Sharqcha usulda tayyorlangan baqlajonli salat

Sharqcha usulda tayyorlangan baqlajonli salat
Sharqcha usulda tayyorlangan baqlajonli salat


Bekajonlar sizlarga ajoyib, juda ham qiziq, mazasi esa achchiqroq salat retseptini taqdim etaman. Birzumda tayyor bo'luvchi mazali salat sizga va yaqinlaringizga juda ham ma'qul bo'lib, yoz mavsumida tez-tez tayyorlashga odatlanasiz. Ushbu salat quyuq taomlar bilan tortilsa bormi? Dasturxon davrasida hech kimning e'tiboridan chetda qolmaydi. Retseptni saqlab qolishni esa aslo unutmang!

Sharqcha usulda tayyorlangan baqlajonli salat
Bekajonlar sizlarga ajoyib, juda ham qiziq, mazasi esa achchiqroq salat retseptini taqdim etaman. Birzumda tayyor bo'luvchi mazali salat sizga va yaqinlaringizga juda ham ma'qul bo'lib, yoz mavsumida tez-tez tayyorlashga odatlanasiz. Ushbu salat quyuq taomlar bilan tortilsa bormi? Dasturxon davrasida hech kimning e'tiboridan chetda qolmaydi. Retseptni saqlab qolishni esa aslo unutmang!


Kerakli masalliqlar:
3 dona baqlajon
1 dona sabzi
0.5 dona piyoz
1 dona selderey tayoqchasi

0.5 dona bulg'or qalampiri
1 choy qoshiq kashnuch kukuni (koriandr)
6 osh qoshiq zaytun yog'i
0.5 choy qoshiq qizil qalampir kukuni
2-3 osh qoshiq uzum sirkasi
1 choy qoshiq zanjabil (imbir)
1 choy qoshiq asal
ta'bga ko'ra tuz
Tayyorlash usuli:
1. Baqlajonlarni yuving va tozalang.
2. Somoncha shaklda to'rg'ang, tuz sepib, bir necha daqiqaga qoldiring. So'ng, ajralgan achchiq suvidan siqib oling.
3. Baqlajonlarni tovada, qizdirilgan o'simlik yog'ida, butunlay tayyor bo'lgunga qadar qovuring.
4. Seldereyni tozalang va yupqa, somoncha shaklda to'rg'ang.
5. Shuningdek sabzini ham koreyscha salat tayyorlanadigan qirg'ichdan chiqaring. Piyoz va bulg'or qalampirini yupqa, somoncha shaklda to'rg'ang. Sabzavotlarni bir idishga jamlang.
6. Salat uchun zapravkani tayyorlashga kirishing. Buning uchun: tovada kashnuch kukuni va 3 osh qoshiq zaytun yog'ini qizdiring.
7. Sabzavotlarni issiq, hushbo'y zapravka bilan quying. To'rg'algan bulg'or qalampiri, zanjabil sharbati, sirka, asal va ta'bga ko'ra tuz solib, yaxshilab aralashtiring. Bir necha daqiqaga qoldiring.
8. Salatni dasturxonga tortishdan avval to'rg'algan ko'kat sepib bezating. Salat tayyor!
Yoqimli ishtaxa!

Vinegret salati tayyorlash - retsepti, bosqichlari + rasmlari, foydali tavsiyalar

Vinegret ham bayram dasturxoni, ham kundalik tamaddilar uchun juda mos keladigan salat. Barchaga ma’lumki, salatning asosini sabzavotlar tashkil etadi va bu organizm uchun juda foydalidir. O’simlik moyi bu holda mayonez o’rnini yaxshi bosa oladi. Vinegret tayyorlash hatto yosh bekalarda ham qiyinchilik chaqirmaydi. Demak, marhamat....

Darmon-dori salat

Qaynatilgan lavlagi qirg'ichning yirik tishidan chiqariladi. Yong'oq va sarimsoq piyoz eziladi, yoki mayda to'g'raladi. Tayyor massaga mayonez qo'shiladi. Yong'oq yoki sarimsoq piyozni hushlamaydiganlar uni qo'shmasa xam bo'ladi....

Xitoycha baqlajon salati

Ajoyib gazak! Tayyorlanishi oddiy, natijasi butun bir lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Taomnomadan o'z o'rnini egallashi turgan gap. Yaqinlaringizga lazzatlanishni ulashing. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Aysberg salati

Aysberg to'rtburchak qilib to'g'raladi. Qaynatilgan (pishgan) tuhum 2 ga bo'lib, parrak qilib to'g'raladi. Tovuq go'shti xam parrak qilib to'g'raladi. Ko'katlar mayda to'g'raladi. Xamma masalliqni mayonez va jo'hori bilan aralashtiriladi....

Gazak "Pishloqli lazzatlar"

Nomiga munosib lazzat bag'ishlovchi gazak. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Gazak "Faberje tuxumi"

Go'zal va juda ham ajoyib gazak! Bayram dasturxonidan yorqin o'rnini egallaydi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Bauri salat

Tuhum suvda pishirib, artiladi. Bodring, kolbasa, qo'ziqorin, tuhum somoncha shaklida to'g'raladi. Pishloq qirg'ichning yirik tishidan chiqariladi. Xamma masalliqlar mayonez bilan aralashtiriladi. Tayyor salat likopchalarda dasturhonga tortiladi....

Ayol qaysarligi salati

Nomlanishi noan'anaviy bo'lgan mazali va nozik salat. Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi juda ham oddiy, natijasi esa sizni lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

"Qizil yurak" gazagi

Ajoyib gazak! Go'zal ko'inish, ajoyib ta'mga ega. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnomadan o'z o'rnini egallashi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Go'shtli koreyscha salat

Juda ham mazali salat! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Taomnomadan o'z o'rnini egallashi aniq. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Fikr qo'shish