda anchagina tilla taqinchoqlar bor edi..O”sha damda menga boboyning o’limi-yu,xaligi yetimlardan ko’ra tillalar muhimroq edi.. O”z o’zimga esa "Nima qilibdi,yetimlar mazza qilib davlatning nonini yeb yuribdi,yordam menga kerak..Boboy rozi bo’l " derdim.. O”sha vaqt hatto tez yordam chaqirishga ham yaramadim..SHosha pisha tillalarni olib ko’zdan g’oyib bo’ldim.. Oradan 3-4 kun vaqt o’tgach esa..Boboyning ayniy boshlagan murdasini qo’ni qo’shnilar pul yig’ib ko’mishdi..Janozaga javondan topilgan ma’lumotlar orqali topilgan yetimlar ham chaqirilibdi..Ularning faryod urib yi’glaganlarini qo’ni qo’shnilar anchagacha gapirib yurishdi..Men esa xatto janozaga borishga ham yaramadim..Yetimlarni esa hatto surishtirmadim ham.. Davomi bor Vijdon…-Muakammal bo’lmagan,ba’zida esa salbiy jarayon..Bu mavjud bo’lgan va mavjud bo’layotgan narsalar o’rtasidagi olishuv..Yahshilik va yomonlik bir nuqtaga birlashtiriladi,omon qolish yohud halokat… O’sha damlarda men bu qilgan ishimdan kun kelib vijdonim qiyalishi mumkun ekanligi haqida umuman o’ylab ham ko’rmas edim..Cholning uyidan olib chiqilgan tillalarni baxoli qudrat tanish zargarlar orqali sotdim..Anchagina yig’gan ekan chol qurmagur..! Tez orada men o’sha pullar hisobidan shahsiy avtoulovga ega bo’ldim..Tarallabedod hayot esa davom etar,men bilan Ravil maishatdan hecham charchamas edik.. Bir kuni tunda Ravil ikkalamiz navbatdagi maishatbozlikdan so’ng meni mashinamda uyga qaytayotgan edik..Ziyofat bo’layotgan joy shahardan ancha uzoqda bo’lganligi sababli,2 ta tumanni bosib o’tishimiz lozim edi,to uyga qadar..Ovloqroq yo’lda ketayotganimizda yo’l chetida yosh bolasini yetaklab ketayotgan kelinchakka ko’zimiz tushdi..Ikkalamizni ham kayfiyatimiz chog; bo’lganligi sababli musiqani baland qilgancha ketayotgan edik.. -SHoshma sodiq,..mashinani sekinlat bu juvonni olib olaylik deb qoldi Ravil.. -Eyyy,nima qilasan deb unamagandim..Ravil yelkamga turtib shivirladi -Lekin,yomon zo’o’oo’o’r narsa ekan,qomatini qaragin..rosa o’lvoradide..qittak qittak qilganimizga o’ziyam qaymoqdekkina ‘zakuska’bo’ldida..deb tamshandi.. Men mashinani sekinlatib,juvonning ro’parasida to’xtatdim..Oyanadan boshimni chiqarib.. -Kechirasiz,shaxargacha uzoq..bu ovloq yerlarda kech tushganda qiynalib qolasiz,yo’limiz bir ekan..olib ketamiz dedim.. Juvon rozi bo’lib,bolasi bilan birgalikda mashinaga chiqdi.. Mashinaning old oynasidan unga razm soldim..Endi payqadim juvonning yig’idan ko’zlari qizarib ketgan..Yuziga qandaydir g’am soya sogan edi..Undan hol ahvol so’rash bahonasida so’radim..