Doston Ubaydullayev & Abdurashid Yo'ldoshev - Singillarim

Doston Ubaydullayev & Abdurashid Yo'ldoshev - Singillarim

Doston Ubaydullayev & Abdurashid Yo'ldoshev - Singillarim Текст песни
[Doston Ubaydullayev]
Zor ko`nglimni obod qilgan ko`ngillarim,
Ota uyda qushday ruhi yengillarim,
O`zga uyga yig`lab ketar bo`ldingizmu?
Xudo bersin baxtingizni, singillarim.

[Samandar Hamroqulov]
Qizi bor uy – karvonsaroy, bozor ekan,
Qizi borning savdolari bisyor ekan,
Tayyoriga kelgan yanga ayyor ekan,
Ota uyda qushday ruhi yengillarim,
Xudo bersin baxtingizni, singillarim.

[G`ayrat Usmonov]
Siz edingiz bolalikdan hamrohimiz,
Har yaxshi-yu, yomon kunda ogohimiz.
Endi oyda bir uchrashar nigohimiz,
Xudo bersin baxtingizni, singillarim.

[Sherbek Shodiyev]
Kuzatar chog` sizni, hatto eng bag`ritosh
Otalar ham bo`zlab qolar ko`zida yosh.
Sizga bo`lsa shirin g`amlar bo`lsin yo`ldosh,
Ota uyda qushday ruhi yengillarim,
Xudo bersin baxtingizni, singillarim.

[Abdurashid Yo`ldoshev]
Qiz chogingiz oqdi go`yo anhorlarga,
Quchog`ingiz to`ldi bugun yor-yorlarga.
Oq tonglarni o`rang endo ohorlarga,
Xudo bersin baxtingizni, singillarim.

[Jasurbek Mavlonov]
Sovchi so`rab kelguncha to qo`lingizni,
Ololmaymiz guldan nozik ko`nglingizni.
Chaqaloqlar obod qilsin uyingizni,
Xudo bersin baxtingizni, singillarim.

[Sardor Mamadaliyev]
Tin oladi hatto quyosh ufqqa botib,
Sizchi tunni o`tkazasiz alla aytib.
Har ne bo`lsa ko`z yosh bilan kelmang qaytib,
Xudo bersin baxtingizni, singillarim.

Har ne bo`lsa ko`z yosh bilan kelmang qaytib,
Xudo bersin baxtingizni, singillarim.

[Sayfiddin Fayziyev]
Qo`shbeshiklar endi yolg`iz sirdoshingiz,
Toshdan bo`lsin endi sabr, bardoshingiz.
Marjon bo`lib to`kilmasin ko`zyoshingiz,
Ko`ray yuksak taxtingizni singillarim,
Xudo bersin baxtingizni, singillarim.

Fikr qo'shish