Uy sharoitida sochlarni bo'yash - tabiiy bo'yoqlar, sochni qoraytiruvchi vositalar

Uy sharoitida sochlarni bo'yash - tabiiy bo'yoqlar, sochni qoraytiruvchi vositalar
Uy sharoitida sochlarni bo'yash - tabiiy bo'yoqlar, sochni qoraytiruvchi vositalar


Uy sharoitida sochni tim qora qilib bo’yash uchun nima qilish kerak? Bu savol ko’pchilik tomonidan berilishi mumkin. Oqargan sochlarni bo’yash uchun basma va xinadan foydalansa bo’ladi. Sochlarni qora qilish uchun ularni basma va xina aralashmasi, agar yanada chiroyliroq rang hosil qilishni xohlasangiz, xina va qora qahva aralashmasi bilan bo’yash mumkin.


UY SHAROITIDA SOCHLARNI BO’YASH
Qora, jiggarrang sochlarga oq oralagan bo’lsa, soch yuvilgandan so’ng achchiq qora choy damlamasi bilan (1 l suvga 2 osh qoshiq choy) chayiladi.
Agar oqargan sochlarga tezda rang berishni istasangiz, achchiq qora choy damlamasi (14 litrga bir choy qoshiq)ni xuddi shu miqdordagi qahva yoki kakao kukni bilan aralashtirib, sochga surting.

4 osh qoshiq yong’oqning yashil po’sti 2 stakan suvda 10 daqiqa qaynatiladi. Tindirilib, yuvilgan toza sochlarga surtiladi. Bu damlama sochlarga jigarrang tus beradi.


Sariq rangli oqargan sochlarga chiroyli oqish rang berish uchun, har safar soch yuvilgandan so’ng sirkali suvda chayiladi.
Sochlarga doimiy ravishda zaytun moyi surtish soch oqarishini oldini oladi.

Moychechak damlamasi och rangli yoki oqargan sochlarga tillarang tus beradi. Buning uchun 100 gr. moychechak gullari 0.5 l qaynoq suvga solinib, 30-40 daqiqa tindiriladi. Damlama yaxshilab sochlarga surilgach, 1 soatga qoldiriladi. So’ng chayiladi. Agar bu muolaja kun ora qilinsa, sochlar chiroyli tillarang tusga kiradi.

SOCHNI BO’YASH USULLARI
Sochni turli kimyoviy vositalarsiz qoraytirishning boshqa usullari ham mavjud.

Sochni qora rangga bo’yash uchun yaxshi tabiiy vosita — bir finjon 1: 4 nisbatda basma va xina aralashmasi. Qanday markadagisi ahamiyatga ega emas, lekin sochlarni faqat basmaning o’zi bilan bo’yashga urinmang, aks holda siz qora emas, kutilmagan rangli sochlarga ega bo’lib qolasiz, masalan yashil. Tayyorlangan kukunga qaynoq suv solib, bo’tqa holiga kelguncha yaxshilab aralashtiring. Tayyor bo’lgan vositani sochlaringizga surting, sochiq bilan o’rab qo’ying va 6-8 soatdan keyin sochlaringizni shampun ishlatmasdan yuvib tashlang. Sochlar quriganida, ko’zguda butunlay boshqa kishini ko’rgandek bo’lasiz.

Sochlarni basma va xina bilan bo’yash afzalligi, ular kimyoviy bo’yoqlardan farqli o’laroq, sochlar tuzilmasiga zarar yetkazmaydi, balki uni himoyalaydi, qalin, sog’lom va porloq qiladi. Xina tufayli sochlar ultrabinafsha nurlar, tuz, shamol, xlor va boshqa atrof-muhit omillari salbiy ta’siridan himoyalanadi va sog’lom ko’rinish oladi.

Bananni hush ko'rmaydigan odamning o'zi bo'lmasa kerak

Bananni hush ko'rmaydigan odamning o'zi bo'lmasa kerak. Ammo dunyoning ba'zi olimlari shunday hushho'r mevani xam zararlidan olib zararliga solishardi. Mana, xaqiqat bor ekan, to'g'ri so'zlaydigan va to'g'ri ish olib boradigan mutahassislar bananning aslida qanday hususiyatga ega ekanini ilmiy isbotlashdi. Ma'lum bo'lishicha, bir dona bananning...

