Dilnura Qodirjonova - Tinchim tamom bo’ldi

Dilnura Qodirjonova - Tinchim tamom bo’ldi
Dilnura Qodirjonova - Tinchim tamom bo’ldi

Dilnura Qodirjonova - Tinchim tamom bo’ldi Текст песни


Tinchim tamom bo`ldi, orom yo`q tanda,
Lablarimda qotdi shodlik va handa.
Shundan buyon oyoq-qo`lim kishanda,
Qaydan ham, oh, seni ko`rdim o`shanda?

Man qattiq sevibman, qattiq suyibman,
Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman. (x2)

Har lahza tegrangda parvonaman, gul,
Izma-iz yuraman, devonaman, gul.
Poyingda hokisorman, ostonaman, gul,
Hasrating tuganmas so`zonaman, gul.

G`am yukin yurakda shuncha o`yibman,
Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman. (x2)

Dil olgan qora soch, qora qoshlaring,

Ko`zimni ko`r qilgan ko`z qarashlaring.
Rashk o`tin yoqarlar do`st-sirdoshlaring,
Ko`nglimga urilur ta’na toshlaring.

Ne yomonlik kelsa, yaxshiga yo`yibman,
Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman. (x2)

Qancha alam o`tdi, chidadim rosa,
Necha g`animlarla aylab murosa.
Sendan kecholmadim palagi toza,
Yana seni dedim ko`nglimni ezib.

Mehrsizlik aro cho`kdim o`yib men,
Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman.

Umrim ketsin seni so`rab, so`roqlab,
Tashlab ketma endi yuragim bog`lab.
Mayliga, mahliqo sen dog`lab, dog`lab
Bir vafo qil, so`ngra o`ldir qiynoqlab.

Men oshiq jonimdan bugun to`yibman,
Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman. (x2)

Tinchim tamom bo`ldi, orom yo`q tanda,
Lablarimda qotdi shodlik va handa.
Shundan buyon oyoq-qo`lim kishanda,
Qaydan ham, oh, seni ko`rdim o`shanda ?

Men qattiq sevibman, qattiq suyibman,
Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman. (x2)

Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman…

Oxunjon Madaliyev - Seni bugun ko’rmasam bo’lmas

G’amgin yurak, g’amgusor yurak, Bechorani xo’rlasang bo’lmas. (x2) Seni bugun ko’rishim kerak, Seni bugun ko’rmasam bo’lmas. (x2)...

Tohir Mahkamov - Chigallarni yecholmasman

Hayot sen oldimga qo`ygan chigallarni yecholmasman, Ayirding barcha orzudan, vale sendan kecholmasman. Netay shunday parisanki, seni sevmay ilojim yo`q, Qulingman, jabr qilsang ham, biron yoqqa qocholmasman....

Dilnura Qodirjonova - Tinchim tamom bo’ldi

Tinchim tamom bo`ldi, orom yo`q tanda, Lablarimda qotdi shodlik va handa. Shundan buyon oyoq-qo`lim kishanda, Qaydan ham, oh, seni ko`rdim o`shanda?...

Abdulla Qurbonov - Oqqan daryo

Goh o‘zgarar sokin hayot, Kimdir to‘sar daryoni ham. Qayg‘urma do‘st, yov bo‘lsa shod, Yor visolga bersa barham....

Xurshid Rasulov - Adashmasam bas

Dildan chiqsa chinqirmas ovoz, Maysani ham sindirmas ovoz. Xonishlarim dardlarimga mos, Mashhurlarga balki o‘xshamas, O‘z yo‘limdan adashmasam bas....

Ummon - Alvido

Alvido, sog’inchga yo’q davo. Sabrga yo’q toqat, tomog’ingdan ovqat O’tmay qo’yar ekan kelganda yolg’izlik. Ketganda bevafo, yetmas ekan hatto havo....

Yulduz Usmonova - Begonaman

Bu oqshom bizlarga Havas qilishgay nechalar, Taqdir sirlarin bilishib Kutadi kechalar....

Kaniza - Ketaman

(Yorim ketaman deydi, Ketgizgani qo’ymayman. Yo’llariga chim bosib, dod, O’tkizgani qo’ymayman-ey.)...

Ziyoda - Nega

Ko’z yoshlanar, Yurak g’ashlanar alam bilan, Dardlanar, ko’z yoshlanar. Umrimiz o’tib borar,...

Umidaxon - Dunyo

Bu dunyo armonli, bu dunyo sinovli, Kimnidir baxt qucharkan, Kimnidir dard qucharkan. Sabr qilsang, bir kuni barchasi o`tarkan....

Fikr qo'shish