Pechenya "Kivi"

Pechenya "Kivi"

Stol ustida bunday qiziqarli, hushbo'y va mazali pechenyalarni ko'rgan bolajonlar hayratdan lol qolishlari turgan gap. Aziz bekajonlar tez tayyorlanadigan mazali pechenyalarni tayyorlagan zaxotingizdayoq ular o'z-o'zidan g'oyib bo'lish hususiyatiga ham ega. Shu sababli pechenya retseptini saqlab qolishni unutmang!

Kerakli masalliqlar:
180 gramm saryog'
120 gramm shakar kukuni
1 dona tuxum
350 gramm un
2 choy qoshiq kakao kukuni
1 choy qoshiq mak
2-3 tomchi oziq-ovqat rangi (yashil)
1 choy qoshiq limon po'sti
Tayyorlanish usuli:
1. Yumshatilgan saryog'ni shakar kukuni bilan bir xil konsistensiya darajasigacha ko'pirtiring.


2. Tuxumni soling. Mikser yordamida ko'pirtiring.

3. Un va qirg'ichdan chiqarilgan limon po'stini solib, xamir qoring. Tayyor xamir yumshoq, cho'ziluvchan biroq, qo'lga yopishmaydigan bo'lishi lozim.


4. Xamirni 3 xil qismga bo'ling. 1-eng katta, 2-kichikroq va 3-ancha kichik hajmda.


5. Xamirning eng katta qismiga yashil rangni qo'shing, 2 qismini esa shu rangda qoldiring, 3 qismiga kakao kukunini qo'shing. Xamir ranggi bir xil tusga kirgunga qadar yaxshilab aralashtiring. So'ng, xamir bo'laklarini muzlatgich muzxonasiga 5 daqiqaga qo'ying.


6. Xamirning yashil qismini taxminan 25smga 7 sm hajmda, to'g'ri to'rtburchak shaklida yoying.


7. Yorqin tusdagi xamir qismini 25 sm uzunlikda, kolbasasimon shaklda yoying va yashil xamir ustiga qo'ying.


8. Birlashtirilgan xamirlarni rulet shaklida o'rang. Oziq-ovqat plonkasiga o'rab, stol ustida yana bir bor yumalating va 3 daqiqaga muzxonaga joylang.


9. Jigarrang xamir qismini 25 smga 12 sm, to'g'ri to'rtburchak shaklida yoying.


10. Yashil ruletni jigarrang xamir qismiga o'rang. Xamirda izlar qolmasligi uchun oziq-ovqat plonkasidan foydalaning. Tayyor ruletni 3-4 daqiqaga muzxonaga joylang.


11. Ruletdan 3sm qalinlikda, o'tkir pichoq yordamida halqalar kesib oling. Pergament yozilgan qolipga terib, tekislab chiqing.


12. Ruletning yashil qismiga, aylanasi bo'ylab makdan bir nechta sepib chiqing. Pechenyalarni 180 darajada qizdirilgan pechda, 10-15 daqiqa davomida pishiring.


13. Pechenyalarni qolipda sovuting so'ng, dasturxonga torting. Kivi pechenyasi tayyor!


Yoqimli ishtaxa!

Fikr qo'shish