Tushda qulupnay ko'rish - talqini, meva bilan bog'liq holatlar ta'biri

Tushda qulupnay ko'rish - talqini, meva bilan bog'liq holatlar ta'biri
Tushda qulupnay ko'rish - talqini, meva bilan bog'liq holatlar ta'biri


Tushda qulupnay ko’rish ijobiy his-tuyg’ular, yangi munosabatlar va’da qiladi. Quritilgan mevalar ogohlantirish beradi — o’zingizni ushlab turing, ortiqcha shiddat qiziqish ob’yektingizni cho’chitib yuborish mumkin. Yashil yoxud pishmagan qulupnay ortiqcha betartibliklardan qochish uchun shoshilmaslikni maslahat beradi.

Yaqin kishiga meva uzatganda u mevani olmasa, ayollar uchun bunday tush jufti atrofida g’iybatar paydo bo’lishini, erkaklar uchun esa munosabatlar zerikarli bo’lib qolganligi tufayli o’z yakuniga yetishi xavfini anglatadi.

Tushda sevimli kiyimga qulupnay qo’yib, undan qolgan dog’ni yuvib ketkazishga harakat qilish — sabrli bo’lish kerakligiga, sizga katta qiyinchiliklar yetkazgan kishi jazosiz qolishiga darak. Qulupnayni katta idishga yig’ib, so’nggida eng pastki qismidagilari ezilib qolgani ko’rilsa — hayotda ehtiyot bo’lish kerak. Yaxshi deb ko’ringan ishlar noxushliklarga olib kelishi mumkin.

Tushda qulupnay qayerda bo’lganligiga ham e’tibor berish kerak. Chiroyli tabiat qo’ynida o’saytogan bo’lsa — vaziyatning o’nglanishi, yaxshilanishiga. Oyna tokchasida bo’lsa — turli loyihalarda ishtirok etishga tayyor bo’lish kerakligiga, hatto tavakkalchilik yuqori bo’lganlarida ham.


VANGA: QULUPNAY HAQIDA TUSHLAR TALQINI
Vanga qulupnayni zavq va muvaffaqiyat ramzi deb bilgan. Bu oldinda yangi istiqbollar ochilishi, maqsadga ortiqcha harakatsiz erishish demakdir. Lekin bunday tush ko’rgan kishini sinovlar kutmoqda. Tushda qulupnay yeyishda bunday sinovlar ayniqsa jiddiy bo’ladi. Shu tufayli sabr-toqatli va qat’iyatli bo’lish kerak.

Qulupnay bilan savdo qilish farovonlikni va’da qiladi. Agar qulupnay yerga tushib ketsa, hayotda kichik muammolar paydo bo’ladi. Ularni yengib o’yish uchun qilgan xatolarni to’g’rilash zarur.

Tushda qulupnay yetishtirish kishining hayotga bo’lgan nuqtai nazari, hozirda uni qurshab olgan g’ayrioddiy fikrlar aksi sanaladi.

FREYD BO’YICHA TALQIN
Freyd talqiniga ko’ra, qulupnay intim munosabatlar ramzidir. Pishgan mevalar turmush o’rtog’ingiz bilan munosabatlaringiz me’yorda ekanligidan, xom yoki so’lib qo’lgan mevalar esa orada befarqlik rivojlanaoytganligidan darak.

Agar og’izni to’ldirib qulupnay iste’mol qilgan bo’lsangiz va u bilan kiyimlaringizni ham ifloslansa, demak ruhan farzandli bo’lishga tayyorsiz.

Tushda qulupnay terish salbiy ma’noga ega — tuyg’ularingiz javobsiz qolishi ehtimli mavjud. Oilali kishilar o’z turmush o’rtoqlariga ko’proq e’tiborli bo’lishlari kerak, aks holda oraga sovuqlik tushishi mumkin.

