Ro'mol o'rash usullari - zamonaviy va mashhur uslublar, foto va video

Ro'mol o'rash usullari - zamonaviy va mashhur uslublar, foto va video
Ro'mol o'rash usullari - zamonaviy va mashhur uslublar, foto va video


Ro’mol o’rashning ko’plab usullari mavjud. Ularning har biri muayyan toifadagi ayollar uchun mos keladi. Sochlari yopiq bo’lgan xotin-qizlar sirli, odobli ko’rinadi, o’ziga ortiqcha e’tibor tortmaydi. Quyida eng chiroyli va mashhur uslublar haqida.

RO’MOL TANLASH
Umuman olganda, o’rash uchun nafaqat ro’mol, balki shol, bandana, palantin, kosinka ham mos keladi. Sifatli qalinroq ro’mol yoki sharfni esa bo’yinga ham, boshga ham o’rash mumkin.

Tabiiyki, har qanday aksessuar qishki yoki yozgi bo’lishi mumkin. Bu matoning qalinligi, tuzilishi, zichligiga va hatto rangiga bog’liq. Misol uchun, odatda yozgi ro’mollar och rangda bo’ladi, ular issiqlikni yutmaydi va boshni salqinlikda saqlaydi. Rang tanlashda u nafaqat faslga, balki ayolning teri rangiga, kiyimi va boshqa aksessuarlariga mos kelishi kerak.

Ro’mol o’rash ob-havo sharoitlaridan himoya qilish, dekorativ rol bajarish, ma’naviy va diniy ma’noga ega bo’lish yoki modaga rioya qilish maqsadlarida kerak bo’lishi mumkin. Quyida har biri haqida batafsil.

ODDIY USUL
Tabiiyki, ro’molni diagonaliga bukib, peshonaning tepa tomonidan tashlab, iyak ostiga olib kelib tugish yoki shunchaki yoyiq qoldirish, bitta burchagini esa ortga tashlab qo’yish eng oson uslublardan biri. Biroq shu kabi boshqa oddiy usullar ham yo’q emas.

Masalan, quyidagicha bandana uslubida o’rash ham mumkin:


Bundan tashqari, ro’molni diagonaliga bo’lib, bir burchagini ortga tashlab qo’yish, ikki uchini esa sochlarga o’ramagan holda sochlar ostidan olib o’tib, tugib qo’yish mumkin.

Quyidagi usulda esa qishki palantinni ham, junli sholni ham, doka ro’molni ham o’rash mumkin:




GOLLIVUD USLUBI
Bunday uslub uchun ro’mol yetarlicha katta bo’lishi talab etiladi. Uslubning gollivudcha deb atalishi sababi — ko’plab aktrisalar va yulduzlar aynan shu tarzda ro’mol o’rashlarida. U sochlarni himoylashga yordam beradi. Kattaroq ko’zoynaklar bilan esa tashqi ko’rinishni o’zgartiadi, jozibali va sirli obraz yaratadi.


Gollivudcha uslubda o’rash uchun ro’mol diagonali bo’ylab bukiladi va hosil bo’lgan uchburchakning yopiq tomoni peshona yuqorisidan tashlanadi (peshona chizig’igacha keltirilmaydi). Erkin qolgan uchlari bilan bo’yin bir marta o’ralib, orqa tarafda (ba’zan esa iyak ostida) tugib qo’yiladi (quyidagi tasvirdagi kabi).


Ro’mol bog’lashni osonlashtirish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish mumkin:

Siljib ketishni oldini olish uchun sochlar va ro’molga biroz soch uchun lak sepish kifoy;
Ikkita oynadan foydalaning — old tomondagi katta oyna ro’molni boshga bog’lashni ko’rish uchun bo’lsa, orqa tomondan kichikrog’i uning uchlarini chiroyli tarzda tugish uchun;
Ro’molni sochlarga ham bir marta o’rab olish noyob imidj yaratadi;
Ro’mol joyida mustahkam turishi uchun «nevidimka»lardan foydalanish;
Quyosh nurlaridan himoylovchi sharfcha yoki bandanani soch uchun rezina yordamida qotirish mumkin;
Qish oylarida ro’mol shamolda o’ynamasligi uchun muayyan bir uslubda o’ralishi joiz.



SALLA USLUBI
Kuz va qish fasllarida boshni issiqda saqlash uchun salla usulida ro’mol o’rash mumkin. Bu ayolni ob-havo buzilishi, yog’ingarchilikdan himoyalaydi, soch turmagini saqlab qoladi va individuallikka urgu beradi. Salla o’rash uchun uzun va ken ro’mol kerak, lekin ayni paytda u juda qalin bo’lmasligi zarur. Ideal variant — palantin. Quyida klassik usulning tasviri keltirilgan.


Boshqa variantlar — ro’mol yetarlicha uzun bo’lsa, uning erkin uchlari peshonaga kelib tutashganda, ularni chiroyli gul shaklida qilib tugish mumkin. Bundan tashqari, ular nafaqat peshonada, balki boshning yon yoki orqa tomonlarida tutashtirilishi ham chiroyli ko’rinadi.









QISHKI VARIANT
Sovuq ob-havoda qalinroq ro’mol diagonal qilib bukilib, boshga yengil qilib o’raladi, biroq erkin uchlari iyakda tugilishi shart emas. Tugunni pastroqda, o’mrov suyagi sohasida tugish mumkin. Bundan tashqari, qish oylarida shollar, palantin va pavloposad uslubi keng ishlatiladi.


Palatin har qanday palto uchun mos keladi — ko’pincha bunday ro’mollar ayolning ko’zlari va kiyimiga urg’u beradi. Palto bilan gollivudcha uslubda o’ralgan ro’mol kiyish ham mumkin.

