Zohid - Kapalak

Zohid - Kapalak

Zohid - Kapalak Текст песни
Sog`inchlardan yurak tashna,
Bu holimga nazar tashla.
Dunyoni tark etmasimdan,
Rahming kelib, ko`zing yoshla.

To`yolmasman bo`ylaringga,
Hatto yo`l yo`q o`ylariga,
Nahot, qayta yetolmasman
Sening ul xushro`ylaringga?

Xayr deyman-u, ko`na olmayman,
O`lay deyman-u, o`la olmayman.
Shirin xayolla kapalak bo`lib,
Senday bir gulga qo`na olmayman.

Darmon bo`lmas hech bir giyoh,
Sog`inchdan bu dilim siyoh.
Rahming kelib gulim menga,
Shifo bo`lib tashla nigoh.

Bir paytlar bo`lib paydo,
Aylaganding meni shaydo.
Senla boshlangan ertagim
Sensizlikda bo`lar ado.

Xayr deyman-u, ko`na olmayman,
O`lay deyman-u, o`la olmayman.
Shirin xayolla kapalak bo`lib,
Senday bir gulga qo`na olmayman. (x2)

Kimlardir boshimizga soldi qayg`ular,
Birma-bir parcha-parcha bo`lib ketdi orzular.
O`zgalar ko`zlariga ko`rinmagan shirin tuyg`ular
O`zgarar, o`zgarar…

Xayr deyman-u, ko`na olmayman,
O`lay deyman-u, o`la olmayman.
Shirin xayolla kapalak bo`lib,
Senday bir gulga qo`na olmayman. (x2)

Fikr qo'shish