Elyor To'ychiyev - Onamni ko’rgani boraman

Elyor To'ychiyev - Onamni ko’rgani boraman

Elyor To'ychiyev - Onamni ko’rgani boraman Текст песни
Bozorga chiqibdi qulupnay,
Yetkazdi, Xudodan aylanay.
Ilinib-ilinib olvolay –
Onamni ko`rgani boraman.

Ishlarim yo`limni to`ssa ham,
Poyimda tikanlar o`ssa ham,
Bir dasta gul olib bo`lsa ham,
Onamni ko`rgani boraman.

Kelsam ham ikkita non bilan,
Bag`riga bosadi jon bilan.
Aytadi: “keldingmi, jon bolam?”,
Onamni ko`rgani boraman.

Onam, onam,
Onam, jon onam.
Onam, onam,
Oq bulutdek ko`ngli oppog`im onam.

Aytmayin bolamning g`amini,
Bildirmay ro`zg`orim kamini,
O`chirib yuragim shamini,
Onamni ko`rgani boraman.

Akamning yaxshisin oshiray,
Ukamning aybini yashiray.
Quvnatib, mehrini toshiray,
Onamni ko`rgani boraman.

Uy talash, mol talash qilmayin,
Unga ko`p, menga oz demayin,
Boshini og`ritib kelmayin,
Onamni ko`rgani boraman.

Erkalay, oymomom o`zimni,
Quvnatib turasiz ko`zimni.
Kuladi eshitib so`zimni,
Onamni ko`rgani boraman.

Hammadan go`zalsiz deb atay,
Soddagina ko`nglini yashnatay.
Kuldirib-kuldirib yayratay,
Onamni ko`rgani boraman.

O`shadir buyugim, davlatim,
Eng go`zal farzim-u sunnatim.
Oyog`im ostida Jannatim,
Onamni ko`rgani boraman.

Onam, onam,
Onam, jon onam.
Onam, onam,
Oq bulutdek ko`ngli oppog`im onam.

Fikr qo'shish