Lekin mo’ynali kiyimlar, masalan shubaga kelganda, yorqin pavloposadcha shol yoki aksincha, tekis rangli ro’mol tanlash yaxshi. Agar tanlov bosh kiyimi yoki palantin o’rtasida bo’ladigan bo’lsa, albatta, palantinni tanlash afzal. Chunki bugungi kunda mo’ynali kiyimlar bilan bosh kiyim kiyish urfda emas.



Pavloposadcha uslubda o’rash uchun ro’mol uchburchak qilib qatlanadi va boshga tashlanadi (yuqoridagi rasmdagi kabi). Agar sochlar uzun bo’lsa, unda bir necha tolasini ro’mol ostidan chiqarib olish mumkin, agar kalta bo’lsa, ro’mol ostiga yashirgan yaxshi.

MUSLIMALAR UCHUN
Boshga ro’mol o’rash masalasida hech kim muslima ayollardan o’zib keta olmaydi. Ular buning sir-asrorlarini yoshlikdanoq o’rganishadi va u siljib ketmasligi uchun ko’plab sir-asrorlarni bilishadi.


Quyidagi videoda ro’molni islomiy odatlarga mos keladigan qilib, xususan xijob bog’lash haqida so’z yuritiladi:

Jonni Depp haqidagi 14 ta qiziqarli ma’lumotlar

Tirik jon bor ekanki, turli tuman odat va fe’l atvorga egadir. Ularning ichida g’aroyib odatlar ham talaygina. Bugungi maqolamizda mashhur Gollivud aktyori Jonni Deppning o’zi haqida aytib o’tgan qiziqarli odatlari hususidagi ma’lumotlar to’g’risida gaplashamiz!......

Turli millatlardagi go’zallikning ajoyib tushunchalari

Har qanday mamlakatda go'zallikning mahsus timsollari mavjud. Axir, har bir millatning jozibadorlik tushunchalari juda farq qiladi. Ba'zilar uchun jismoniy nomukammallik joziba va latofat sanaladi. Ishonmaysizmi? Bu yerda ba'zi ishonchli dalillar mavjud. Marhamat ular bilan tanishib chiqing!......

Issiq kunlarda qaysi kosmetika vositasi havfli sanaladi?

Yuz terisi ob- havo o’zgarishlariga nihoyatda ta’sirchan. Ayniqsa yoz faslida quruq havo va shamol teri yog’lanishi yoki quruqlashishiga olib kelishi mumkin. Bunday muammolarni bartaraf etishda kosmetik vositalardan foydalanish mumkin. Ammo jaziramada pardoz qilishning o’z qoidalari mavjud....

MUBORAK RAMAZON OYIGA TA'RIF

MUBORAK RAMAZON OYIGA TA'RIF Oqibat fasli Muborak tashrifing insonlar o'rtasida o'zaro muruvvat va oqibat tuyg'ularini uyg'otadi....

Garri Potter ro'l o'ynagan qahramonlari aslida qanday ko’rinishda bo’lishlari kerak edi?

Garri Potter haqidagi filmlarning yaratuvchilari ekranga o'tkazilganida kitob qahramonlariga nisbatan juda ehtiyot bo'lishgan. Biroq, tashqi ko'rinishlarning "unutilgan" tafsilotlari borki, romanlar muxlislari hali ham kino ijodkorlarini eslashadi....

Turli xil qisqagina qiziqarli faktlar

Bugungi maqolamizda har sohaga oid bo’lgan faktlardan bir qanchasini e’tiboringizga havola etamiz......

Yer yuzidagi 15 ta eng xavfli yo'llar

Deyarli har bir haydovchi mashina haydash tajribasida xavfli yo'l sharoitlarini boshdan kechirgan. Xavflar turli shakllarda namoyon bo'lishi mumkin, masalan, noqulay ob-havo sharoiti, mast haydovchilar va umuman olganda, sizning sayohatingizni istalgan vaqtda yomon sarguzashtga aylantirishi mumkin bo'lgan inson omili orqali. Boshqa tomondan,...

Omadli shaxslar va muvaffaqiyatli insonlar kunlarini qanday tashkillashtirishadi? Kun tartibini tuzishda milliarderlar qo’llagan usullar

Biz omadli insonlar va milliarderlardan ilhom olamiz. Nima uchun ular boshqalarga qaraganda muvaffaqiyatliroq? Nega ular biz bir haftada erisha olishimiz mushkul bo’lgan vazifalarni bir ondayoq bajara olishadi? Quyida muvaffaqiyatli odamlar o'z kunlarini qanday tashkil qilishlari haqida qisqacha keltirib o’tdik!......

14 ta faktlar Jirafalar haqida kam ma'lum bo'lgan siz bilgan va bilmagan

Bugungi maqolamiz orqali uzunbo’yinli jonivorlar haqida ko’pchilik eshitmagan g’aroyib faktlarni keltirib o’tamiz....

Inson organizmi haqida ko’pchilik bilgan va bilmagan qiziqarli faktlar

Bugungi maqolamizda inson tanasi va organizmi haqida qiziqarli ma’lumotlarni keltirib o’tdik. Marhamat ular bilan tanishing! Miyaning og’irligi tana og’irligining 2 foizini tashkil etadi, miya organizmga kerakli kislorodning 20 foizini sarflaydi......

Izohlar 1

  1. Офлайн
    MARHABO
    MARHABO 5 октября 2022 12:42
    ZO`O`O`RRRRR GGGAAAPPP YO`QQQQ

Fikr qo'shish