Xurshid Rasulov - Do’st

Xurshid Rasulov - Do’st
Xurshid Rasulov - Do’st

Xurshid Rasulov - Do’st Текст песни


Ruhimga shom cho`kib, barg uzilganda, {x2}
Turnalar munchoqdek saf tizilganda,
Bir dardkash topolmay, dil ezilganda
Men seni Xudodan tilab oldim, do`st,
Gohida pinhona yig`lab oldim, do`st.

Gulzor ko`p-u, lekin gul topilmaydi,
Dildor ko`p-u, ammo dil topilmaydi.
Do`sti yo`q yetimga yo`l topilmaydi,
Men seni Xudodan tilab oldim, do`st,
Gohida pinhona yig`lab oldim, do`st.

Yolg`izlik yo`llari o`tilgan azal, {x2}
Yurak qoni bilan bitilgan g`azal.
Goho tug`ishgandan tutingan afzal, {x2}
Men seni Xudodan tilab oldim, do`st,
Gohida pinhona yig`lab oldim, do`st. {x2}

Do`st deb tutganlarim ulfat bo`ldilar,

Rizqimga chang solgan kalhat bo`ldilar.
Boshimda aylanib, kulfat bo`ldilar,
Men seni Xudodan tilab oldim, do`st,
Gohida pinhona yig`lab oldim, do`st.

Foyda dastgohida loy bo`laman der,
Oyog`i qaltirab, boy bo`laman der.
Boy bo`lsa, endi xudoy bo`laman der,
Men seni Xudodan tilab oldim, do`st,
Gohida pinhona yig`lab oldim, do`st. {x2}

Kek saqlash yomon ham alomat dedim,
Mayli, o`tgan ishga salovat dedim,
Jo`ra, borgin endi salomat dedim,
Men seni Xudodan tilab oldim, do`st,
Gohida pinhona yig`lab oldim, do`st.

Quyosh bor oylardan kulib o`taman,
Yov otgan yoylardan kulib o`taman,
Ichimda do`stsizdan kulib o`taman,
Men seni Xudodan tilab oldim, do`st,
Gohida pinhona yig`lab oldim, do`st. {x2}

Biz ko`kka yetaylik, osmon tushmasin,
Yomg`irga aylanib shayton tushmasin,
Do`stim, o`rtamizga yolg`on tushmasin,
Men seni Xudodan tilab oldim, do`st,
Gohida pinhona yig`lab oldim, do`st. {x2}

Ko`zim yetgan joyga so`zim yetadi,
Zo`r hofiz bo`laman, ko`zim yetadi,
Men yetmagan baxtga do`stim yetadi,
Men seni Xudodan tilab oldim, do`st,
Gohida pinhona yig`lab oldim, do`st. {x3}

Ozodbek Nazarbekov - Binafsha

Ey jon, ey jon… Xating bila yuzungu kokulung sening, ey jon,  Biri – binafsha, biri – yosuman, biri – rayhon. (x2) Ko’ngulni zoru meni xoru tanni tor etgan...

Elyor To'ychiyev - Onamni ko’rgani boraman

Bozorga chiqibdi qulupnay, Yetkazdi, Xudodan aylanay. Ilinib-ilinib olvolay – Onamni ko`rgani boraman....

Furqat Macho - Yoqdi manga

Ey salam, qara qash, nechiksan, O salam, qora ko`z, bormisan? Ey salam, qara qash, nechiksan, O salam, qora ko`z, bormisan?...

Dineyra - Alvido

Ba’zida alam, ba’zan malham Yotar yuragim sohillarida. Yuzim nuri ko’rinardi Ko’z yoshlaringda....

Dilfuza Rahimova - Ota-ona qadri

Ey azizlar, yaxshilik qiling bu hayotda, Umrning o`tganin bilmay qolamiz. Jon bordur, jon bordur qazo ham bordur albatta, Qazoning yetganin sezmay qolamiz....

Oxunjon Madaliyev - Seni bugun ko’rmasam bo’lmas

G’amgin yurak, g’amgusor yurak, Bechorani xo’rlasang bo’lmas. (x2) Seni bugun ko’rishim kerak, Seni bugun ko’rmasam bo’lmas. (x2)...

Ozodbek Nazarbekov - Devona oshiq

Gulim, mehr ko’zda degani yolg’on, Qancha ko’rishmasak, shuncha qadrdon. (x2) Mening dilimda o’chmas chaqinsiz, Qancha uzoq bo’lsak, shuncha yaqinsiz. (x2)...

Jahongir Otajonov - Tanishimsiz

Yasholmayman yashirin xonishlarimsiz, Shirin xotiralarda yonishlarimsiz. (x2) Bo`yi bo`yimga monand, o`yi o`yimga, Dili bir, yo`li ayri tanishlarimsiz. (x2)...

Bojalar guruhi - Salom sevishganlarga

Lala-lay-lay-lay, lala-lay-la, lay-lay, Lala-lay-lay-lay, lala-lala, lay. Sevib qoldim bir ko‘rib, Qarab qo‘ygin bir kulib. Ja bo‘lmasa bir kelib, Ko‘rishay de, sal turib....

Shahzoda - Sensiz kelmas bahorim

Bir ko’rishda xayolim olding,  Nozik qalbimni jarohatlading.  Yuragimni senga baxsh etay,  Ilk sevganim sen o’zing bo’lding....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Озод
    Озод 27 ноября 2022 03:55
    Э сизларга гап йук,маноси йук шерларизда Хуршид Расуловнинг шери дан ташкари

Fikr qo'shish