Olislarga boshim, olib ketayin... ayrilik haqida she'r
Olislarga boshim, olib ketayin,
Ko'rmagansiz mendek nochor bir g'arib.
Sevmasangiz sevmang, mayli netayin,
Yuragimni bering faqat qaytarib ! ! !
Har kimning o'z suygan yori bor,
Sizni sevgan bu yurakni zori bor.
Ul mushtipar, onaginam zori bor,
Yuragimni bering faqat qaytarib ! ! !
Yaxshi kunlar o'tdi, misli tushdayin,
Titrab turgan chorasiz bir qushdayin,
Yuragimni bering, faqat qaytarib ! ! !
Ich-ichimni o'rtar nola, alamlar,
Qalbim tutar sizga, jonim motamlar.
Nima desa-desin mayli odamlar,
Yuragimni bering faqat qaytarib ! ! !
Orzularim, sarob ekan orzumas,
Tuyg'ungiz xam o'tkinchidir tuyg'umas.
Iltimosim, iltijoim, arzimas,
Yuragimni bering faqat qaytarib ! ! !
Olislarga boshim olib ketayin,
Ko'rdingizmi meni nochor bir g'arib?
Sevmasangiz sevmang mayli netayin,
Yuragimni bering faqat qaytarib ! ! ! .