Meni ham izlasin kimdur, mayliga topolmasa ham..

Meni ham izlasin kimdur, mayliga topolmasa ham..
Meni ham izlasin kimdur, mayliga topolmasa ham..


Men yaxshi ko`raman yig`loqi qizni, 
Kelgandan ketgancha ko`z yosh qilsa ham. 
Ko`z yig`lab yupatar har birimizni, 
Ko`z yoshdir ko`nglimga eng toza malham..

Bu satrlarni Radiokanalda eshitgandim va Yon daftarimga qoralab ham qo`yganman. Lekin vaqti kelib, oradan yillar o`tishi bilan, bu satrlar menga ham tegishli bo`lishini bilmabman. 
Xayf ketgan ko`z yoshlarimga.... 
Vujudim borliqqa jo`shqin, Qalbim titroq, Xis- hayajon ila nazar qilar olardi. Tunda, ahli bashariyat shirin uyquning og`ushida beg`am, mastona. 
Men esa hamon uyqudan benasibman, unga BEGONAMAN... nega tun bu qadar alamli??? 
Agar inson ko`z yoshi qilmasa, nima bo`larkin-a? Bu telbalarcha fikr bilaman... Ammo nima qilay, Taqdir bu Kun o`z hukmi bilan Orzuimni Armonga uladi. Men esa ko`z yowim bilan tunni kunga........... 

Yoshligimda "Bekinmachoq" o`ynashni xush kurardim. O`yin boshlandiki, xar doim bekinganlarni izlash mening zimmamda edi. Bu men uchun shunday maroqli edi-ki... Ularni aslo topolmasdim. Vaqt allamahal bo`lgacha o`zlari chiqib kelishardi: "Sen yutqazding, to bizni topmaguningcha keyingi gal ham Izlaysan!" 
Shu hol takror va takror davom etar, bugun ham, indiniga ham shu hol bo`lishini bilsam-da, yana izlayverardim. 
Yillar o`tdi. Aslida bilsam, shu yoshligimgacha ham hayotimda bekinmachoq o`ynab kelgan ekanman. Va turgan gap-ki, bugun ham izlaganimi topolmadim. Ko`z oldimda o`zimdanda kattaroq, yugurgilab o`tgan insonlarni topolmaganman-u... Qanday topay mavhum BAXTni, OMAD va SEVGIni...? 

Ochiq ko`zlarim izlashga emas, ko`z yoshga atalgan ekan, bugun yana izlayapman, ammo bu gal boshqacha. Endi esa to`kkan ko`z yoshlarimni kimdur o`z quvonchiga, kulgusiga erishish uchun tilab oladi. Tilaydi-yu, hadya qilishim bilan parvo ham qilmaydi...! 
O`rtada qoladi ko`z yoshim uvol, Xazonga ulgurgan ko`z yoshim Guvox. 
Eh, vujudim ardog`idagi ko`z yoshim, seni yuragimdan siqib chiqaribmanu, kimga tortiq qilishni bilmabman. Nahot senga shunchaa BEVAFO bo`lsam?... 
Xayf kim uchundir to`kkan ko`z yoshlarim!!! 
Gohi o`yga tolaman: izlashdan ko`ra bekinish osonroq ekan. Bugun men ham bekinib ko`rsamchi? Lekin... bu o`yinda izlovchi Kim??? 
Izlamayman tunda yorug`lik nurni, 
Izlamayman kunduz qorong`u tunni! 

Nima bo`lganda ham yo`qlab charchadim. Bugun men bekinay, bir bora izlang meni, KERAKLIGIM! Toki meni o`gay gunohlarim topolmasin. Mayli, bir umr bekinishga roziman! Lekin meni izlasin kimdur, MAYLIGA TOPOLMASA HAM..

Qariyalar uyidagi otaning istirobi

Salom o'glim!  Balki bu xatim sening qo'llaringga tushmas balki yetib borsa xam o'qimassan..  Lekin negadir bugun yozgim dardlarimni shu xatga tushurgim keldi. Taqdir shunday ekan keksayib qolib nevaralarimni yonida kelinimni qo'llaridan choy ichib xordiq olib keksalik gashtini surar chog'imda Qariyalar uyiga olib kelib tashlading. ...