- -Uzr,aybga buyurmaysiz- u,shaharga nima ish bilan ketayotgan edingiz..? Juvon hiqqilab javob berdi..Uning aytishicha "Eri ichib kelib uydan haydab yuborganini,yo’l haqiga puli yo’qligi uchun shaharga piyoda ketayotgani,o’tkinchi mashina uchramagani haqida so’zlab berdi..U so’zlar ekan Ravil men tomonga qarab mamnun bosh irg’ab qo’ydi.. Yo’l bo’ylab borar ekanmiz,chap tomonda qurilishi tugallanmagan,qachonlardir ishlagan lekin ayni paytda tashlandiq holarga kelgan bino ko’zga tashlandi..Ravil o’sha damda menga ayyorona ko’zini qisdi-da -Voy..voy qornim..o’rtoq qornim og’riyapdi..mashinani to’xtat deb qichqirdi.. -Men mashinani to’xtadim.. -Iya,jinnimisan..!? bu yerda qanday qilib..anu bino tomonga hayda..dedi Men juvon tomonga qarab: -Uzr..aybga buyurmaysiz..o’rtog’imning shunaqa kasalligi bor deb jilmaydim..Va mashina ro’lini o’sha bino tomonga burdim.. Bino yaqiniga kelganimizdan so’ng esa mashinani tutzor,panasiga oldim..Juvon orqada hech narsadan habari yo’q..bolasini bag’riga bosgancha uxlatardi..Bolakay butun dunyoni unutib,beg;ubor holatda uyquga ketgandi..Ravil ikkalamiz boshimizni ig’rab..boshladik deb imo ishora qildik.. Ravil tezlik bilan moshinadan tushdida,juvonni qo’lini orqaga qayirib moshindan sudrab tusha boshladi.. Juvon baqirishga harakat qila boshladi..Afsuski bir zaifaning bunday harakatlari ayni kuchga to’lgan yig’itga umuman bas kela olmasdi..U juvonni og’izni qo’llari bilan to’sib,yiqitdi va yerga bosdi..Juvonning bolasini onasi tomonga talpina boshladi..U uyqudan uyg’onib,nimalar sodir bo’layotganiga aqli yetmasdan men uni boshiga bir musht urib hushidan ketkazdim.. Ravill ikkalamiz juvonni og’ziga latta tiqdik,va navbatma navbat hirsimizni qodira boshladim..Bizdagi hayvoniy hirs shu darajada o’ziga asir qila boshlagan ediki..nima qilayotganimizni.va bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkunligi,hatto aqilimizga ham sig’masdi o’sha damda.. Juvonni butunlay nomusini paymol qildik.. Juvon so’nggi kuchini yig;ib qo’limizdan siltanib qocha boshladi..Ravil uni ortidan yugurdi.. Juvonni oyo’gidan yugurayotib chalib yig’itdi..Juvonni betonga yuztuban yiqilgan sharpasini ilg’adim holos..Birozdan so’ng Ravil halloslab men tomonga kela boshladi.. -O’rtoq,biz tamom bo’ldik..Bu yerdan tezda ketishimiz kerak..Ravilning ovozi qaltirab qandaydir vahima bilan chiqar edi.. Ikkalamiz juvon yiqilgan joyga yugurdik.. Juvon yiqilgan payti..eski beton qoldig’idan chiqib turgan armatura parchasiga yuztuban yiqilgan..Armatura esa uning bo’ynidan teshib chiqqan edi..Yiqilgan joyda esa qon halqoblanib oqardi.. Ikkimiz dahshatga tushdik..Endilikda nima bo’lishi miyamda kinotasmaga o’hshab aylana boshladi..Vahimadan qo’llarim qaltirar edi,Ravilning ahvoli ham menikidan beshbattar edi.. -Endi,nima qilamizzz..o’rtoq bizniu qamashadi..Tushunayapsanmi?!! biz odam o’ldirdik..Deb titrab qaqshab gapirardi Ravil.. Miyam tez ishlay boshladi..O’likni yo’qotish kerak..Faqat yo’qotish kerak.. Shundan boshqa tayinli bir fikr kelmayotgan edi,o’sha damda