Do'lma tayyorlash - uzum barglaridan kovatok retsepti

Do'lma tayyorlash - uzum barglaridan kovatok retsepti
Do'lma tayyorlash - uzum barglaridan kovatok retsepti


Tokli do’lma (kovatok) uzum barglaridan tayyorlanadigan nafaqat o’zbek, balki kavkaz, turk va yunon oshxonalarining mashhur taomlaridan biridir. Do’lma guruch, go’sht, baliq, sabzavot yoki yong’oq bilan bo’lishi mumkin. Taomning nomi tukcha fe’l — to’lmoq so’zidan olingan. Maqolada taomning klassik turi — go’shtli do’lma tayyorlanishi retsepti keltiriladi.

TOKLI DO’LMA TAYYORLASH RETSEPTI

Ushbu retsept uchun ta’bga ko’ra qo’y yoki mol go’shtidan foydalanish mumkin.


Tayyorlash vaqti: 80 daqiqa | Portsiyalar soni: 10
Kerakli masalliqlar:

Uzum barglari — 60 dona
Go’sht — 1 kg
Bulyon (sabzavot yoki go’shtli) — 1 litr
Guruch — 200 g
Piyoz — 2 ta
Sarimsoq — 1 dona
Petrushka (yangi to’g’ralgan) — 1 choy qoshiq
Yog’ — 2 choy qoshiq
Murch, tuz, ziravorlar — ta’bga ko’ra
Tayyorlanishi

Dastlab uzum barglari 2-3 soat davomida sovuq suvda ivitib olinadi.
Guruchga iliq suv quyiladi va bir chetga olib qo’yiladi.

Go’sht mayda qilib to’g’raladi yoki qiymalagich orqali chiqarib olinadi.

Kattaroq idishda guruch, petrushka, mayda qilib to’g’ralgan sarimsoq va piyoz, go’sht, ziravorlar, tuz va murch aralashtirib olinadi.
Yoyilgan uzum barglariga yarim osh qoshiqdan go’shtli aralashma solib, ular tugib chiqiladi. Bunda dastlab bargning ikki cheti bukiladi, so’ng rulet qilib o’raladi.

Qozon tubiga do’lma chokini pastga qaratgan holda bir qator qilib terib chiqiladi. Barglar qaynash chog’ida ochilib ketmasligi uchun ularning usti likopcha bilan bosib yopiq qo’yiladi.

So’ng ustidan tayyor bulyon quyiladi. Bulyon do’lmalar sathidan 2 sm baland bo’lishi kerak. O’rta olovda 30-40 daqiqa davomida pishiriladi.
Dasturxonga suzma yoki smetana bilan tortiq qilinadi.

Go'shtli rulet

Tuhumni oqini shakar bilan aralashtirib, issiq sutga solinadi. So'ng, 2 stakan un bilan achitqi solinib, suyuq hamir qoriladi va 2 soatga muzlatkichga qo'yiladi. So'ng, suyuq hamir muzlatkichdan olinib, to'z, yog', 3ta tuhum sarig'i va un solinib, yumshoq hamir qoriladi....

Chak-chak tayyorlash - retsepti, turlari, xamiri va siropi uchun masallliqlar

Chak-chak shirinligi turkiy xalqlar oshxonasiga mansub bo’lib, xamir va asaldan tayyorlanadi. Uning ko’plab turlari mavjud. Ushbu shirinlikni pishirish juda oson bo’lib, buning uchun ko’p mahsulotlar kerak bo’lmaydi....

Pirog "Pomidorli kish"

Mo'jizaviy ta'mga ega! Fransuz oshxonasining mashhur piroglaridan biri. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, lazzatlanish baxtini ulashadi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Ikrali beylgl

Kanada, AQSh davatlarining mashhur va sevimli tamaddilaridan biri. Aslini olib qaraganda tayyorlanishi juda ham oddiy, natijasi esa hech kimning e'tiboridan chetda qolmasligi aniq. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Sabzavot-tovuqli gril

Mo'jizaviy ta'mga ega gazak! Nozik tovuq, vitaminlarga boy sabzavotlar bu chinakam lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Kartoshkali pirojki

Bu usul bilan tayyorlangan pirojkilar barcha oila a'zolari uchun juda ham ma'qul bo'ladi. Mashhur retseptlardan biri. Ushbu retsept taomnomangizdan o'rin olishi turgan gap. Ushbu retsept bo'yicha albatta tayyorlang !...

Moxito tayyorlash retsepti - alkogolsiz, sprayt va mineral suv asosli turlari

Yozning issiq kunlarida alkogolsiz moxito kokteyli chanqoqni qoldirish uchun ajoyib ichimlik sanaladi....

Shilpildoq

Qozondagi qizigan yog'ga oldin piyozni solib, novvot rang tus olgunicha qovuramiz. So'ng, go'shtni solib, qovurishda davom etamiz. Keyin pomidor qaylasi. So'ngra, kartoshka, sabzi, bulg'or qalampirlari, sarimsoq piyoz bo'lakchalari ketma-ket solinib, masalliqlar chiroyli qizil tus olgunicha qovuramiz. Ta'bga ko'ra, sarimsoq piyoz (yashil) va...

Choyhona dimlama

Ushbu taom bosh oshpaz Xislat aka boshchiligida erkaklar tomonidan choyhonada tayyorlangan. Taom 15 kishilik. Kartoshka, piyoz, sabzi va sarimsoqpiyoz artilib, biroz suvga solib qo'yiladi. Karam 6-8 bo'lakka bo'linib, orasiga tuz sepib qo'yiladi......

Pitsa

Idishga unni, gazda erigan margarinni, choy sodasi va tuzli qatiqni solinadi. Tuhumni bittasini sarig'i olib qo'yiladi va qolgani idishga solinib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi va 4ta bo'lakka bo'linib, 30 daqiqaga tindiriladi. Hamir tingunicha nachinka tayyorlaymiz......

Fikr qo'shish