Sherbek Shodiyev - Oqibat

Sherbek Shodiyev - Oqibat
Sherbek Shodiyev - Oqibat

Sherbek Shodiyev - Oqibat Текст песни


O`g`ilning otaga mehri yo`q, qarang,
Akaning ukaga qadri yo`q, qarang.
Qorindan talashib tushgan jigarlar
Onasin yo`qlashga vaqti yo`q, qarang.

Sizlarga ne bo`ldi, odamlar, bugun?
Orada oqibat yo`qoldi nechun?
Boshingga qo`nganda davlat qush, omad,
Atrofingda to`lar soxta do`st, ulfat.

O`likmi, tirikmi, deb bir yo`qlamas,
Yelkangga ozgina tushganda kulfat.
Nahotki, sotarlar do`stin pul uchun?
O`rtada oqibat yo`qoldi nechun?

Jon qo`shning yilda bir olmasa xabar,
Yaqinlar chet elda yursa darbadar,

Jigaring ozgina yaxshilik qilib,
Salomni minnatdan boshlasa agar.

Onaga talpingan go`dakdek shogird
Ulug` ustozining ta`limin olib,
Sal o`tmay raqobat tishlarin qayrar,
Ustozning bor ilmin egallab bo`lib.

Nahotki, mol dunyo odamdan ustun?
Orada oqibat yo`qoldi nechun?
Bu millat mehrdan qaddin rostlagan,
Vatanning yuziga oyoq bosmagan.

Sayyohlar atayin ko`rib ketardi –
O`zbek darvozaga zanjir osmagan.
Oh qulflar osildi, qalbda qo`rg`oshin,
Orada oqibat yo`qoldi nechun?

Bir iflos manmanlik bulg`abdi ichin,
Ado etolmabdi qasamin, burchin.
Ey Ahad, besh kunlik dunyo o`tkinchi,
Yashamoqdan ma’no nedur, aytginchi?

Hayvondek nafs quvsa inson bolasi,
Vijdon kuyib ketsa, dilning tayanchi.
Hech kim bo`lolmaydi dunyoga ustun,
Orada oqibat yo`qoldi nechun?

Sevgan oshiqlarda vafo qolmadi,
Yoshlar muhabbatning darsin olmadi,
Erkakmijoz ayollarning yuzini
Ayolmijoz erkaklar ko`rolmadi.

Sezolmadilar libosda ichin,
O`rtada oqibat yo`qoldi nechun?

Lola Ahmedova - Ayrilsam

Hech kimni sizchalik sog’inmaganman, Devona bo’laman sizdan ayrilsam. Axir yolg’izlikka qanday chidayman? Ochilmay so’laman sizdan ayrilsam. (x2)...

Sherbek Shodiyev - Oqibat

O`g`ilning otaga mehri yo`q, qarang, Akaning ukaga qadri yo`q, qarang. Qorindan talashib tushgan jigarlar Onasin yo`qlashga vaqti yo`q, qarang....

Nodir Xolboyev - Onaizorim

Siyratdagi sirlar ko‘chganda tilga, Ne go‘zal tuyg‘ular sig‘masa dilga, Ming yillik umidlar bo‘lganda sarob, Nima taskin bo‘lar kuygan ko‘ngilga?...

Munisa Rizayeva - Bir nima de

So`zlagani meni sira qo`ymaydi, Bo`ldi dema, deya-deya tinmaydi. Qanaqa yana bahonalar o`ylaydi? Meni aldaydi, meni aldaydi....

Botir Yaminov - Mayli-mayli

Kechalari uxlaging kelmasa,  Hol beqaror halovat bo’lmasa,  Qilgin diqqat, yuragingda  Makonini qurmoqda janobi muhabbat....

Bojalar guruhi - Paxtakor

(Paxtakor…) Boshlandi o`yin, g`alabamiz tayin Bora-bora sayin natija zo`r, “Победа” zo`r, gol-gol!...

O'ktam Davletov - Moda

Modami shu na moda Modami shu na moda Giyimin yirtiq pirtiq Yuzing qat qat bo'yalg'an Tirtiq a'masmi tirtiq (2x)...

Sherzod Bek - Kechirgin

Unutolmayman, netaman? Sensiz jonim ayt, netaman? Sog‘inchlardan devonaman, jonim. Endi kelmas bahorlar, Yetar shuncha ozorlar, Sog‘indimku, jonim. (x2)...

O'lmas Olloberganov - Lazgi

Hay omon-ay omon, omon-ay omon, Asiram, benavoyam, beqasam, giriftoram, giriftoram omon. Umrimda gazmaram guli gulzor sayrina,...

Feruza - Sensiz

Go'zal senla hayotim har soniya Sensiz yuragimda fojia Sen ketasan charchadim deya Unut deya...

Fikr qo'shish