SanJay - Ketay

SanJay - Ketay

SanJay - Ketay Текст песни
Afsusim yo`q o`tgan kunlarimdan,
Lekin achinmay bo`lmas bu yarim ko`ngilga.
Arazim yo`q hech qaysi do`stimdan,
Hech kim qoniqmagay bu yarim mehrimdan.

Bu oqshom uzun,
Hech kimga bildirmay ketay.
Ketay, bir qadam ham bosmay,
Hech kimni uyg`otmay,
Dunyoga keltirgan onamga ham aytmay ketay.

Uchay qanotlarim qoqmay,
Osmon degan uzun yo`ldan
Meni bir umr kutgan manzilimga yetay.

Armonim yo`q orzu bo`lmaganday,
Umid qilmaganday, hayot ko`rmaganday.
Malomatlar va hamma balolar
Menga kelmaganday davom etib qanday yashay?

Bu oqshom uzun,
Hech kimga bildirmay ketay.
Ketay, bir qadam ham bosmay,
Hech kimni uyg`otmay,
Dunyoga keltirgan onamga ham aytmay ketay.

Uchay qanotlarim qoqmay,
Osmon degan uzun yo`ldan
Meni bir umr kutgan manzilimga yetay.

Fikr qo'shish