miyamga.. -Uni yo’qotishimiz kerak Ravil..Bitta yo’li shu dedim.. -Qaaaa qanaq qaaa qip..dedi Ravil Endi mendagi qo’ruv hissini o’zim ham hayratlanarli darajada sovuqqonlik egallay boshladi.. Ravil ikkalamiz juvonni oyoq qo’lidan ushlab..Mashina kapotiga ortdik.. Qon qoldiklarini esa oyog’uimiz bilan tepkilab..Afrofdagi tuproqdan ustiga sepdik.. Mashinani yahshiyam tutning panasiga qo’ygan ekanmiz deb o’yladim..Tungi 2 lar atrofi bizni kim ham ko’rardi bu yerda deb o’zimga taskin bera boshladim.. Mashinaga o’tirganimizda orqadan bolakayni ingragan ovozi kela boshladi,, -O’rtoq bilasanmi,bularni yo’qotmasak kamida o’limga hukm qilinamiz..Menimcha sen bilan biz yashashga loyiq odamlarmiz dedim.. -Nima qil deysan..?Faqat hidi chiqmasa bo’lgani ..dedi Ravil..Ayni paytda Ravil uchun men huddi najot farishtasidek edik..U aytgan har qanday talabimni qondirish uchun shay turardi,, -Unda nimaga o’ylayapsan..?!Iz qolmasligi kerak..bolakay esa yagona guvoh..dedim Va orqaga ishora qildim.. DAVOMI BOR.. Qismatga ular ko'nmasa,qayerga yashrinadilar..!?Qismat tahdidan qay yo'sincha qochish mumkun..?!Qayerga berkinadilar..?! Vijdondan qochishning imkoni bormikan..?! -Gapingda,jon bor Sodiq, dedi Ravil.. Endi hushiga kelayotgan hokisor norasida,hali bizning maqsadimiz nimaligini bilish uyoqda tursin,xatto onasining o’limidan ham behabar edi..Ravil mashinani orqa eshigini ochdiyu,norasida bir ojiz go’dakni nozik bo’ynichasidan..bug’a boshladi..Go’dak esa hatto qarshilik qila ham olmadi..Biroz tipirchiladiyu,kallasi qiyshayib jon taslim qildi.. Uni ham onasiga qo’shib bagaj ga ortdik.. Ikkalamiz shu kuyi..uyga yetib keldik..Mashinani garajga qo’ydik..Endi nima qilish kerakligi haqidagi o’ylar ham ikkimizni bezovta qilar edi..Meni aqlim yetar edi bu tahlid bo’ladigan bo’lsa,yaqin orada jinoyatimiz fosh bo’lishini,hamda ikkalamizni ham,oyog’imizni yerga tekkazmasdan qamoqqa jo’natishlarini..Shu bois bo’lsa kerak ikkimiz ham har qanday jirkanch ishdan tap tortmaydigan nusxaga aylanib ulgurgan edik.Endilikda biz ikkalamiz ushbu jinoyatni yashirish haqidagi o’ylarimiz,bundan-da jirkanch ishlarga undar edi.. -Nima qilamiz Sodiq dedi Ravil menga jovdirab qarar ekan.. Nima qilish kerak…?!ushbu savol haqida harchand o’ylamay miyamga tayinli bir fikr kela qolmasdi..Shu vaqt qandaydir ko’rsatuvda ko’rganim esimga tushdi..Haaa..men bir qarorga kelgan edim.. -Ularni bo’laklaymiz Ravil dedim.. Ravil bu gapni eshitgach taxtadek qotib qoldi.. -Qaaaa qannaa qa qilib Sodiq..dedi..U qo’rquvdan dag’ dag’ qaltirardi.. -Bilaman bu ishni qiyinligini..lekin mana bu narsadan ozroq tatib ko’rsak..Hammasi oson ko’chadi…dedim va yomon kunlarga deb asrab qo’ygan Marixuannani olarkanman.. Ikkalamiz narkotikni qabul qilgach,nimagadir qo’rquv hissi tumandek tarqab ketdi..Huddi