Ravshan Sobirov - Ishon o’zingga

Ravshan Sobirov - Ishon o’zingga

Ravshan Sobirov - Ishon o’zingga Текст песни
Mana o`sha kun keldi sen uchun,
Porlar dunyoda yulduzing bugun.
Mana o`sha kuch – Vatan ishonchi,
O`zbegim shoni, o`zbek o`g`loni.
Yengilmas hech qachon bu O`zbekiston!

Ishon o`zingga, o`z yuragingga,
Aslo chekinma, faqat oldinga.
Sen buyuk xalqning buyuk farzandi,
Senga munosib faqat g`alaba!

Ishon o`zingga, o`z yuragingga,
Aslo chekinma, faqat oldinga.
Namuna bo`lgin yosh avlodingga,
Ortga qarama, senda g`alaba!

Bu baxt biz uchun, hayot va kurash,
Ringdagi jang mardlarni sinar.
Mana o`sha zarb, dunyo olqishlar,
Ko`ksingda g`olib nishoni porlar.
Yengilmas hech qachon bu O`zbekiston!

Ishon o`zingga, o`z yuragingga,
Aslo chekinma, faqat oldinga.
Sen buyuk xalqning buyuk farzandi,
Senga munosib faqat g`alaba!

Ishon o`zingga, o`z yuragingga,
Aslo chekinma, faqat oldinga.
Namuna bo`lgin yosh avlodingga,
Ortga qarama, senda g`alaba!

Fikr qo'shish