KFC tayyorlash retsepti - qanotchalar uchun maxsus masalliqlar, bosiqchlar

KFC tayyorlash retsepti - qanotchalar uchun maxsus masalliqlar, bosiqchlar
KFC tayyorlash retsepti - qanotchalar uchun maxsus masalliqlar, bosiqchlar


KFC tovuq qanotchalari tayyorlash retseptini ko’pchilik bilishni istaydi. Albatta restoran haqiqiy retseptni oshkor etmaydi va ko’pchilik masalliqlar KFC restoranlariga ham yarimfabrikat sifatida keladi. Shu tufayli xohish bo’lganda oshpazlar ham uning sirini bila olishmaydi. Lekin olingan ba’zi ma’lumotlarni qo’llagan holda, haqiqiy KFCga juda o’xshash qanotchalar olinadi.

UY SHAROITIDA KFC TAYYORLASH
Tayyorlash vaqti: 1 soat | Portsiyalar soni: 4

Gazak asli kabi mazaga ega bo’lishi uchun go’sht sifatiga alohida e’tibor berish kerak.

Kerakli masalliqlar:

Tovuq qanotchalari — 1 kg;
Elangan un — 250 g;
Achchiq chili sousi — 50 g;
Tuxum — 4 ta;
Tuz — 2 choy qoshiq;
Qalampir — 1 choy qoshiq;
Sarimsoq (quritilgan kukuni) — 1 choy qoshiq;
Murch — 0,5 choy qoshiq;
O’simlik moyi.
Tayyorlanishi

Go’sht oqar suv ostida yaxshilab yuvib olinadi va salfetka bilan quritiladi. Agar salfetka bo’lmasa, ortiqcha namlik shunchaki bug’lanib ketishi uchun uni bir chetga olib qo’yish ham mumkin. So’ng qanotchaning uchinchi falangasi olib tashlanadi, yelka qismidan tirsak qismigacha bo’g’im bo’ylab ehtiyotkorlik bilan kesib olinadi.

Panirovka uchun chuqurroq idishda chilli sousi bilan tuxum aralashtiriladi. Ular bir xil massa hosil bo’lgunda qadar urib ko’pirtirilishi kerak. Keyingi navbatda aralashmaning tuzi rostlanadi va unga biroz dam beriladi.

Boshqa idishga elangan un solinadi. Unga quritilgan sarimsoq, qalampir va murch qo’shiladi. Ziravorlar bir xilda taqsimlanishi uchun barchasi yaxshilab aralashtirib olinadi.

Qozonga qovurish uchun uning 1 / 3 qismigacha to’ldirib yog’ solinadi. Qozon katta bo’lsa, undan kamroq solish mumkin, lekin ortiq emas.
Tovuq qanotlari har tomonlama unda belanadi, so’ng tuxumli aralashmaga botirib olinadi. Yakunida yana bir bor un yoki jo’xori yapaloqlariga belanadi.

Qizib turgan yog’da taxminan 10 daqiqa qovuriladi. Zarur bo’lganda, go’sht qozon tubiga yopishib qolmasligi uchun kapkir bilan aralashtirib turiladi.
Tayyor qanotlardan ortiqcha yog’i ketishi uchun qog’oz salfetkaga joylashtiriladi. Dasturxonga sabzavotli salat, yaxna ichimliklar va istalgan sous bilan tortiq qilinadi. Yoqimli ishtaha!

KFC mazali chiqishi uchun qanotchalarni yaxshi qizigan yog’da (taxminan 170 °C) qovurish kerak. Aks holda ular juda yumshoq bo’lib qolib, ishtaha ochar qarsildoqlikka ega bo’lmaydi.

Tovuq go'shti va gulkaramdan tayyorlangan kotletlar

Yengil va to'yimli kotletlar. Har qanday tayyorlangan garnir bilan dasturxonga tortilsa, dasturxon davrasida hech kimning e'tiboridan chetda qolmaydi. Sabzavotlar va tovuq go'shtidan tayyorlangan kotletlar bir-birini to'ldirib, mayin va mazali bo'lib pishadi. Bunday kotletlar parxezbop sanalib, semirishga yo'l qo'ymaydi. Tayyorlanishi oddiy...

Patir retsepti

Patir (fatir) – Osiyo mamlakatlari xalqining an’anaviy hisoblanadigan pishirig’i, u choyga ham, ovqatga ham ajoyib qo’shimcha bo’ladi. Ushbu retseptdagi patirni piyoz bilan ham, piyozsiz ham tayyorlash mumkin....

Farshli seld balig'i

Bu juda ham mazali! E'tiboringizga taomnoma uchun chinakam yangilikni taqdim etamiz. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib ajoyib ta'mni yuzaga keltiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Pigodi

Un idishga solinib, o'rtasi ochiladi va ichiga hamirturush, iliq sho'r suv solib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi. Hamirni o'rab, oshishi uchun issiq joyga qo'yiladi. Hamir oshgunicha qiyma tayyorlanadi......

Gulkaram sho'rva

Mol yoki qo'y go'shtining yog'liroq joyi va suyaklaridan solib, piyoz qo'shib qaynatiladi, so'ngra gulkaramning gul shohlarini o'zagidan ajratib, kubik shaklida to'g'ralgan sabzi bilan birga qaynab turgan sho'rvaga solib pishiriladi. Shuningdek, sho'rvaga parrak qilib to'g'ralgan kartoshka solingandan keyin olovni pasaytirib, 20 minut daqiqa...

Qattiq pishloq retsepti

Ko'pchilikning sevimli mahsuloti bo'lgan pishloq retseptini e'tiboringizga taqdim etamiz! Bu juda ham mazali! Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Grechkali pashtet

Juda ham mazali va to'yimli! Buterbrodlar uchun asos va mazali gazak o'rnini egallashi aniq. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Kotlet tayyorlash retsepti - usullari, sirlari, mazali go'shtli qiyma nisbati

Kotlet tayyorlash usullari juda ko’p. Biroq, ular suvli va mazali chiqishi uchun albatta sinalgan yo’ldan borgan ma’qul. Quyida uyda pishirish oson bo’lgan kotletalar retsepti sizga havola etiladi....

Olot somsa

Un elab, qaynatib sovutlgan suvga tuz solinadi.  Sho’roq qilib  qattiqina oddiy xamir tayyorlab olamiz. Xamirni yaxshilab mushlab tindiramiz. Ungacha qiymasini tayyorlab olamiz....

Kartoshkali pirojki

Bu usul bilan tayyorlangan pirojkilar barcha oila a'zolari uchun juda ham ma'qul bo'ladi. Mashhur retseptlardan biri. Ushbu retsept taomnomangizdan o'rin olishi turgan gap. Ushbu retsept bo'yicha albatta tayyorlang !...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    sabina
    sabina 27 апреля 2020 13:31
    juda ajoyib😍😍😍 ishtaxa ochar mazali 😋😋😋 lekin ziravorlardan ko'proq qo'shilsa undan xam shirin chiqadi deb o'yleman shunaq qilsa g'alati chiqib qolmasaaa unaqa deyishimning sababi men ziravorli va achchiq narsalarni yaxshi ko'raman😄
    qolgan xamma narsasi zo'r😊

Fikr qo'shish