tog’ni ursa talqon qiladigan holatga kelgan edik..Haqiqatdan ham tanamizga singigan marixuanna o’z kuchini qilgan..va biz yetarli darajada sovuqqon bo’lgan edik.. Men ravilga omborga tushib,bolta va kerakli anjomlarni olib kelishni buyurdim.. O’zim esa garajni obdon qulflab,mashinaning bagajidan ikkita murdani stol ustiga ko’tarib oldim.. Ayolning murdasining nigohi nihoyatda sovuq yatrirar edi..Unga biroz tikilib turish asnosida o’zimga o’zim shivirlab gapirdim ..”Do’ndiqcham..nima qilarding qochib,agar qochmaganingda hammasi joyida bo’lardi.Demak sen o’z taqdiringni o’zing belgilading..Endi mendan hafa bo’lma”deb shivirlardim. Nihoyat Ravil kerakli asboblarni keltirgach..Ayol bilan o’g’lini bo’laklashga kirishib ketdim, Avval ayolni boshini tanadan ajratib oldik..So’ngra esa qo’l oyoqlari..Barchasini erinmay bolta bilam suyagigacha maydalab..Qopga sola boshladim.. -Sodiq..boshini nima qilamiz..Eshitishimcha yuzdan tanib qolishsa surishtira boshlashadi..Suyakdan ham toppish mumkun deb eshitganman deb So’rab qoldi Ravil.. -Demak biz..uni boshini terisidan ajratib olamiz…Men bu ishni qilgunimcha sen bolakayni suyaklarini go’shtidan ajratib ol..! dedim Ravil ishga kirishib ketdi..Biz uchun marixuanna ta’sirida ayol va bolakayni nimalash nihoyatda sipolik bilan o’tardi,, Men ayolni bosh qismini,terisini shilib oldim..Qo’l oyoq va tos suyaklarini go’shtidan ajratib oldim..Ravil ham o’z ishini qoyilmaqom uddaladi.. Ayol va bolasini kalla suyagiga boltadan tushgan qator zarbalardan keyin mayda suyak bo’laklariga aylanib qoldi..Ayol va bolasini go’shtini alohida polietilin qopga joyladik.. Suyaklarni alohida xalataga joyladik..Go’shtlarni kuni bo’yi nimatalaganimiz sababli u juda mayda bo’laklarga bo’linib ketgan edi..Umuman odam go’shtiga o’hshamas edi.. Birgalikda mashinaga o’tirdik va shahar chetidagi daryo tomonga bordik.. Yo’lda Ravil gapirib qoldi.. -O’rtoq,bularni qayerga yashiramiz..? -Havotir olma,hozir go’shti parchalarini daryoga tashlaymiz..suyaklarini biror joyga ko’mib qo’yamiz deb javob berdim, -Ularni hech kim topolmagani yahshi.men hali qamoqda chirishni istamayman dedi Ravil.. Men indamadim.. Birozdan so’ng esa biz daryoni bo’yiga yetib keldik.. Ayol va o’g’lining qiymalangan go’sht bo’laklarini dayoda oqizib yubordik..Go’sht bo’laklari suv yuzida biroz qalqib turdi-da,suv tubiga ravona bo’ldi.. Suyaklarni esa daryodan ancha uzoqroqdagi tepalikka o’hshash joyga obdon ko’mdik..Barcha narsalarni tinchitib bo’lgach esa,ikkalamiz hech narsa bo’lmagandek..Uyga kelib uxladik. Oradan 5-6 kun o’tgach esa ona bola qidirilayotgani to’g’risidagi e’lonlar shahardagi simyog’ochlardan joy oldi.. Biz esa oldinda bizni nimalar kutayotganidan butunlay behabar..avvalgidek tarallabedod hayotni davom ettirardik..
