“Aytilmagan dil izhori”

“Aytilmagan dil izhori”
“Aytilmagan dil izhori”


Ismim Nodira oilaliman. 3 og ‘il farzandim bor. Erim g ‘amxo‘r, qaynonamdan alohida yashaymiz. Tashqaridan qaraganda juda baxtliman. Lekin, armonim bor, ilk muhabbatimga sevishimni ayta olmaganman… 

Dadamning aytishlariga qaraganda, oyijonim meni dunyoga keltirib olamdan o‘tgan ekanlar. 

Akam va meni tarbiyam uchun oyimning vafotlaridan bir yil o‘tib dadam uylanibdilar-u lekin, o‘gay onam bizga yaxshi qaramaganliklari uchun ajrashibdilar. Dadam sal vaqt o‘tib, bir bolasi va eri avtahalokatga uchrab, faqat o‘zi tirik qolgan Maxliyo degan ayolni enagalikka ishga yollabdilar. 



Dadam yaxshi bir lavozimda ishlaydilar. Hayotda og‘ir,bosiq insonlar. 

Men ulg‘aydim. Dadam va Mahliyo xolam menga onam o‘rnini bildirmaslikka harakat qilishdi. 

Dadamning haydovchisi bo’lardi, ismlari Bobur aka. O‘g‘illari men bilan teng, ismi Nurbek edi. Biz bir sinfga borardik, Bobur aka bizni maktabga birga olib borib, birga olib qaytardilar. 

Nurbek menga juda mehribon edi. Ulg‘aydik. Chiroyli bo‘lganligim uchun oshiqlarim ko‘p edi. Lekin, Nurbek meni ximoya qilardi. Nurbekga nisbatan qalbimda nimadir his qilardim… U ham menga befarq emasdi-yu lekin, aytmasdi. Kunlar shu zaylda o‘tardi. Litseyni bitirib oliy o‘quvga tayyorlanardim. Bir kuni dadam va men televizorda "Telba” filmini ko‘rib o‘tirgandik. Hayolimga kelgan fikrdan quvonib ketdim. Kinoni ko‘rib bo‘lganimizdan so‘ng: 

–Dadajon kino yoqdimi? – deb so‘radim. 

–Yoqdi qizim – deb javob qaytardilar. 

–Robiya g‘alati qiz ekan, kelib-kelib xonimchini yaxshi ko‘radimi? – dedim. 

–Ex, qizim-a hali yoshsanda. Odam qanaqa kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, buyuk qalb sohibi bo‘lsin. Odam sevgani bilan bo‘lsagina baxtli bo‘ladi. Boylik o‘tkinchi – dedilar. 

–Demak, sizga boylik yoki kambag‘alikni axamiyati yo‘q ekanda? 


Mendagi o‘zgarishdan dadam sirli kuldilar. Uyalib ketganimdan baxona qilib, oshxonaga o‘tib ketdim. 

Qanchalar baxtliman, dadam qarshi bo‘lmaydilar… Lekin, Nurbek menga bir bora ham sevaman demagan. Men qanday aytaman… Ha topdim, sal bildiraman; bugungi dadam bilann bo‘lgan voqeani aytib beraman… 

Ertangi kun o‘qishga borganimizda Nurbekga aytdim. Lekin, uning gapi hayratga soldi: 

–Dadang yaxshi hayotni ko‘rgan odamda… Domla bergan masalani yechdingmi? 

Shunday desada, lekin g‘amxo‘r edi. Sevishini bilardim. Uni dil izhorini kutardim. 

Oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirar vaqtimiz Nurbek topshirmadi. Oilasida uch singlisi bo‘lganligi uchun: 

–Dadamni ishlagani nima bo‘ladi, men Rossiyaga borib ishlab kelaman, keyin o‘qishga kiraman, dedi. 

Kutasanmi? Qo‘ng‘iroq qilasan-a? 

Yuragim hapqirib ketdi: 

–Ha kutaman, dedim. 

U ketdi… Men o‘qishga kirdim. Uni kutdim. Uch yilga ketgandi. Menga sovchilar kelib charchamasdi. Lekin, men hammasini rad etardim. O‘qishimizda bir olifta Zohid degan bola bor edi: 

–Nodira, iltimos meni rad etma, boylging kerak emas, seni sevaman… 

–Tinch qo‘ying, meni yigitim bor, derdim har safar. 

