Tushda yomg'ir ko'rish - uning yog'ishi, ostida qolish kabilar ta'biri haqida
Yomg’ir — obi hayot, yerni sug’oradigan qon. Hodisa hayotiy kuchlar, havo energiyasi, suvni aks ettiradi. U osmondan yog’ilishi tufayli ilohiy kuchlar bilan bog’liq hisoblanadi. U yaratgan tomonidan berilgan baraka sanaladi, mo’l hosil, poklanish va yoqimli hissiyotlarni va’da qiladi. Tushda yomg’ir ko’rish — u yoki bu voqea sabab yanada baxtliroq bo’lishni anglatadi.
TUSHDA YOMG’IR KO’RISH: PSIXOLOGIK TALQIN
Ayol kishi yomg’ir yog’ishini ko’rsa — farzand ko’rishga intilish;
Yomg’irdan yashirinish — tush ko’ruvchi hozircha farzandli bo’lmasligi uchun barcha narsani qiladi;
Erkaklar jinsiy hayot sohasi bilan bog’liq muammolarga duch kelganda tushda ushbu tabiat hodisasini ko’rishlari mumkin;
Agar bolalar tushda yomg’irdan qochib, panaga o’tishsa, oilada yana bitta farzand dunyoga kelishini xohlamayotganligidan darak;
Kuchli sel — kishining kun davomida yig’ilib qolgan noxush hissiyotlaridan tozalanishi. Agar bunday tushda bulutlar juda ko’p bo’lsa, demak tush ko’ruvchi ma’nan charchagan. Yaqin kishilardan yordam qo’li so’rashdan tortinmaslik kerak;
Agar sel tufayli kiyim-kechagi ho’l bo’lib ketgan bo’lsa, bu inson so’nggi paytlarda juda ishonuvchanlik qilmoqda. Boshqalar esa bundan o’z mafaati yo’lida foydalanishi mumkin.
ROMANTIK TALQIN
Ayol kishi tushda yomg’ir ostida qolib ketishi — real hayotda yangi tanishuvlarda ehtiyot bo’lish kerak. Ular qisqa muddatli bo’lishi va ayol obro’siga putur yetkazishi ehtimoli mavjud.
Momaqaldiroq, kuchli shamol, sel — jinsiy energiya chiqish yo’lini izlamoqda. Munosabatlardagi bir xillikka barham berib, syurpriz tashkillashtirish mumkin.
Oilaviy insonlar tushda ho’l bo’lib qolishganini ko’rsa — oiladagi his-tuyg’ular sovuqlashayotganiga.
Tushda uyning tomi bo’lmasligi va yog’ayotgan yomg’ir to’g’ridan-to’g’ri oila a’zolari ustiga tushishi — tush ko’ruvchi oilaviy muoammolarni bir o’zi hal qilishi kerak bo’lishiga.
TUSHDA YOMG’IR YOG’ISHI
Mayda, yoqimsiz va sovuq yomg’ir — hozirda omadga ishonib bo’lmaydi. Bu davrda ishlarda faqat o’z kuchingizga tayanib, hayotga bo’lgan talablarni iloji boricha kamaytirish kerak.
Agar yomg’ir kuchli, shaffof va yoqimli haroratli bo’lib yog’sa, demak omad sizga kulib boqadi. Ishlarda dadil qadam tashlash mumkin.
Umuman olganda, bunday tushning ta’biri uning tomchilar teriga takkanda qanday hissiyot sezilishiga bog’liq U qanchalik yoqimli bo’lsa, yaqin kelajakda ishlaringiz va sog’lig’ingiz shunchalik yaxshi bo’ladi.
Agar quyoshli kunda yog’sa, quvonchga, bulutli kunlarda esa ko’z yoshlari to’kilishiga.
Agar bo’ronlar, shamollar va momaqaldiroqsiz sokingina yog’adigan bo’lsa, dehqonchilikda foyda va daromadga ishora.
Kuchli selga qo’shimcha ravishda momoqaldiroq, shamol va do’l qo’shilsa — qayg’u, zerikish, norozilik, boylar uchun mol-mulkka putur yetishi, kambag’allarga esa ishlarida muvaffaqqiyatni bildiradi.
MILLER TUSH KITOBI: YOMG’IR
Yomg’irning ostida qolib, umuman nam bo’lmaslik — real hayotda karyerangizga salbit ta’sir qilishi mumkin bo’lgan jiddiy nizolardan qutulib qolishga.
Tabiat hodisasidan yashirinish uchun pana joy topish — o’ngda sizni qo’llab-quvvatlashga tayyor bo’lgan do’st topasiz. Biroq bu pana soyabon bo’ladigan bo’lsa, ogoh bo’lish noxushliklardan qochib qolishga yordam beradi.
Tushda yaqinlaringizdan biri yomg’ir ostida ekanligini ko’rsangiz, demak u muammo girdobiga tushib qolishi mumkin, boshqalarning yordamisiz esa u muammoni hal qila olmaydi.
Tomchilarning oynaga urilishi ovozini eshitish — xushxabarga;
Suv toshqini — hissiyotlarni boshqara olmaslik;
Bu vaqtda atrof muhit chang-to’zon bo’lsa — yashash uchun kerakli bo’lgan resurslar mo’l-ko’l boladi;
Bemor kishi tushida yomg’ir ko’rishi — shifo topishiga, qarzdor kishi uchun — qarzlarini to’lashga, mahkum kishi ko’rsa, ozodlikka chiqishiga ishora.