Quyoshning chiqishi yangi kundan dalolatdir,lekin hamma ham yangi kun uchun kimdan minnatdor bo’lishini bilmaydi..Ular oramizda mahfiy tarzda yashashmoqda.Ular bizga o’hshashadi..Ammo ular, inson qabohati natijasida paydo bo’lgan qo’nxo’rlardir… Men odatdagi maishatlar bilan sarhush bo’lib o’tirgandim..Ravil ikkalamizni oldimizga notanish bir nusxa kelib qo’shildi..hayron bo’lib qaragan edim,o’zi so’z boshlab qoldi.. -Hayron bo’lma,og’ayni chalish..Biroz sizlar bilan kayf qilgim keldi-da..deb hiringladi.. -Hechqisi yo’q, tunda kayfiyatda javob berdim. Lekin nimagadir Ravilning qandaydir tanishi ekanmi,ular tezda til topishib ketishdi.. O’tgan kulardagi qandadir voqelarni eslab kulishishardi..Meni esa bu holat tushunarsiz tarzda asabimga tegardi.. -Menga qaralaring,buncha hezalakka o’hshab hiringlashasanlar..jaa jonga tegib kettilaring-ku dedim asabiy kayfiyatda.. -Senga nima..!? nimagadir menga gaplaring "nedavolniy” tuyilayapdi..O”zingni bosvomasang tag’in bosib qo’ymay deb hezlandi notanish kimsa.. -Qani biiir,harakat qilib ko’rmaysanmi,unaqada..men o’rnimdan turib uni ustiga bostirib bora boshladim.. Ravil o’rindan tezda turib, bizni o’tamizga tushib ajratib qoldi.. -O’zlaringni boslaring..Nima bu yerga kelib o’zinlaringga "problema”sazdavat qilmoqchi bo’vossanlarmi..?!Undan ko’ra tinchgina bir birovimizni kayfimizni buzmaylik..dedi Ikkimiz ham stulga cho’kdik..Haqiqatdan ham o’zi qilgan ishimizdan havotirda yurgan edik..Shunga o’hshash janjallar ortiqcha edi.. Oraga 3-4 dona "stolichniy” tushgandan so’ng esa muomilamiz binoyidek yahshilardi..Hatto eski qadrdonlardek suhbatlasha boshladik..Yashigina muloyim bo’lvganimizdan keyin esa..Haligi notanish(Uning ismi aytishicha Marat edi) qo’lidagi stokanni stol ustida aylanitirib o’nagancha gap boshladi.. -Og’aynilar,mana shu maishatlar ham jaa odamni hunob qilib yubordi..Birorta yirikroq ishni boshlash payti kelmadimikan..dedi -Xo’sh..sen biror bir narsani umringda qoyillatgan joying bormidi-ki,gaplaringga asos qila olsang..dedi Ravil Men ma’qulladim.. - Unaqada,eshitlaring..to’g’risini aytadigan bo’lsam,o’zimizni koyitib pul toppish bizdaqa "jentelmen”larning qo’lidan kelmaydi..Nafaqat kelmaydi..Umuman mos emas..Shuning uchun menda bir reja bor..Men bir odamni bilaman..Mahallamda yashaydi..Veyy umuman pul deganlari unda achib yotibdi..O’sha odamni uyiga tushamiz..Sizlar bilan anchadan beri tanishmiz..Hammamiz o’z ishimizning ustasimiz..SHuning uchun kottaroq pulni o’marib bu yerdan go’yib bo’lamiz qolamiz..dedi kaftini bir biriga ishqalar ekan.. Men bilan Ravil o’ylanib qoldik..Bizga pul kerak edi..”ayol va bolasi”bilan bog’liq ishdan so’ng bizning ko’zimiz ancha pishib qolgan edi..Shuning uchun ham bunday takliflar bizlarni unchalik ajablantirmas edi..To’g’rida avtobuslarda o’z "kariera”mizni boshlagan yigitlar uchun bunday oddiy ishlar nima bo’libdi..? Rejani obdon pishitdik..Ozroq dadillik uchun haligi matohdan ham chekib olgandan so’ng esa kayfiyatni darjasini yuqori pog’onaga chiqarib,uyga ravona bo’ldik..Yo’l yo’lakay esa har doimgidek 2 zo’r qizlardan olib olishni ham unutmadik… Ertalab kechagi ichkilikni asorati bilan 11 larda uyg’ondim..O’zimni fohishaning quchog’idan bo’shatib..Yuvindim..So’ng kiyimlarimni kiyib chiqsam Ravil meni oshxonada kutib turardi.. -Bugun nimagadir vaqtliroq turibsanmi? Dedim -Iyaa,qanday qilib bemalol uxlaysan-a galvars..?!Bizlarni pullar kutayapdi..Tushunayapsanmi pullar..!! dedi Indamasdan kiyimlarni kiydim..Qizlarni ham 1 soatni ichida o’z manzillariga kuzatib bo’lgach.. Kechagi pishitib qo’ygan rejamiz bo’yicha..Ko’rsatilgan manzilaga yetib keldik..U yerda bizni Marat kutib turardi..Aftidan anchadan beri turgan ko’rinadi..U turgan joyda anchagina sigaret qoldiqlari sochilib yotardi.. -Keldilaringmi..?!Odamni vobshem hunob qivordilaring..dedi asabiylashib.. Birgalikda rejani keyingi bosqichiga o’tib..Hovli atrofini obdon "razvetka”qildik.. Bundan kuzatuvlar shu tahlid ikki hafta davom etdi..Va nihoyat o’rganishlar samara berdi..Bizda uy egasini qachon ishdan kelishidan tortib,Qachon uxlarishagacha bo’lgan ma’lumotlar paydo bo’ldi.. Va nihoyat biz kutgan lahzalar keldi..Biz hovli chetida joylashgan uzum uchun moslashtirilgan ishkomga osilib hovliga tushdik..Tungi 2-3 lar atrofi..Hatto atrofdagi hashoratlargacha uyquga ketgan dam biz uy egasining seyfi joylashgan xonaga kirdik..Xaqiqatdan ham xona shohona jihozlangan..Bu yerda katta pul borligini ich ichimdan sezib turardim.. Seyfni ochish bo’yicha qilgan barcha urinishlarimiz zoya ketdi..Agar uni buzadigan bo’lsak shovqin bo’lib,qo’lga tushishimiz aniq edi..Nima qilishni bilmay tuganimda miyamga ajoyib fikr kelganidan quvonib ketdim.. Ularga fikrimni tushuntirdim..Ular rozi bo’ldi.. Birgalikda xonadadon egasi uxlayotgan honaga kirdim..U uxlab yotar edi..Menimcha oila a’zolaridan ayro xolatda yotishiga biror sabab border deb o’yladim..Va oxista unga tegishli bo’lgan jovondagi kiyim kechaklaridan tortib stol utidagi oddiy narsalargacha titkilashga tushdik. Vaholanki u yerdan topa olmadik..Shunda mening ko’zim uy egasi yotgan yostiq tegidan chiqib turgan kalitning uchiga ko’zim tushdi..Una sekinlik bilan olishga harakat qila boshladim shu vaqt birdan uy egasini uyg’onib qo’limdan mahkam ushladi.. Men uning yuziga musht tushurdim..Uy egasi barqishga urunmoqchi edi,Marat uning og’zini to’sib bunga yo’l qo’ymadi..Men esa kuchim boricha uni bug’a boshladim..O’zimga kelib qo’limni bo’shatganimda esa u jon taslim qilgan edi.. -Axmoq,nima qilib qo’yding..!? Marat menga qarab vishilladi.. -Hammasiga o’zi aybdor..Tinchgina