Shohrux (Ummon) - Meni baxtim

Shohrux (Ummon) - Meni baxtim
Shohrux (Ummon) - Meni baxtim

Shohrux (Ummon) - Meni baxtim Текст песни


Nahotki, ikkimizdan ham bir kerakli so`z topilmasa,
Nahotki, bu keraksiz mavzu ochilsa-yu yopilmasa.
Nahotki, baxtim deganim, endi armonim bo`lib qolasan,
Nahotki, yarim bo`lagim, ko`nglim yarmim bo`lib olasan.

Uch kundan beri uyqu yo`q, almashtiradi oy quyoshni,
Lekin manga farqi yo`q.
Halovat yo`qolgan, topilmaydi o`zimni qo`ygani joy,
Holim hech kim bilmaydi, lek yurak so`rar najot.

O`sha kundan beri qiziqtirmas ob-havo,
Qiziqtirmas olam, “tv”dagi navo.
Qilolmay tasavvur, xayolda bitta savol:
Shuncha yillar asragan baxtim topdimi zavol?

O mani baxtim, qarshingdaman so`nggi bor,
Nahot qolmadi vaqtim? So`zlarim tingla so`nggi bor.
O mani baxtim, endi bir o`zing yet orzularimizga,

Qolmadi vaqtim, ko`z yoshlaringni ko`rsatmagin hech kimga.

Ou, ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma,
Mayli, baxtli bo`l, meni esa hech o`ylama.
Ou, sen ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma,
Sevganing bilan baxtli bo`l, hech qachon undan ayrilma.

Endi mani ko`zlarim bilan olamga qara,
Shunda qanchalik sevganim qilolasan faraz.
Oddiy ko`chalardan topib go`zal manzara,
Hayotga sevgan ko`zlar bilan qara.

Endi mani quvonchim bilan boshlagin kuning,
Baxt sababchi bo`lsin ko`zing yoshlagan kuning.
Endi mani qo`ng`iroqlarim buzmaydi tuning,
Endi yuzingdagi tabassum bo`lmaydi sun’iy.

Endi hayotimning nuri bilan yorit yo`ling,
Qiyin bo`lganda orzularimiz tutsin qo`ling.
Endi mani fe’lim bilan tashvishga beparvo
Bo`lib, shirin xayollaringda qilaver parvoz.

Endi bo`lsin o`sha shirin tushlaring bari rost,
Bo`l baxtga yaqinroq, mayli, mandan nariroq.
Parvoz et eshitmay, yonimda qol desam,
Man esa pastga, qanotlarim qoldi sanda.

O mani baxtim, qarshingdaman so`nggi bor,
Nahot qolmadi vaqtim? So`zlarim tingla so`nggi bor.
O mani baxtim, endi bir o`zing yet orzularimizga,
Qolmadi vaqtim, ko`z yoshlaringni ko`rsatmagin hech kimga.

Ou, ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma,
Mayli, baxtli bo`l, meni esa hech o`ylama.
Ou, sen ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma,
Sevganing bilan baxtli bo`l, hech qachon undan ayrilma.

Sardor Rahimxon - Nazar-nazar

Samarqandning go’zali, Boshida do’ppi-zari. (x2) Soladi menga nazar, Jonima berdi ozor. (x2)...

Qilichbek Tojiev - Men sevgan qiz o’zganing yori

Tonglar otar sendan darak yo’q,  Kunlar botar sendan darak yo’q,  Osmon to’la yulduz – sog’inchim,  Yuragimda lovullagan cho’g’....

Rayhon - Yolg’on

Nechun to’kiladi ko’z yoshlarim,  Nechun bo’ysunmas faryodim?  Nechun parishon bu xayollarim,  Nechun seni o’ylay toldim?...

Ulug'bek Rahmatullaev - Kelmadi

Kuting deya kuni kecha, Va’dalar berib bir necha, Sog’intirib to tonggacha-ye, Kelmadi mana, yana kelmadi....

G'ulomjon Yoqubov - Jonimda darmon qolmadi

Yor mani yoqding, yondirding,  Jonimda darmon qolmadi. (x2)  Majnundek sahro, cho’linda  Dilimda farmon qolmadi. (x2)...

Ummon - Bum-bum

Ko’zlarini suzmasin-ey,  Kipriklari bir kamon-kamon.  Haddilaridan oshmasin-ey,  Shu nozlaridan holim yomon....

Jasur Umirov - Og’alar

Dardim eshit, dardim og’alar, Sevish aybmi, ayting og’alar, Tushkunlik hech bitmas, og’alar Hijronlar yuragim dog’lar. (x2)...

Ravshan Komilov - Sohibkamolim

Do’stlar, bir dilbari, joni jahonim bor mani, Lablari shahdu shakar, shirin zabonim bor mani. Qomati sarviravon, g’unchada holim bor mani, Kiprigi nayza misol, qoshi-kamonim bor mani,...

Habiba Oxunova - Sabo bilan

Dilrabo, qalbimga kirding tonggi ul sabo bilan, Sabo bilan, Ne sabokim, subhidamda yangragan navo bilan Navo bilan....

Yulduz Abdullayeva - Bilmadim

Qayda qoldi ul vafo, ko‘nglim shaydo aylagan, Qayga ketdi bevafo, mani ado aylagan? Qayda qoldi ul vafo, ko‘nglim shaydo aylagan, Ketdingizmi bevafo, mani ado aylagan?...

Fikr qo'shish