Immunitetni kuchaytirish - TOP-10 tavsiya, uy sharoitida tabiiy vositalar tayyorlash

Teng qismlardan na’matak mevalari qaynatmasi va issiq choy, ta’bga ko’ra shakar hamda asal qo’shish mumkin. Sovuq kunlar kelishi bilan shamollash va gripp kabi kasalliklar avj ola boshlaydi. Immuniteti noziklar bir mavsumda 3-4 martagacha O’RVI`ga chalinishi mumkin. Bunday kasalliklarni oldini olish va kuz-bahor mavsumining qiziq kunlarini...

Soch to'kilishini oldini olish - usullari, sochlarni saqlab qolish uchun tavsiyalar

Soch follikulasi – dinamik tuzilma bo’lib, tashqi muhit o’zgarishiga juda sezgir sanaladi. Soch follikulining har bir sikli tezligi gormonlar, oziqa moddalar, toksinlar, biologik faol molekulalar kabi ko’plab omillarga bog’liq. Soch to’kilishi ko’pincha ularning hayotiy sikli buzilishi bilan bog’liq. Bu buzilishlar tashqi yoki irsiy omillar bilan...

SOG'LIK UChUN FOYDALI KO'KATLAR

SOG'LIK UChUN FOYDALI KO'KATLAR Ismaloq — ozuqaviy moddalarga boyligi bo'yicha oshko'klar ichida birinchi o'rinda turadi. Tarkibida A, V1, V2, V5, V6, V9, S, E, H, PP, K vitaminlari, temir, kal'ciy, magniy, natriy, fosfor, aminokislotalar va efir moyi mavjud. Ismaloq organizmni tiqinlardan tozalaydi. Ichak xamda qon tomirlari faoliyatini...

Yalpizning shifobaxsh hususiyatlari haqida

Hammamizga yaxshi tanish bo’lgan yalpizni pazandachilikda, salatlar tayyorlashda va ovqatlarga qo’shimcha maza hamda ta’m berishda ishlatamiz. Lekin uning shifobaxsh hususiyatlarini ko’pchilik ham bilavermaydi. Masalan, yalpizli saqich (jevachka) chaynaganda odamning asabi ancha tinchlanishini bilasizmi yoki ushbu o’simlik ekstrakti terini...

Parhez mobaynida vazn yo'qotishga xalaqit qiluvchi 8ta xato

Qisqa vaqt ichida tana vaznini kamaytira olishni va’da qiluvchilarga also ishonmang. Chunki sog’lom va to’g’ri ovqatlanish yordamida qisqa vaqt ichida 5 kg yog’ni yo’qota olmaymiz. To’g’ri, shunday parhez turlari borki, ular to’g’ri tanlansa va astoydil bajarilsa, har qanday maqsadga erishsa bo’ladi. Quyida parhez ushlashdagi 8ta xatoni keltirib...

C vitaminiga boy mandarinning foydali hususiyatlari

Mandarin ko’pchilik uchun eng sevimli sitrus meva hisoblanadi. Uning tarkibida juda ko’p miqdorda C vitamini (askorbin kislotasi) mavjud bo’lib, pektin moddalar, glikozid, mineral tuzlar, D, K, B1, B2 vitaminlari va efir moylariga boyligi bilan ajralib turadi......

Jigarni yog'larni yuvadigan va tozalaydigan foydali 3 ta ichimliklar

Bizning tanamiz ovqat, ayniqsa tez tayyor bo’luvchi mahsulotlarini hazm qilish paytida stressga duch keladi......

Sog'lom sochlar o'stirish vositasi

Sog'lom sochlar o'stirish vositasi         Sochlari erta to'kila  boshlagan kishilar uni davolash chorasini izlay boshlaydilar. Ayrimlar kosmetik  muolajalar yoki soch ektirish yo'lini qidiradilar. Lekin bu usullar juda qimmat  turishi bilan birgalikda xamma vaqt xam kutilgan natijani beravermaydi.   ...

Yuzdagi ajinlarni yo'qotish

Ajinlar, odatda, organizmning so'lib borayotganidan darak beruvchi belgidir. Qarish jarayonida terida bir qancha o'zgarishlar ro'y beradi. Qon va limfa aylanishining buzilishi natijasida eng avval yuz, bo'yin, qo'l panjalarining terisida shunday o'zgarishlar yuzaga keladi. Gavda terisining ochiq joylari doim tashqi muhitning noqulay omillari...

Fikr qo'shish