U bo‘lsa: 

–Aldama, ikki yildan beri ortingdan yuraman, bo‘ldi yetar, seni baribir o‘zimniki qilaman… 

Shunday vaqtda Nurbekning yo‘qligi bilinardi. Kelishiga yana bir yil qolgandi. Ikki yil ichida telefonda gaplashib turardik, uyiga pul jo‘natardi. 

Bir safar tel qilganida, u yerda uylanganini, baxtli ekanligini aytib, suyunchi oldi. 

Nahot sevganimni sezmagan bo‘lsa, rosa alam qildi… 

Afsus, bu oxirgi gaplashishimiz ekan… Jaxl ustida ortimdan yurgan Zohid bilan kechki ovqatni birga yeyish uchun rozlik berib yubordim. 

Keyin, afsuslandim-u lekin, kech edi… 

Dadam ish bilan safarga ketgandilar, akam boshqa viloyatda o‘qirdi. 

Dugonamnikiga boraman deb, Maxliyo xolamni aldadim. 

Zohid bilan kechki ovqtani yedik. Keyin, mashinasida uyimga kuzatib qo‘ymoqchi edi, telefoni jiringlab qoldi: 

–Alo, ha eshitaman? 

– … 

–Nima? Hozir yetib boraman? – deb baqirib yubordi. 

–Tinchlikmi? – dedim xavotirlanib. 

–Yo‘q, oyimni og‘irlashib qolibdilar – dedi. 

Men indamadim. Birga ularnikiga bordik: 

–Yur Nodira, tez kir, oyim yolg‘iz – deya, tez kirib ketdi. 

Orqasidan men ham kirdim. 

Eshikni ochdi. Shubhalana boshladim-u lekin, oyisining betobligi hayolimdan chiqmasdi: 

–Kir, dedi. 

Kirib, asta mehmonxonaga o‘tdim. Niyatini tushundim-u tezda orqamga qaradim. Zohid kulib turardi: 

–Bu nima qilganingiz? Qo‘yib yuboring, ketaman! – deb baqirdim. 

–Bilaman bu xato, lekin meni kechir, iltimos. Seni sevaman. Boshqa yo‘lini topa olmadim. Bugun meniki bo‘lasan… 

Afsus… Sevganimga, o‘zimga, sha’nimga, oilamga xiyonat qildim… 

Zohid meni aldamadi, tez orada sovchilari keldi, to‘yimiz belgillandi. To‘y bo‘ldi… Hamma bir ko‘rishda oshiq bo‘ladigan ko‘zimga bir umrga mung tushdi. 

Bir kuni uyga borsam, dadam do‘ppilarida endi ketmoqchi bo‘lib turgan ekanlar: 

–Tinchlikmi dada? – desam. 

–Qizim tinchlikmas… Bobur akangni o‘g‘li Nurbek Rossiyadan kelganiga bir oy ham bo‘lmasdan, olamdan 

o‘tdi. Yuragi kasal ekan… 

Hushimdan ketib qoldim… 

Nurbeklarnikiga borganimda, uni so‘ngi yo‘lga kuzatib bo‘lishgan ekan… 

Ikkinchi singlisi oldimga kelib, quchoqlab oldi, yig‘i aralash pichirlab gapirardi: 

–Opajon, akam sizni sevardi. Rossiyadan qaytganidan keyin aytmoqchi bo‘lgan ekan. Lekin, u yerdagi og‘ir mehnat yuragiga og‘irlik qilib, kasal bo‘lib qolibdi. Ozgina ishlay ketaman, deb yuraveribdi. Tuzalmasligini bilib, uylandim, deb sizni aldabdi. Buni kelganidan keyin, o‘limi oldidan aytdi… 

Ko‘z yoshlarimni to‘xtata olmasdim… 

Oradan oylar o‘tib o‘g‘lim tug‘ildi. Ismini unga atab Nurbek qo‘ydik… 

Muallif: Mohinur

«Usmoniylar imperiyasi tarixi» turkumidan: «USMONIYLARNING 280 KANIZAKNI SUVGA ChO'KTIRGAN ShOHI…»

Mantiqan olganda, aql-hushi joyida odam bu ishni qilmaydi. Endi usmoniylar tarixiga yana bir karra nazar solsak. Bu imperiyani aqlan zaif shohlar ham boshqargan. Masalan, «Muhtasham yuz yil» teleserialida ham Mustafo hazratlari faoliyatiga keng o'rin berilgan. U ham o'limini kutish, jallodlar kirib kelib bo'yniga ipak arqon solishlaridan qo'rqish...

