Muhabbat Shamayeva - Ko’chalar

Muhabbat Shamayeva - Ko’chalar
Muhabbat Shamayeva - Ko’chalar

Muhabbat Shamayeva - Ko’chalar Текст песни


Ko’chalar, ko’chalar, oydin ko’chalar,
Buncha ham go’zalsiz qaydin, ko’chalar?
Tag’in u o’tdimi, o’sha beparvo,
Ko’ngillar sohibi, ayting, ko’chalar?
Ko’chalar, ko’chalar, oydin ko’chalar.
To’ldirib yuribdi sizni yoshlik, iqbol,
Quyosh ham tushibdi taralib xush hol.

Tag’in u o’tdimi, o’sha beparvo?
Ko’nglimda beadad baxsh etgan farax.
Ko’chalar, ko’chalar, oydin ko’chalar.
Yor boqmay o’tarmu yor jamoliga,
Rahmingiz kelmasmu oshiq holiga?
Qayda u beparvo, qayda u barno?
Yetaklang, chiqaylik istiqboliga.
Ko’chalar, ko’chalar, oydin ko’chalar.
Ko’chalar, ko’chalar, daryo ko’chalar,
Daryoday yuragi, daryo ko’chalar.
Bag’rimday betinim, toshqin va uyg’oq,
O-o-oy, jo-on, yoray.
Bag’rimday betinim, toshqin va uyg’oq,
Bag’rim sohibiday barno ko’chalar.
Ko’chalar, ko’chalar, oydin ko’chalar.

Ozoda Nursaidova - Farqi yo’q

Dunyoning men ko`rmagan Azobi yo`q, dardi yo`q. (x2) Kelsa kelar balolar, Menga endi farqi yo`q. (x2)...

Nilufar Sultonova - Sevolmading

Sevish qiyin ekan, sevib charchadim, Baxtga yetmoq og`ir, yig`lab charchadim. Qancha qilay sabr, kulib charchadim, Alvido, alvido, bevafo yor....

O'lmas Olloberganov - Go’zalsan

Tunda senga yulduzlar Havas bilan boqardi, Oy sendan so’rab chiroy Qora tinib oqardi. (x2)...

Anvar Sobirov - Devona qildi

Devona qildi dardi, Yorning qo’yg’an har sharti. (x2) Bosh egar dildorina-ey Man degan mardning mardi. (x2)...

Botir Zokirov - Kechalar yulduz sanayman

Kechalar yulduz sanab,  Yulduz ko’zingmi deb yonaman,  Oy magar chiqsa qarab,  Vaslingmi deb to’lg’onaman....

Bahrom Nazarov - Gapim bor

Yulduzdayin charaqlab, qayga ketib borarsan? Seni yomon sog`indimku, gulim. (x2) Aytarlarim tilimda, guldastalar qo`limda, Hajringda yondi oshiq dilim....

Mahmud Namozov - Armon

O`g`ling bo`lsa tillo oshiq o`ynagan, Qizing bo`lsa o`z husniga to`ymagan, (x2) Xudo bizning nikohimiz suymagan, Osmonlar aylanib, armon bo`ldilar,...

Yulduz Usmonova - Xush keldilar

Iltifot qilib chora, xush keldilar, Xush keldilar, xush keldilar, xush keldilar. (x2) Xamrexta nuri Xudo xush omadan, Xush omadan, xush omadan, xush omadan....

Via Marokand - Shokoladim

Sen va men bir arifmetika, Doim shunday bo‘laylik. Ikkimiz birga romantika, Dunyo oralab boraylik....

Ibrohim Hamidov - Uylanamizda

Bahor o'tdi kuz o'tdi Yonimdan bir qiz o'tdi Yosh ham o'ttizga yetdi Uylanamizda...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Тохир ака
    Тохир ака 17 февраля 2022 20:13
    Баърака топгурлар кирилчани тугри ёзинглар, хар бир мисрада 5 тадан хаъто бор,кирилча ёзишни билмасангизлар,узларингизни лотинчангизда ёзинглар! Узларингизни шарманда килмасдан! Астофурло!

Fikr qo'shish