uhlayvermaydimi,yaramas..dedim kesatib.. -Nima bo’lsa bo’ldi,kalitni ollaring bu yerdan juftakni rostlashimiz kerak tezroq..dedi Ravil.. Yerda yotgan latta puttalar bilan qo’limiz tekkan joylarni artib,seyf turgan xonaga o’tdik.. Seyfni ochib ko’rdik..Seyf ichida dollarlar taxlanib yotardi..Ko’zimiz qinidan chiqib ketay dedi,chunki hali bunchalik darajada ko’p miqdorda pulni ko’rmagan edik.. Shoshib pullarni o’zimiz bilan olib kelgan ryukzaklarga taxlay boshladik..Shu vaqt Ravilning extiyotsizligi oqibatida qo’li eshikka tegib ketdi..Eshik taqirladi..Biz hammamiz cho’chib tushdik..Shu vaqt narigi honadan krovatning g’ichirlagani va oyoq tovushlari xona tomonga yaqinlasha boshladi.. -Dadajon..Yarim kechasi nima qilayapsiz..?qiz bolaning ovozi koridordan kelardi.. Uchalamiz ham o’zimizni jovon panasiga oldik..Qizcha esa hech narsadan bexabar xonaga kirdi.. -Dadajon,shu yerdamisiz..?! Qizchaning qo’llari elekrt yoqgichi tomonga cho’zildi… Ortiq chidab turolmasdim..Agar u svetni yoqadigan bo’lsa,uchalamiz ham tamom bo’lishimizni aniq bilar edim.. Javon ortidan chiqib qizchaga tashlandim..Yagona yo’l uni o’ldirish edi..Qizcha men bilan birgalikda polga quladi..Qizchaning yuziga zarb bilan urdim..Qizcha hushidan ketdi..Qizcha ni polga bosganimdan meni yuzimdagi niqobni qizcha yechib yuborgandi..U menga qarab tikilganini sezdim..U meni yuzimni eslashi mumkun edi..Stol ustida turgan qaychini olib qizchaning ko’zlariga tiqdim..U biroz ingrab,so’ng jon berdi.. -Tepada nima shovqin,yarim kechasi ham uxlamayapsizmi dadasi..?!Pastdan ayol kishinig biz tomonga kelayotgan shovqini eshitildi.. Uchalamiz ham bir birimizga qarab bosh irg’adik.. Birozdan so’ng esa..Ayolning murdasini qizcha yotgan honaga sudrab olib kirdik.. -Yana uchta odamni o’ldirdik,endi topib olishsa aniq otishadi..dedi Hansirab Ravil.. -Chakagingni o’chir..Tez tez qimirla..Pullarni olib bu yerdan quyon bo’lish kerak dedim.. Uchalamiz seyfdagi bor pullarni yig’ishtirib..Oraqadagi yo’lak orqali juftakni rostladik.. Bizning bu mehmondorchiligimiz, bu oilaga qimmat tushgan edi… Kochaga chiqib olgach esa 2 ko’cha nariga qo’ygan mashinaga yetib bordik..Mashinaga joylashib bo’lgach,esa biz uyimizga ravona bo’ldik.. ‘U meni tanib qolgani chatoq bo’ldi-da,essiz yosh qiz edi..Nima bo’lganda ham uni o’ldirmoqchi emasdim”deb o’zimga o’zim tasalli bergancha qanday qilib uyga yetib kelganimni sezmay qoldim.. Pullarni obdon taqsimlagach,marixunnadan obdon chekib olib kelajak rejalarini tuza boshladik.. Axir har birimizda naqd 48000$ bor edi-da… -Seni bilmadim-u,lekin men bu shahardan butunlay ketaman..Uzoqqa..dedi Mamnun kayfiyatda Ravil.. -Men esa aytmayman nima qilishimni,har holda rejalarim bisyor dedim,miyg’imda kulib.. Shirin suhbatimiz tongga yaqin yakunlandi.. Erta tongda esa