Tuxmat

-Hotin, sovuq choy olib kel! - o'shqirdi aroq ichib, mast bo'lib, gandiraklab kelgan erkak. -Xozir, - qo'rquv aralash javob berdi ayol. Choynakni chumagidan choyni ho'rillatib ohirigacha “yutgach” erkak temir karavotga o'zini tashladi. Birozdan so'ng hona uning guldiragan hurragiga to'ldi. Bir soatlardan keyin og'zi qaqrab, suv ichishga turgan...

Xalol sevgi

Uning ismini qo'l telefonimga (Hadija) deb yozib qo'ydim. Lekin o'ziga bu xaqda aytmagan edim. Bir kuni qo'l telefonimni olib ishlatmoqchi bo'ldi. Qarasa (Hadija) ismi turgan ekan. Darrov shu zaxoti qoni qaynab, peshonasidan ter donalari chiqib ketdi. Jahl bilan mendan (Hadija)ni kim ekanligini so'radi......

Ro'zaning mashru' qilinishi xaqida quyidagicha rivoyat bor

Ro'zaning mashru' qilinishi xaqida quyidagicha rivoyat bor:  Allox aqlni yaratib, unga: "Oldinga o'giril", dedi. U o'girildi. So'ng "Orqangga o'giril", dedi. Yana o'girildi. Keyin Allox: "Sen kimsan-u Men kimman?"...

Shayton aralashdi

Rivoyat qilinishicha, bir kishi hazrati Abu Bakr Siddiqni haqorat qildi. Payg‘ambar alayhissalom ham o‘sha joyda edilar. U zot bo‘layotgan voqeadan ajablanib, hatto tabassum ham qildilar......

Amerika polisiyasi

Amerikaga endi kelgan vaqtimda eskiroq mashinada yurardim. O'zbekistondan olgan xaydovchilik guvoxnomam bilan. Uch......

AJOYIB QISSA

AJOYIB QISSA ! Kunlarning  birida qurbaqalarning to'dasidan  ikki qurbaqa chuqurlikka tushib ketibdi.  Barcha qurbaqalar chuqurlik tepasida jamlanib  olib  -  «Bo'ldi endi,  shu  erda o'lib ketasizlar..   xadib  sakrayverishdan foyda  yo'q"  der  edilar.   Uzoqqa  bormay,  ikki  qurbaqaning  biri qo'rquv va qattiq  tushkunlik  oqibatida nobud ...

Mirzo Ulug‘bek haqida / Мирзо Улуғбек ҳақида (1394-1449)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan 1994 yil Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda katta tantanalar va xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. Parijda ham YUNYeSKO qarori bilan uchrashuvlar va konferensiyalar bo‘lib o‘tdi. Ulug‘bek 1394 yilning mart oyida Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida,...

Falokat.

Nasib qilsa kelar Shom-u-Iroqdan, yo’qsa ketar qosh-u-qaboqdan. Yigit va qizni qancha qiyinchiliklardan keyin vanihoyat unashtirishdi. Yoshlar xursand holda kelin ko’ylak korgani borishdi. Do’kon egasi yigitni bo’lajak kuyovligini bilgach asta bosh chayqadi: -Menimcha siz kelin libosini to’ygacha ko’rmay turganingiz maqulmidi… Menga yoqmasachi?-...

Shariatda bir xukmning fatvo va taqvo taraflari bor

Shariatda bir xukmning fatvo va taqvo taraflari bor. Taqvo yuzasidan rӯzaning xukmi shuki, rӯzador faqat eyish-ichishdan emas, balki nafsni xaromga undovchi barcha narsalardan tiyilishi kerak. Yolg'on, sӯkish, urish-janjal, birovning dilini og'ritish, arazlashib yurish, kӯzini nomaxramdan tiymaslik, fahsh ish va gap-sӯzlardan qochmaslik, bema'ni...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Shoxista
    Shoxista 2 апреля 2021 17:17
    Bölgan voqiyami. U yigit qizni öylap wunday qilibdi juda tasirli hikoya ekan.

Fikr qo'shish