Renat Sobirov - Farzandlar
Renat Sobirov - Farzandlar Текст песни
Ko`z yoshlardan paydo bo`ldi dengizlar,
Yuraklarni qayg`u va g`amlar ezar.
Sen u sohilda, men esa bunda,
Hayot ostin-ustun bo`ldi bir zumda.
Nigohingni sog`iniyapman juda ham,
Afsusdaman senga aytgan so`zimdan.
O`rtada sarsondir shirin farzandlar,
Mehrga zor bo`ldi beg`ubor qalblar.
Nega urinmadik inoq yashashga?
Intilmadik oilamizni saqlashga.
G`ururimiz yo`l qo`ymadi o`shanda
Sen jonim, o`ylading faqat o`zingni,
Men esa o`ylabman faqat o`zimni.
Hatto sezmabmiz ham farzandlarimiz
Yoshli ko`zini.
Sabrsizligimiz zulmatga eltdi,
Baxtu-shodlik ham sizlar bilan ketdi.
Nimadir yetishmayapti qalbimga,
Hayot mazmunli ekan sen bilan birga.
Farzandlarim kulgusini sog`indim,
Goh suratlariga qarab ovundim.
Jajji qalblardagi bir dunyo mehr
Nahot, bizga kamlik qildi, sen gapir?
Nega urinmadik inoq yashashga?
Intilmadik oilamizni saqlashga.
G`ururimiz yo`l qo`ymadi o`shanda
Ushbu kun haqida bir oz o`ylashga.
Sen jonim, o`ylading faqat o`zingni,
Men esa o`ylabman faqat o`zimni.
Hatto sezmabmiz ham farzandlarimiz
Yoshli ko`zini.