Jahongir Otajonov - O’rgatib qo’yma

Jahongir Otajonov - O’rgatib qo’yma

Jahongir Otajonov - O’rgatib qo’yma Текст песни
Sen meni o`zingga o`rgatib qo`yma,
Qoshing o`rog`ida jonimni so`yma.
Paydosan to`kilgan zamonimda sen,
Ishq so`zin bor etding zabonimda sen,
Adashib gullading azonimda sen.

Sen meni o`zingga, sen meni o`zingga,
Sen meni o`zingga, o`rgatib qo`yma. (x2)

Siyrating ne malak, sirtdan qizdaysan,
Husning sani oyu, kunni qistaysan.
Dil jomiga og`u quyib toldim men,
Boshimga ming balo uyib oldim men.
Nahot, tag`in nahot, suyib qoldim men?

Sen meni o`zingga, sen meni o`zingga,
Sen meni o`zingga, o`rgatib qo`yma. (x2)

Qoshingda jonimni to`g`ratib qo`yding,
Ko`ngil kosasini to`lg`atib qo`yding,
Sen meni o`zingga o`rgatib qo`yding.

Sen meni o`zingga, sen meni o`zingga,
Sen meni o`zingga, o`rgatib qo`yma. (x2)

Fikr qo'shish