Kuchlikdan ham kuchli bor

Judayam chiroyli, qomatlari kelishgan yosh qiz kuchli, gavdali, navqiron yigit bilan ketayotgan edi. Ulardan oldinroqda, keksa, qaltiroq kasalga chalingan chol zo‘rg‘a gandiraklab yurib borardi....

Falokat.

Nasib qilsa kelar Shom-u-Iroqdan, yo’qsa ketar qosh-u-qaboqdan. Yigit va qizni qancha qiyinchiliklardan keyin vanihoyat unashtirishdi. Yoshlar xursand holda kelin ko’ylak korgani borishdi. Do’kon egasi yigitni bo’lajak kuyovligini bilgach asta bosh chayqadi: -Menimcha siz kelin libosini to’ygacha ko’rmay turganingiz maqulmidi… Menga yoqmasachi?-...

Begona qo'ng'iroq

Kunlarning birida begona telefon raqamidan qo'ng'iroq bo'ldi, go'shakni ko'targanimda narigi tarafdan: -Dada, men sizni qattiq sog'indim, juda qattiq sog'indim, tezroq kelsangizchi. Dada! - degan kichkina qizbolaning umidli, mahzun......

TANISH KABUTARLAR

Yomg‘irli kunlar uzayib ketdi. Bahor oyi boshlangan bo‘lsa-da, qishning qahri kesilmagandi. Bog‘dan eshitilib turadigan qushlarning ovozi ham siyraklandi. Sakkizinchi qavatning oynavand ayvoni raxiga qo‘ngan bir-ikki qush to‘kilgan non ushoqlarini tez-tez cho‘qilaydi-da, boshini yelkalari orasiga olib, xomush tortadi. — Jonivorlar yegulik...

Muqaddas Ramazondagi duoning ijobati

Muqaddas Ramazondagi duoning ijobati O'tgan yili Ramazon oyida jazirama yoz kunlari xar kuni qishloqdan shaxarga — ishga qatnashda issiq va xolsizlikdan tinkasi qurirdi. Kechqurun iftorlikka yaqin oyoqlarini sudrab uyga kirib borar, bir qultum suv bilan og'iz ochar-ochmas ko'zi ilinardi. Yana ikki maxalla naridagi masjidga tarovex namoziga...

Noumid shayton (hikoya)

Bir zamonlarda bir mashhur shayx yashar edi... ILM va DONOlikda tengi yo‘q... Undan ilm olishga hamma oshiqar, uzoq yaqindan ILM TALABIDA yurgan ko‘pchilik yoshlar kelishardi. Bir yigit ham shayxga shogird tushish niyatida keldi... Ustozidan dars olishni boshladi... Dili IYMON nurlariga to‘lib, quvonib hamisha USTOZi aytganlari qunt bilan o‘rgana...

OQ BO'LISh JAZOSI!

OQ BO'LISh JAZOSI! (ibratli xikoya) Bir keksa ayol o'g'li va kelini bilan bir xovlida yashar edi. Bir kuni o'g'il ishdan kelsa hotinning avzoyi buzuq. Buning sababini so'ragan edi, onasining ustidan shikoyat qilib, anchagina yomon gaplarni gapirdi. O'g'il bunday so'zlarni ko'p eshitgan bo'lsa-da, bu safar toqat qila olmadi. Biroq jaxli chiqqanini...

ONALIK MUXABBATI

ONALIK MUXABBATI Qizaloq esini tanigan kundan boshlab onasidan cheksiz mexr ko'rgandi. Onasi uni shirin so'zlar aytib erkalar, qizini beg'ubor, go'zal malika der, qizaloq onasidan eshitgan bu so'zlarga ishonib ulg'ayayotgandi. Onasi unga yuzlaridan nur taralishini, oxu ko'zli ekanini aytishdan charchamasdi. Onasining bittagina farzandi edi u....

Hikoya: Uzuk o'g'risi

Gulzor tog'orani olib, kir yuvishga hozirlandi. So'ng  barmog'idagi uzukni yechib sovun qutisining ustiga qo'ydi. Gulzorning bu uyga ko'chib kelganiga hali ko'p bo'lgani yo'q, hovlisi qishloq chekkasida joylashgan bo'lib, qo'shni uyda Abdulla aka ismli kishi turmush o'rtog'i va ikki qizi bilan birga yashaydi. Odamlar hali bu yerlardan uy qurishni...

Fikr qo'shish