Sardor Mamadaliyev - Begonalarmiz
Sardor Mamadaliyev - Begonalarmiz Текст песни
Muhabbat dardida ko`ngillar bedor,
Yo`limiz to`sguvchi sabablar bisyor.
Bo`lsak-da jon berish uchun ham tayyor,
Ikkimiz eng yaqin begonalarmiz.
Hech kimga kelmasdan malollarimiz,
Qancha ko`p bo`lmasin savollarimiz,
Bir-biriga intiq devonalarmiz,
Ikkimiz eng yaqin begonalarmiz.
Begonalarmiz,
Bir-birimizga begona, begonalarmiz,
Muhabbati sarson bo`lgan afsonalarmiz,
Devonalarmiz,
Muhabbat dardida bizlar devonalarmiz,
Muhabbati sarson bo`lgan afsonalarmiz,
Bir-birimizga begona, begonalarmiz.
Ko`z ko`zga tushganda yonar yuraklar,
Ammo sevgisidan tonar yuraklar.
Unsiz ham aytilmas bizning tilaklar,
Ikkimiz eng yaqin begonalarmiz.
Hech kimga kelmasdan malollarimiz,
Qancha ko`p bo`lmasin savollarimiz,
Bir-biriga intiq devonalarmiz,
Ikkimiz eng yaqin begonalarmiz.
Begonalarmiz,
Bir-birimizga begona, begonalarmiz,
Muhabbati sarson bo`lgan afsonalarmiz,
Muhabbat dardida bizlar devonalarmiz.
Devonalarmiz,
Muhabbat dardida bizlar devonalarmiz,
Muhabbati sarson bo`lgan afsonalarmiz,
Bir-birimizga begona, begonalarmiz.