uchalamiz uch tarafga tarqaldik.. Men ularning qorasi ko’zdan g’oyib bo’lgach,avtobus bekatiga borib..Avtobus kuta boshladim.. Avtobus jo’nashiga 2 soatlar vaqt borligini aytishgach esa… Issiq ta’sir qildimi,yoki kechasi juda charchaganimdan-mi? ko’zim ilinibdi.. Avtobusning signal chalishidan uyg’onib ketdim.. Menga tegishli o’rindiqqa o’tirib..Ko’zlarimni yumdim.. Yo’l olis edi..Ancha vaqtdan beri uhlayotganim uchun yonimga kelib o’tirgan odamning sharpasini sezmabman.. Qaradim… Yo alhazar..Yonimda behad hushruh qiz o’tirardi..Ahyon ahyonda yuziga soya solayotgan zulflari shu qadar uni latif ko’rsatar edi-ki.! Hiyol qayrilgan qoshlar..! Qarilgani yoyni eslatuvchi kipriklar..Quyosh nurlarida go’zal jilva sochayotgan kokillar..Har qaday odamni jonini olga-da qodir bo’lgan,jodu kabi ko’zlar..! Yuragim orziqib ketdi.. Yutinib so’z boshladim..U bilan suhbatlashish uchun tayinli bir gap topa olmaganim uchun so’radim.. -Kechirasiz,bu avtobus qayerga ketayapdi..? -Iya,qayerga ketayotganini bilmaysizmi.?dedi qoshlarini chimirib.. -Yoq..yo’q siz meni notug’ri tushundingiz..Men qayerga yetdik demoqchiydim dedim qovun tushurganimni bildirmaslikka harakat qilib.. U bextiyor jilmaydi..Uning jilmayishi har qanday dardga malham bo’ladigan mehrigiyohga o’hshardi. Biz tezda til topishib ketdik..Bu borada ko’chadan orttirgan tajribam ancha qo’l keldi..Chunki ko’chada sanqib yurish barobarida ancha muncha bilan suhbatlashib so’z boyligim yetarlicha ortgan..Psixologiaga qanday ta’sir qilishni yahshi bilar edim.. Uning ismi Nilufar ekan..Qanday ajoyib Nilufar..Bu ismni o’sha damda hayqirib aytgim kelib ketdi.. Ikkalamiz yahshigina tanish bo’lib oldik.. Suhbat qizigandan qizib,Manzilga qanday yetib kelganimizni bilmay qoldim..U qizdan telefon raqamlari olgach esa..Uni kuzatgancha bekatda qo’l siltab qoldim.. Bekatdagi oshxonaga kirib obdon ovqatlandim..Bu yerlarga kelishimdan maqsad nima ekanligini umuman bilmasdim..Biror ish qilay desam..Bu yerning sharoitini bilmayman..Buning ustiga esa haligi voqealarni unuta olarmikanman..!?Jinoyatlarim jazosi qachondir kelishi haqidagi o’ylar butkul meni aqldan ozdiradigan darajada azoblardi..Garchi diydam allaqachon onam bilan yashagan damlarim qotib ketgan bo’lsa ham, norasidal umriga zomin bo’lganimni kechirib bo’lmaydigan jinoyat ekanligiga aqlim yetar edi..Ammo nailoj ularni o’limi orqasidan topgan pularim jonimga oro kiradi deb o’ylardim..Endilikda bunday ishlarni qilmasam hammasi joyida bo’ladi deb o’zimga o’zim taskin berar edim.. Ammo Nilufar haqida o’ylasam,barchasini unutib yashagim kelayotgan edi… O’sha damdagi holatnimni eslasam..yuragim orziqib ketadi..Menday yuragi alamzadalik hissi bo’lan to’lgan yigit uchun..Bunday uchrashuv chinakam yaratganning hadyasi bo’lgan bo’lsa Ne ajab…!?
Davomi bor...