Sardor Rahimxon - Yo Rab, meni kechir

Sardor Rahimxon - Yo Rab, meni kechir

Sardor Rahimxon - Yo Rab, meni kechir Текст песни
Yo Rab, meni kechir, tavallo aylab
Va yana bosh egdim xuzuringga man.
Gunohlarim qarab yuragim yig`lar,
Qancha gunohlarning qusuridaman.

Umidvor qulingman, bandaman mustar,
Olamda yo`q Seningdek karami ulug`.
Umidla sen tomon uzatgan qo`llar
Bilaman, hech qachon qaytmaydi quruq.

Bir Sening vaslingni sog`inib, qo`msab,
Yig`lab-yig`lab, toshib, sel bo`ldi ko`nglim.
Qalbimni O`zingning zikringga to`ldir,
Yo Rab meni kechir, tavbalar qildim.

Senla men kimman-u, Sensiz men kimman?
Rahmating oldida taslimman, jimman.

Fikr qo'shish