Beze tayyorlash retsepti - kerakli masalliqlar, tavsiyalar, sirlari

Beze tayyorlash retsepti - kerakli masalliqlar, tavsiyalar, sirlari
Beze tayyorlash retsepti - kerakli masalliqlar, tavsiyalar, sirlari


Beze tayyorlash retsepti juda oddiy, buning uchun tuxum oqlarini shakar upasi bilan urib ko’pirtirish kerak. Ba’zan limon sharbati qo’shish talab etilishi mumkin. Biroq desert havodor va mazali bo’lishi uchun tavsiyalarga qat’iy amal qilish va masalliqlar nisbatini bilish zarur.

BEZE TAYYORLASH RETSEPTI
Tayyorlash vaqti: 2 soat | Portsiyalar soni: 30-40 dona
Kerakli masalliqlar:

Tuxum — 3 ta;
Shakar — 180 g;
Limon sharbati.
Tayyorlanishi:

Tuxumning oqi sarig’idan ajratib olinadi. So’ng oq qismi mikser yordamida dastlab past tezlikda taxminan 30 soniya ko’pirtiriladi. Ko’pira boshlagach, tezlik o’rtacha ko’rsatkichga keltiriladi va quyuq ko’pik hosil bo’lguncha urishda davom etiladi.

Keyingi bosqichda asta-sekin shakar upasi qo’shila boshlanadi. Upa qo’shib bo’lingach, mikser o’chiriladi va aralashma qoshiq yordamida idish chetiga sachragan oqsillarni tushirgan holda yengil aralashtirib olinadi.


Shundan so’ng yakuniy ravishda mikserning eng yuqori tezligida aralashma mustahkam ko’pik hosil bo’lguncha yana bir bor ko’piritiriladi. Beze asosining tayyorligini bilish uchun idishni teskari qilish kerak: tayyor ko’pik joyida qoladi.

Asos qandolat xaltachasiga solinadi. Albatta u bo’lmasa, qoshiqdan foydalanish ham mumkin. Yagona farq pishiriqning ko’rinishida bo’ladi.
Duxovka 100 °C gacha qizdiriladi. Protivenga pergament qog’oz yoyilib, uning ustiga beze quyib chiqiladi. Duxovkaning o’rta qavatiga qo’yib, bezening kattaligiga qarab 1 — 1,5 soat pishirishga qo’yiladi.

Pishish davomida duxovka eshigini ochmaslik kerak. Aks holda haroratning keskin pasayishi tufayli desertda yoriqlar paydo bo’lishi mumkin.

TAVSIYALAR
Beze uchun ishlatiladigan tuxum yangi bo’lmasligi tavsiya etiladi. Bir haftalik tuxumlar ayni muddao: ular yaxshiroq ko’piradi.

Tuxum oqini sarig’idan juda ehtiyotkorlik bilan ajratish kerak. Asosga hatto biroz miqdorda tuxum sarig’i tushsa ham uning ko’pirishi qiyin bo’ladi.
Ko’pirtirish uchun idish va miskerning nasadkalari quruq bo’lishi kerak. Oz miqdordagi suv yoki yog’ ko’pik hajmiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Ushbu pishiriq uchun aynan shakar upasi kerak, shakarning o’zi emas. Agar shakar upasi bo’lmasa, oddiy shakarni tuyib olish ham mumkin.
Aralashma hajmini yo’qotmaslik uchun ko’pirtirishning so’nggi bosqichida 1 ta tuxum oqi uchun yarim choy qoshiq miqdorda limon sharbati qo’shish mumkin. Biroq mikser quvvati shundoq ham ko’piritishga yetadigan bo’lsa, qo’shish shart emas.

Pishiriq ta’miga ta’m qo’shish uchun unga oz miqdorda vanilin, dolchin, oziq-ovqat qo’shimchalari (aromatizatorlar va bo’yoqlar), maydalangan yong’oq yoki bodom, kakao, kokos qirindisi qo’shish mumkin. Ularning hammasi beze asosiga bevosita protivenga quyishdan oldin qo’shilishi kerak.

Gilos-tvorogli pirog

E'tiboringizga nozik va juda ham mazali pirog retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Biskvit tayyorlash - retsepti, sirlari, kerakli masalliqlar, pishirish usullari

To’g’ri biskvit ko’tarilgan va havodor bo’lishi kerak. Ammo u har doim va hammada ham shunday chiqavermaydi. Axir biskvit bu ajoyib tort, pirojnoe va pechenyelar asosi hisoblanadi....

Pryanik tayyorlash retsepti - qatiq asosli xamirdan pishirish varianti, usullari

Pryanik – uzoq vaqt davomida mashhur bo’lgan rus shirinligi. Ular nafaqat bayramlarda dasturxonga tortiq qilish, balki tug’ilgan kun, to’ylar uchun sovg’a, shuningdek yangil yil archasini bezatish uchun ham tayyorlangan. Prayniklar Pryaniklar turlicha bo’ladi – zuvalali, bosma va kesma. Keling, qatiq asosida uy sharoitida pryanik pishirishni...

Ruletli tort

Yengil va oson tayyorlanadigan tort. Tuhumlar sarig'idan ajratilib, oqi qattiq bo'lgunicha ko'pirtiriladi. So'ng, oz-ozdan shakar solinib, ko'pirtirishda davom ettiriladi. Qattiq bo'lganidan so'ng, bitta-bittadan tuhum sarig'lari va un solinib, aralashtiriladi. Aralashma listga tekis qilib yoyilib, sovigan duhovkada pishiriladi....

Olmali pirog

Bugun sizlarga Svetaevning olmali pirogini tayyorlashni o'rgataman. Uni tayyorlashni xatto, pazandalikni endi o'rganayotgan uy bekasi xam bemalol pishira oladi. Pirog recepti juda xam oddiy. Tayyorlash uchun ko'p vaqt ketmaydi....

Shokoladli kopkeyk

Hushbo'y va nozik, ular sizni befarq qoldirmaydi! Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnomadan o'z o'rnini egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Limonli zavarnoy krem

Mo'jizaviy va mashhur kremlardan birini e'tiboringizga taqdim etamiz. Nozik va mazali! Hushbo'y isi bilan yanada ishtaxaocharlik bag'ishlaydi....

Malina-shokoladli tort

Huddi orzudagidek desert tayyor bo'ladi. Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Shokoladli pirog

Kakao, shakar, un, korica va razrihlitel' aralashtiriladi. Tuhum, qatiq, shakar, choy sodasi bilan atalanadi. Ikkisi bir-biriga qo'shilib, hamir qoriladi. Tayyor massani 2ga bo'lib, yog'langan listga qo'l yordamida yoyib chiqiladi. So'ng, oldindan qizdirilgan duhovkada o'rtacha olovda 15-20 daqiqa pishiriladi. Tayyor korjlar orasiga krem surtib,...

O'zbekcha Paxlava

E'tiboringizga mashhur Sharq shirinligi retseptini taqdim etamiz. Juda ham mazali bo'lgan shirinlik hattoki shirinlikni hushlamaydiganlarning e'tiboridan ham chetda qolmasligi aniq. Ushbu shirinlik kechki ovqatdan so'ng shak-shubxasiz desert o'rnini egallashi turgan gap....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Shahlo
    Shahlo 5 мая 2020 12:52
    skavhat qiliw kk

Fikr qo'shish