Shahboz va Navro'z - Nega aytmading

Shahboz va Navro'z - Nega aytmading

Shahboz va Navro'z - Nega aytmading Текст песни
Sovg'alarim hursand bo'lib olgan edingku,
Xamma gaplarimga quloq solgan edingku,
Bir kun qo'ng'iroq qilolmay qolganlarimda
Hatlar yozib, xavotirlar qilgan edingku.

Nega aytmading o'z sevganing borligini?
Nega aytmading diling unga zorligini?
Nega aytmading sen menga shuni,
O'shanda, eng birinchi kuni? (h2)

Seni deb ex, kimlardan voz kechganlarimda,
Bitta senga yuragimni ochganlarimda,
Endi sensiz boshqa menga kerakmas deya,
Yigit so'zin aytib, qasam ichganlarimda.

Nega aytmading o'z sevganing borligini?
Nega aytmading diling unga zorligini?
Nega aytmading sen menga shuni,
O'shanda, eng birinchi kuni? (h2)

Nega aldading meni ataylab?
Ahir xar doim seni yurar edim avaylab.
Lekin avaylaganlarim bari bo'ldi bekor,
Munosabatimizning so'ngida bo'ldi oshkor.

Sohtalik yashiringan ekan ko'zing ortida,
Yo'q ekanman xatto yuraging chetida.
Sevgi qurilgan ekan manfaatlar ustida,
Azoblar bor ekan yolg'onlaring ostida.

Shunchalar aldagan ekan meni bu ko'zlaring,
Qaerlardan keldi shuncha aytilgan so'zlaring?
Foydalanding oson tuyg'ularimdan,
Samimiylik namoyon edi kulgularingdan.

Shunchalar zo'r o'ynading rolingni,
Men esa axmoq, so'rabman qo'lingni.
Rad javobini berganingdan beri bilasanmi,
Sog'inchlar qanchalar yuragimga sanchilar.

Nega aytmading o'z sevganing borligini?
Nega aytmading diling unga zorligini?
Nega aytmading sen menga shuni,
O'shanda, eng birinchi kuni? (h2)

Nega aytmading…

Fikr qo'shish