TUSHDA QULUPNAY: LOFF TUSH KITOBIGA KO’RA
Yolg’iz kishilar uchun qulupnay haqida tush ko’rish — bu baxtli oila qurish, uzoq kutilgan uchrashuv nishonasidir. Turmush qurganlar bunday tushdan keyin xotirjam bo’lishlari mumkin — bu oilaviy rishtalar faqatgina kuchliroq bo’lib, yillar davomida yanada musthahkamlanishiga ishora.

NOSTRADAMUS TALQINI
Boshqalardan farqli o’laroq, Nostradamus qulupnayga salbiy ramz deb qaragan. Agar kishi tushda qulupnay eksa, uni sug’orsa — na zavq, na foyda keltiradigan ish bilan shug’ullanishga to’g’ri kelishi mumkin. Agar bunday harakatlar boshqa birov tomonidan amalga oshirilsa, demak yaqinlardan biri zerikarli ish bilan ovora bo’lib qoladi. Meva terish javobsiz muhabbat haqidagi o’ylardan qutula olmaslikning aksi.

TUSHDA QULUPNAY KO’RISH: SVETKOV BO’YICHA
Olim tushga qulupnay kirishini ko’z yoshlar bilan, uni yeyishni esa kasalliklar bilan bog’laydi. Ayollar turmushi yorqin his-tuyg’ularga boy bo’lishidan, erkaklar esa ish haqining oshishi yoki yangi daromad manbai paydo bo’lishidan quvonishlari mumkin.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda Aprel oyi ko'rsa

Tushda aprel oyi kirib kelganini ko’rish ish va muhabbatdagi muvaffaqiyatdan dalolat. Eng yuksak orzularning amalga oshishiga ishora....

Tushda Chakka, yonoq ko'rsa

Ikki chakka kishining yoqtiradigan yoki chiroyli narsasi, chakka xorlik va yo'qlikka dalolat....

Tushda Duo ko'rsa

Tushda Duo ko'rsa Agar tushda birovni duo qilsangiz, o'ngda yordamga......

Tushda Nikoh ko'rsa

Agar bo’ydoq yigit tushida uylanayotgan bo’lsa, va nikoh xutbasini eshitsa, o’ngda......

Tushda ro'mol ko'rsa nimani anglatadi

Tushda ro‘mol ko‘rsa nimani anglatadi.Tushda ro‘mol. Ro‘mol – xat, sovg‘a, habar, boylik, o‘zgarishga; ro‘molni yoyish – xat yozish; oq ro‘mol – qiz bolaga uchun yigit bilan uchrashuvga, yaxshi xabarga, kasallik; qizil ro‘mol – tanishish; sariq ro‘mol – ayriliq; qora ro‘mol – o‘zingizni qora qilasiz ekan, yaxshimas xabarga, kasallik; gulli ro‘mol...

Tushda Bargi kichkina oq gulli o’simlik ko'rsa

Xotin tomondan bo’lgan qarindoshlari bo’lib, kim tushida uni topib olsa, xotinining ba’zi qarindoshlarini o’ziga do’st tutadi....

Tushda Gulchanbar ko'rsa

Agar maxbubangiz boshingizga gulchanbar qo'ysa, o'ngingizda muxabbatingizga ijobiy javob olasiz....

Tushda Urushqoqlik ko'rsa

O’ngda ota-onangizni xafa qilishingiz mumkin....

Tushda sevganini ko‘rsa nima bo‘ladi

Tushda sevganini ko‘rsa nima bo‘ladi. Ikkinchi yarmingiz bilan kunduzi o‘pishish- kelajakda yaxshi munosabatlar bo‘ladi, kechqurun bo‘lsa –begona bo‘lmagan odamlarni og‘ziga tushasiz. Agar eri tushiga kirsa va u tushida boshqaga uylanayotgan bo‘lsa, u qiz bekorga rashk qilayotgan ekan. Sevganingiz tushingizda sizga g‘amxo‘rlik qilsa- kelajakda...

Tushda Yuzdagi chabdiq ko'rsa

Yuzdagi chabdiq- nodonlik...

Fikr qo'shish