Zohid - Yolg’onlaring

Zohid - Yolg’onlaring

Zohid - Yolg’onlaring Текст песни
Orzularim orzuligicha
Qolib ketdi bir chetda,
To`g`risi, men sendan kutmagan edim,
O`zgarib qolasan deb bir zumda.

Sening bir rost so`zing yo`q ekan,
Hammasi yolg`on ekan!
Hammasi soxta ekan-u, lek
Mendan kechganing rost ekan.

Yolg`onlaring o`rtasida,
Begonalar orasida qolib ketdi-ku yurak.
Endi uning har bir zarbida yolg`izlik
Hukm sursa kerak.

Yolg`onlaring qanchalar qalbimni yaraladi,
Sen esa buni hech bilmading.
Sezmading, e’tibor bermading,
Parvo qilmay qo`yding menga.

Shunday ekan yurak – so`rama uni,
Ketib bo`ldi yor, izlama uni,
Qilma mani zor qilganlarga xor.
Yurak – so`rama uni,
Ketib bo`ldi yor, izlama uni,
Qilma mani zor qilganlarga xor.

Sendan ortiq kimim ham bor edi,
Yolg`iz hayotimda meni?
Sen ham meni sotib ketding,
Bunchalar arzon baholab ketding?

Rahming kelmadimikin menga,
Jondan ortiq ko`rganimga?
Yoki atay battar bo`lsin deb qildingmi,
Dard qo`shib dardlarimga?

Yolg`onlaring o`rtasida,
Begonalar orasida qolib ketdi-ku yurak.
Endi uning har bir zarbida yolg`izlik
Hukm sursa kerak.

Yolg`onlaring qanchalar qalbimni yaraladi,
Sen esa buni hech bilmading.
Sezmading, e’tibor bermading,
Parvo qilmay qo`yding menga.

Shunday ekan yurak – so`rama uni,
Ketib bo`ldi yor, izlama uni,
Qilma mani zor qilganlarga xor.
Yurak – so`rama uni,
Ketib bo`ldi yor, izlama uni,
Qilma mani zor qilganlarga xor.

Fikr qo'shish