Turkcha somsa retsepti - tayyorlash bosqichlari + foto

Turkcha somsa retsepti - tayyorlash bosqichlari + foto
Turkcha somsa retsepti - tayyorlash bosqichlari + foto


Uy sharoitida tayyorlangan turkcha somsa nafaqat tamaddi uchun mukammal variant, balki mehmonlarni siylash uchun ham ajoyib taom bo’ladi. Ishtaha ochar obdor nachinka, qarsildoq xamir — juda mazali!

TURKCHA SOMSA TAYYORLASH RETSEPTI
Tayyorlash vaqti: 1,5 soat | Portsiyalar soni: 12
Kerakli masalliqlar:

Margarin yoki sariyog’ — 250 g;
Smetana — 250 g;
Un — 750-850 g;
Iste’mol sodasi — 1 chimdim;
Qiyma go’sht — 500 g;
Kartoshka — 2-3 dona;
Piyoz — 2-3 dona;
Tuz, murch, ziravorlar — ta’bga ko’ra;
Tuxum — 1 dona;
Kunjut — 1 osh qoshiq.
Tayyorlanishi

Chuqurroq idishga iste’mol sodasi qo’shgan holda un elab solinadi.

Muzlatilgan sariyog’ (sifatli margarindan ham foydalanish mumkin) pichoq yoki qirg’ichdan chiqarish orqali maydalanadi. So’ng unga qo’shib, qo’llar yordamida bir xil massadagi ushoq xosil bo’lguncha aralashtiriladi.

Keyin aralashmaga sekin-asta smetana qo’shgan holda (u biroz ko’proq yoki kamroq kerak bo’lishi mumkin) xamir qoriladi. Xamirdan zuvala yasalib, bir muddat sovutgichga qo’yiladi.

Ayni paytda somsa uchun nachinka tayyorlanadi. Piyoz mayda kubik shaklida, kartoshka esa ingichka somonchalar shaklida to’g’rab olinadi yoki qirg’ichning yirik tishi orqali o’tkaziladi. Masalliqlar qiymaga qo’shiladi.

Qiymaga ta’bga ko’ra tuz va murch solinadi. Xush ko’ruvchilar boshqa ziravorlar yoki quritilgan ko’katlar qo’shishlari ham mumkin. Barchasi yaxshilab aralashtiriladi va tayyor bo’lgan aralashmadan kichik ovalchalar shakllantiriladi.

Xamir un sepilgan yuzaga qo’yiladi va yupqa qilib yoyiladi. So’ng o’rtacha kenglikdagi uzunchoq kesimlarga ajratib olinadi. Turkcha somsa yanada chiroyli ko’rinishi uchun xamirni shakldor pichoq yordamida kesish mumkin.

So’ngra barchasi juda oddiy: har bir xamir bo’lagiga nachinka qo’yib o’rash va chetlarini mahkam qilib yopishtirib chiqish lozim.


Somsaning yuza qismiga tuxum surtib, biroz kunjut sepiladi. Yog’langan yoki pergament yoyilgan protivenga bir tekis qilib terib chiqib, 180 °C gacha qizdirilgan pechda 35-40 daqiqa davomida pishiriladi.

Turk somsasi tayyor. Biroz sovigach, dasturxonga tomatli sous yoki sirka eritmasi va issiq choy bilan tortiq qilish mumkin. Yoqimli ishtaha!

Do'lma tayyorlash - uzum barglaridan kovatok retsepti

Tokli do’lma (kovatok) uzum barglaridan tayyorlanadigan nafaqat o’zbek, balki kavkaz, turk va yunon oshxonalarining mashhur taomlaridan biridir. Do’lma guruch, go’sht, baliq, sabzavot yoki yong’oq bilan bo’lishi mumkin. Taomning nomi tukcha fe’l — to’lmoq so’zidan olingan. Maqolada taomning klassik turi — go’shtli do’lma tayyorlanishi retsepti...

Ko'k somsa

Undan o'rtacha yumshoqlikda sho'r suvga oddiy hamir qilinadi. Va biroz tindirib qo'yiladi. Ko'katlar tozalanib, kartoshka va go'sht kubik qilib to'g'raladi. Tuzi rostlanadi. Tingan hamir yupqa yoyilib, omuhta yog' surtiladi. Hamir rulet xoliga keltirilib o'raladi. Va uni muzlatkichga 1 soatga qo'yiladi. Hamir muzlatkichdan olinib, bo'laklarga...

Olmali quymoq

Quymoq - barcha uchun sevimli nonushta. Taqdim etiladigan quymoq retsepti esa siz va yaqinlaringiz uchun juda ham sevimli nonushta bo'la oladi. Ushbu retseptni bir bor tayyorlashingiz bilan takror va takror tayyorlashga odatlanasiz. Mazali, oddiy va tez tayyorlanadi....

Meksika burittosi

Meksikaliklarning kundalik, sevimli tamaddilaridan biri. Juda ham mazali va vitaminlarga boy. Tayyolanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Okroshka (yahna sho'rva)

Go'sht sho'r suvda 1 soat davomida (go'sht pishgunicha) qaynatilinadi. So'ng sho'rvasi sovutishga olib qo'yilib, go'sht va bodring somoncha to'g'raladi. Kartoshka va tuhum qirg'ichning yirik tishidan o'tkazilinadi. Ko'katlar to'g'ralib, go'sht qaynagan suvga xamma masalliqlar solinadi. Qatiqni xam atalab, solinadi. Tuzi yana bir bor rostlanib,...

Yogurt - resepti, uy sharoitida 3 xil turini tayyorlash usullari, texnologiyasi, sirlari

Tabiiy yogurt – ochlik hissini yaxshi qoldiradigan, qisqa muddatda ozishga yordam beradigan, sog’lom nonushta sifatida xizmat qiladigan ajoyib mahsulotdir....

Manti

Idishga unni solib, sho'r suvda hamir qoramiz. Hamir tingunicha qiyma tayyorlaymiz. Go'sht va piyoz mayda kubik to'g'raladi. Ziravorlar solib, tuzi rostlanadi. Tingan hamir yupqa qilib yoyiladi. Yoyilgan hamir tahlanib, 5 barmoq enligida kesiladi. Xar bir bo'lakka qiyma solib, tugiladi......

Chuchvara

1 kosa suvda 1 osh qoshiq tuz eritiladi. Tayyor eritma unga solinadi va 2 tuhum ta qo'shib, hamir qoriladi. Hamir yahshilab mushtlab, tindirib qo'yiladi. Qozonga suv solinib gazga qo'yiladi. Suv qaynab chiqqach, 2-3 dona mayda to'g'ralgan piyoz va kartoshkalar solinadi....

Qolipdagi tuxum

Bolalar va kattalar uchun ajoyib nonushta! Birzumda tayyor bo'luvchi, mazali asos solib tayyorlangan tuxum. To'yimli va shuningdek foydali hamdir....

Qovurma lag'mon tayyorlash retsepti - kerakli masalliqlar, pishirish sirlari

Qovurma lag’mon tayyorlash uning boshqa turlariga qaraganda kengroq tarqalgan. Chunki ushbu taomni tayyorlash uchun kamroq kuch va masalliqlar talab qilinadi. O’zbekcha qovurma lag’mon pishirishning yana bir qulayligi shundaki, uning xamiri va qaylasini muzlatgichda bir-biridan alohida ravishda saqlash mumkin, yakuniy taom esa bevosita dasturxonga...

Fikr qo'shish