Sardor Mamadaliyev - Sen ketding

Sardor Mamadaliyev - Sen ketding

Sardor Mamadaliyev - Sen ketding Текст песни
Yurakda dard to'la, qilarlar isyon,
Muxabbat bir yon-u, ayriliq bir yon.
Senga bo'lgan sevgim qolarmu omon?
Sen ketding…

Sog'inch azob berar kuchsiz tanamga,
Sensiz devonaman butun olamga.
Davo yo'qdir qara, mungli nolamga,
Sen ketding…

Sen ketding, sen ketding,
Sen ketding, ox, sen ketding,
Ox, sen ketding, sen ketding, ox…

Ortingdan ergashgan izlarim qoldi,
Ko'zlarim tubida ko'zlaring qoldi,
Muxabbat sharobi qo'limda qoldi,
Sen ketding…

Sen ketsang, sovuqdan titrab qolarman,
O't bo'lib kuyarman, guldek so'larman,
Aqlimdan ayrilib, tildan qolarman,
Sen ketding…

Yurakda dard to'la, qilarlar isyon,
Muxabbat bir yon-u, ayriliq bir yon.
Senga bo'lgan sevgim qolarmu omon?
Sen ketding…

Sog'inch azob berar kuchsiz tanamga,
Sensiz devonaman butun olamga.
Davo yo'qdir qara, mungli nolamga,
Sen ketding…

Sen ketding, sen ketding,
Sen ketding, ox, sen ketding,
Ox, sen ketding, sen ketding, ox…

Fikr qo'shish