"Chandiq detektiv - Sarguzasht


Barzangi bola bechorani xona chetidagi suv to'la xum yoniga sudradi.Sochida tutib kallasini suvga tiqib azoblardi.Bola bechora baqirmoqchi bo'lar,kimlarnidir yordamga chaqirardi.Lekin natija bo'lmasdi.Chamasi 16yoshlardagi bu bola hushidan ketdi.So'ng barzangi uni yog'och kravotga yotqizib,kamerga beso'naqay jilmaydi.So'ng oqxalat kiygan kishilar kelib hushsiz asirni qornini yorib,ichki a'zolarni olib avaylab qutilarga joylashdi.Sodiq bu holatni,o'zi tanigan bu yigitchani burdalanganligi ko'rib hushini yo'qotayozdi. -Xo'sh,menga o'g'il bo'lasanmi-Akramni savoli xayolini bo'ldi. -Boshqa ilojim bordek so'raysiz-nafrat bilan tikildi Sodiq. -Tez faxmlaganingdan xursandman.Endi sen Bakir Asadov Akrmovich,yani meni o'g'limsan.Hozir seni qiyofangni o'zgartiramiz va 2soatdan so'ng Moskvaga uchamiz."Demak,bular kimnidir o'g'rilashini bilib,oldindan harakatni boshlashgan"o'yladi Sodiq. O'sha zahoti 2rus qiz kelib Sodiqni qiyofasini o'zgartirishdi.Moviy ko'zlar,malla sochlar,qoshlar qora tusga kirdi.Ilgari Sodiqni yaxshi bilga odam hozir uni ko'rsa umuman bu o'shaligiga ishonmasdi.Xullas ular yo'lga otlanishdi.Sodiq ilk bora samolyotga chiqdi.Qachonlardir Bobir bilan shaxsiy samolyoti bo'lishini orzu qilishganini esladi.Endi do'stini ko'rishdan umidini uzib,ko'zlarini yumdi.Ko'zlaridan ko'zyoshlar quyilib yuzlaridan dumalardi. Oradan kunlar o'tdi.Sodiqni yo'qolganligi haqidagi xabarni televizor orqali ko'rgan Bobir tushkunlik girdobiga tushdi.Uni hatto mexribon onasi ham ovutolmadi. Sodiqni esa Moskvaga kelganiga 14kun bo'ldi.Unga ko'rsatilayotgan iltifot tagida nima borligi,organizmlari sotish uchun burdalangan bola haqidagi o'ylar uni qiynardi.Bu yerda uni hamma Bakir deb atashardi.U kun bo'yi o'zini hashamatli xonasida chiqmas edi.Gohida Akram Bakir bilan suhbatlashar,unga yaxshi taassurot qoldirishga urinardi.